Mavzu: Ta’lim tizimi va uni boshqarish metodologiyasi ta’lim tizimlari va ta’lim sifatini tadqiq qilishning metodologik asoslari. Ta’lim tizimli tahlil va modellashtirish obyekti sifatida. Ta’lim sifatini boshqarish ilmiy bilish va amaliyot sohasi



Download 105,24 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2022
Hajmi105,24 Kb.
#602206
  1   2
Bog'liq
1-mavzu (2)


Mavzu: Ta’lim tizimi va uni boshqarish metodologiyasi
1
    • Ta’lim tizimlari va ta’lim sifatini tadqiq qilishning metodologik asoslari.

2
    • Ta’lim tizimli tahlil va modellashtirish obyekti sifatida.

3
    • Ta’lim sifatini boshqarish ilmiy bilish va amaliyot sohasi sifatida.

Metodologiya metodika va tadqiqot jarayonlari o‘rtasidagi tafovut ob’yektiv ravishda vujudga kelgan vositalar tizimini aks ettiradi. Bunda gap haqqoniylikni o‘rganish va obyektga yaqinlashishning turli darajalarida, ya’ni oliy (uning barcha o‘zaro aloqalaridagi jarayonni qamrab oluvchi), o‘rta (ushbu tizimning ma’lum bir tarixiy sharoitlarda ishlashini qamrab oluvchi) va tajriba-sinov darajalarida tahlil qilish usullarini chegaralash haqida boradi.
Ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish metodologiyasi uch xil tahlil darajasini: tadqiqotning umummetodologik, xususiy metodologik va aniq metodikalarini o‘z ichiga oladi.
Umummetodologik daraja o‘rganilayotgan muammoga umumiy ijtimoiy-falsafiy yondashuv bo‘lib, u tadqiqot ob’yektini va predmetini, uning barcha jihatlari, aloqalari va vositalarini har tomonlama o‘rganishni talab qiladi.
Tadqiqotning xususiy metodologik darajasi ular asosida tad­qiq qilinadigan metodologik tamoyillar yig‘indisidan iborat. Bular tizimli-tarkibiy tahlil, kompleks, dasturiy-maqsadli, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar, nazariya va amaliyot, ong va faoliyat birligi tamoyillari va boshqalardir.
Aniq metod predmetni rivojlanishda, harakatda va o‘zgarishda o‘rganilishini ko‘zda tutadi. O‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni bilishga bunday yondashuv o‘rganilayotgan tizim, hodisa yoki jarayonning qaror topish va rivojlanish qonuniyatlarini ochish hamda ularni isloh qilish chora-tadbirlarini asoslash imkonini beradi.
Ta’limni tizim sifatida jamiyat tuzilmasidan ajralgan holda ko‘rish imkonini beruvchi mezon uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Tizimli yondashuvda ko‘zda tutilgan maqsadli tahlil ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy va boshqa jarayonlar bilan aloqalari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini beradi. Ta’limning har bir tarkibiy qismi ham ana shu aloqaning muayyan jihatini aks ettirgan holda, aniq yo‘nalishdagi maqsadga ega. Masalan, ta’lim sifati, ta’lim tizimining tarkibiy-mazmunli qismi sifatida davlat, jamiyat, shaxsning (ijtimoiy-shaxs buyurtmasi) maqsadli ko‘rsatmalari va qadriyatlar bilan bog‘liq yo‘nalishlari, fan, texnika, madaniyat, texnologiyalarning taraqqiyot darajasi, shuningdek tizimning tegishli tarzda kadrlar hamda resurslar ta’minlanishi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy tizimni o‘rganishda «hamma narsa hamma narsadan iborat» tamoyili maqbuldir. Murakkab tizimning tarkibiy unsurlarga bo‘linishi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishning eng to‘g‘ri usulidir.
Tizimli - tarkibiy tahlilning qo‘llanilishi quyidagilarni nazarda tutadi.
1. Ta’lim sifatini o‘zaro ta’sirda bo‘lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan yaxlit masala sifatida ko‘rib chiqish. Shu boisdan, ta’lim sifati muayyan bog‘liqlikda va iyerarxiyada bo‘lgan qator tarkibiy qismlarni birlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tahlil qilinadi.
3. Ta’lim sifatini dinamik holat sifatida ko‘rib chiqish. U ham shaklan, ham mazmunan va pirovard (kutilayotgan, maqsadli va haqiqiy) natijaga qarab doimiy o‘zgarib turadi. Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash ta’lim sifatini rivojlantirish jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
2.Ta’lim sifatini o‘rganishda asosiy e’tibor tarkibiy qismlarning o‘zaro va muhit bilan ta’siriga qaratiladi. Bunda ta’lim sifati tarkibiy qismlarining funksional iyerarxiyasini va ularning bo‘ysunishini aniqlash zarur. Faqat ana shu o‘zaro ta’sir asosidagina birmuncha yuqori darajadagi hal qiluvchi tarkibiy qismlar yanada takomillashgan ta’lim sifatining shakllantirilishini ta’minlaydi. Ta’lim sifatining tashqi omillar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish, unga ta’sir etuvchi shart-sharoitlarni aniqlaydi
Ta’lim tizimiga ob’yektiv ravishda xos bo‘lgan integral sifat - inersiyalilik - ta’lim va kasb-hunar dasturlarining tegishli tarkibiy qismlarini takomillashtirishga tegishli darajada prog­nozlashtirib yondashish zarurligini anglashda, ularning aniq o‘zlashtirilishini ta’minlashda, shuningdek, tegishli pedagogik tizimga singdirilgan ilmiy bilimlarning bashoratli yo‘nalishi sharoitida hisobga olinishi mumkin. Aynan shu boisdan ham, uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-tarixiy, etnopsixologik va boshqa turdagi prognoz qilish natijalarini majburiy tartibda integratsiyalashni ko‘zda tutuvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini rivojlantirishni prognozlashga tizimli yondashish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim tizimi ko‘p shaklli, o‘zaro bog‘langan funksiyalarni amalga oshiruvchi va atrof-muhit bilan muayyan o‘zaro munosabatda bo‘lgan, o‘ziga xos rivojlanish kuchlariga ega murakkab dinamik, o‘zini o‘zi boshqaruvchi, ko‘p darajali yaxlit tizimdir. Bunday murakkab tizimni prognozlashda tadqiq qilinayotgan obyektni kompleks idrok etish farqli xususiyati bo‘lgan prognoz shakllarini qo‘llash alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’limni tadqiq qilishda tizimli tahlilning barcha talablaridan foydalanish, elementlar iyerarxiyasini va ularning bir-biriga teng bo‘ysunish sxemasini aniqlash, funk­sional aloqalarini ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Mamlakatimiz va chet ellik yetakchi olimlarning inson faoliyati turli sohalarida tizimli tahlil usullaridan foydalanish metodologiyasiga yondashuvlarini tahlil qilgan holda, har bir muallif o‘zining tahlilini o‘tkazish bosqichlarining u yoki bu ma’nodagi o‘ziga xos tasnifini taklif etayotganiga qaramay, qarashlarda umumiylik mavjudligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Download 105,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish