2.4.§ Fizikadan bo’lim bo’yicha takrorlash, umumlashtirish va muloqot darsi.
Muloqot kishilar o’rtasidagi aloqa, muomala munosabati jarayonidir.
O’quv jarayonidagilarga tadbiq etilgan xolda o’quvchilar orasidagi o’zaro muomala munosabatidan iborat bo’ladi. Demak, o’qituvchilar va o’quvchilar o’zaro o’quv faoliyatiga bog’liq bo’lgan aloqa va muomala munosabatlari jarayoni o’quv muloqoti bo’ladi.
O’quv muloqoti dars, darsdan tashqari mashg’ulotlarda, barcha tadbirlarda amalga oshirilishi mumkin.
O’zaro munosabat ruxsat etilmaydigan xolatlarda kirish bitiruv va yakuniy yozma ishlarida va boshqalarda, bu mustasnodir.
O’quvchi va o’quvchilar orasidagi muloqot o’quv jarayonida ko’p kuzatiladi. Bu muloqot yakka (bir o’quvchi bilan) tig’izlashgan (birdan ortiq o’quvchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Muloqot davomiyliligiga qarab “qisqa muloqot” (5-minut) o’rtacha muloqot (5-10 minut) va bir dars davomidagi “yakuniy muloqotlarga” ajratish mumkin.
O’quvchilarning o’zaro muloqoti darslarning barcha turlarida “o’tilgan darslarning so’rash”, “yangi darsni mustaxkamlash” qsmlarida,seminar darsida “guruxcha” usulida uyushtirilgan darslarida o’qituvchi ruxsati bilan amalga oshiriladi o’quv muloqotning og’zaki, yozma va texnik mashinali kompьyuter, kalьkulyator va o’qitishning boshqa texnik vositalari yordamida mumkin
Og’zaki o’quv muloqotda o’quvchilarga oddiy savol, test savoli, turli masala va mashqlar, o’quv jixozlari va materiallari qismlari xodisa va jarayonlariga tegishli qonuniy bog’lanishlar fizika yutuqlarining qo’llanishi sohasidagi ma’lumotlarni so’zlab berish xavola etiladi.
Texnik (mashinali) usullarda esa kompьyuterlarda o’zgaruvchi va nazorat etuvchi dasturli tizimlardan foydalanib, kino va videomagintafon lentalardan diopozitiv slayd va shaffof lentalaridagi yozuv va chizmalardan foydalanib, barcha texnik o’quv ko’rgazmali qurollar qo’lda yasalgan “yasama qurollar” uy anjomlari va mavzuga mos bolalar o’yinchoqlaridan foydalanib, yassi ilmostrativ materiallardan radio va televideniyadan foydalanib amalga oshiriladi.
“O’zgarmas tok qonunlari” mavzusiga oid muloqot darsida muloqotning og’zaki va yozma usulidan foydalanish mumkin.
“O’zgarmas tok qonunlari” mavzusiga oid savollari, modellar ko’rgazmali qurollar yordamidagi muomalalar o’qituvchi tomonidan o’quvchiga beriladi va javob olinadi xuddi shu savollar o’quvchilar orasida o’zaro hal etilishi mumkin.
Bu savollar va muammolarga tegishli tarqatma materiallar yordamida “qisqa yoki o’rta” davomiylidagi yozma ishlar o’tkazish foydadan xoli emas.
“O’zgarmas tok qonunlari”ga oid muloqot darsida muloqot mazmuni bobni qamrab olmog’i kerak. Bu darsda xam muloqotni og’zaki va yozma usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday savollar oddiy savol, test savollari, rasmli savollari barcha ko’rgazmali qurollarga tegishli savollar va shu savollar asosida tayyorlangan tarqatma materiallaridan iborat bo’ladi.
Muloqot darslarini xavola etilgan tarzda uyushtirish bircha o’quvchilar olgan bilimlarini nazorat etish va baxolashga, o’quvchilarning faollashtiruvchiga, fizikaga qiziqishini oshirishga, chuqur va puxta bilib olishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |