Ilmiy tadqiqotning zaruriy bosqichi va tarkibiy qismlari
Fan asoslari
Fan tadqiq metodlari
Ilmiy tadqiq metodologiyasi
Tadqiq manbayi, predmeti, materialini belgilash va asoslash
Masalaning o`rganilish tarixi bilan tanishish
Ilk faktik material yig`ish
Tadqiqot mavzusi, dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tajriba-sinov asoslarini belgilash va rasmiylashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni atroflicha o`rganish
Faktik material yig`ish, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish
Faktik materialni sistemalashtirish
Tavsifiy tadqiqotlarda Nazariy tadqiqotlarda
Empirik (ekspiremental) Idrokiy(sistema, qonuniyat tadqiq va tavsif metodologiya ochish) metodologiyasi
va metodlarini va metodlarini o`zlashtirish
Ilmiy tadqiqotni yozish
Qo`shimcha faktik material yig`ish
Ishni tahrirlash va ilk ekspertizadan o`tkazish
Muhokamaga chiqarish
Endi ilmiy tadqiqda muhim o`rin egallaydigan ilmiy havola, ma`lumot manbalari, bibliografik ma`lumotlarni berish usullari bilan tanishishga kirishamiz.
Xulosa.
Mazkur kurs ishida Tadqiq manbayi va predmeti qancha kеng bo`lsa, ilmiy tadqiq shuncha sayoz, yuzaki bo`ladi. Ular qat`iy va aniq chеgaralangan bo`lsa, ilmiy tadqiq chuqur va mufassal bo`ladi. Tadqiq manbayi va predmeti bеhad kеng bo`lsa, tadqiqotchi fakt (hodisa)lar ummoniga cho`kadi va tadqiqotning asosiy maqsadi -hodisalar tartibsizligida qonuniyatni ochishdan chalg`iydi. Lekin tadqiq manbayi va predmeti juda tor bo`lsa ham, ilmiy tadqiq maqsadiga erishmaydi, zeroki tadqiqotchiga qonuniyatlarni ochish uchun hodisa (fakt)lar yetishmaydi.
Tadqiq manbayi va predmetining tanlanishi fanning taraqqiyot holati va tadqiqotchi maqsadi bilan belgilanadi. Tadqiqotchi maqsadi juda ko`p hollarda tilshunoslik fani uchun tashqi omil bo`lgan ijtimoiy zarurat, ehtiyoj bilan belgilansa, fanning taraqqiyot holati tadqiq manbayini qaysi jihatdan va qanday chuqurlik va qamrovda tadqiq qilishni belgilaydi. Fanning (yoki uning yangi tarmoq va yo`nalishlarining) ilk taraqqiyot bosqichlarida tadqiq manbayi odatda keng, katta va juda ko`p hollarda sof tavsifiy bo`ladi (chunonchi, "Falon tilning fonemalari tavsifi", "Falon shevaning leksik va fonetik xususiyatlari", "Falon davr yodgorliklarining morfologik xususiyatlari" v. h). Bunday holatda yaqqol, ko`zga tashlanadigan, yorqin til hodisalari fahmiy (hissiy) bilim hosil qilish metodologiyasi asosida tavsiflanadi. Fan taraqqiy etgan sari tadqiq manbayi torayib boradi, fan xususiyliklarining juz`iy, aniqlanishi va tavsiflanishi ancha murakkab bo`lgan xususiyatlari tavsifiga, qayd etilgan hodisalarni tartibga solish, sistemalashtirishga o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |