Mundarija Kirish Asosiy qism



Download 373,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana14.04.2022
Hajmi373,78 Kb.
#551985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
davlat invistitsiya dasturi doirasida invistitsiya jarayoni

3.2.1 - jadval 
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya Dasturining asosiy yo'nalishlari va chora-tadbirlari 
Yillar 
Investitsiya dasturlarining asosiy yo'nalishlari va chora-tadbirlari 
1996-1988-yy. 

iqtisodiyotda tarkibiyo'zgarishlarni amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini ta'minlash; 

import o'rnini qoplash va eksport salohiyatini kengaytirish bo'yicha samarali choralarni amalga oshirish 
uchun moddiy ishlab chiqarish bazasini yaratish; 

mahsulotning raqobatbardoshligini tashkil etish; 

qurilish kompleksida bozor islohotlarini chuqurlashtirish. 
1999-2001-yy. 

korxonalarning investitsion faolligini oshirish va xorijiyinvestitsiyalarni keng miqyosda jalb etish

makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun mustahkam moddiy ishlab chiqarish 
bazasini yaratish; 

milliyiqtisodiyotning jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvini faollashtirish. 
2002-2004-yy. 

ishlab chiqarishni rivojlantirish,texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalashtirish,yangi ishchi 
o'rinlarini yaratish uchun xorijiyinvestitsiyalarni keng miqyosda jalb etish; 
-tayyor mahsulotva ehtiyoj qismlarni ishlab chiqarishda lokolizatsiya darajasini oshirish; 

eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish; 

O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror sur'atlarda o'sishiga erishish. 
2005-2008-yy. 

yalpi ichki mahsulotning barqaror o'sishini ta'minlash; 

keng miqyosli strategik ijtimoiydasturlarni amalga oshirish; 

yangi ishchi o'rinlarini yaratish; 

xorijiyinvestitsiyalarni jalb etishni kengaytirish. 
2009-2010-yy. 

iqtisodiyotda chuqur tarkibiyislohotlarni amalga oshirish; 

ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash. 


Monitoringni yuritishda quyidagilar ko'zda tutiladi: 
1. 
Amalga oshirilmoqchi bo'lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko'zda 
tutilganligi. 
2. 
Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonining boshidan oxirigacha kuzatib borish. 
3. 
Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va 
ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 
4. 
Loyihaning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni 
amalga oshirish. 
Monitoring olib borish bosqichlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 
— 
korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish 
va qayta ishlash; 
— 
olingan ma'lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy- xo'jalik holatini 
tahlil etish; 
— 
tahlil natijalari bo'yicha xulosalar qilish va takliflar berish. 
Dasturning amalga oshirilishi monitoringi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1- sonli qarori bilan tasdiqlangan 
O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga 
oshirilishi ustidan davlat
monitoringi to'g'risidagi Nizomga va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 
noyabrdagi 251-sonli «Investitsiya Loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish 
monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklari va texnik 
ko'maklashish mablag'larini hisobga olish va nazorat qilish chora - tadbirlari 
to'g'risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
Dasturning davlat monitoringi: 
• 
investitsiya loyihalarini va birinchi navbatda, markazlash- tirilgan 
investitsiyalardan foydalangan holda ro'yobga chiqarilayot- gan investitsiya 
loyihalarini o'z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta'minlash; 
• 
loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-
iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) 
shartlariga rioya qilishi; 
• 
amalga oshirilayotgan loyihalar bo'yicha axborot bazasini shakllantirish; 
• 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo'ladigan muammoli 
masalalarni kuzatib borish; 
• 
investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish 
maqsadida amalga oshiriladi. 
Monitoring: 
— 
vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus ko'rsatilgan investitsiya loyihalari 
va takliflari yuzasidan — Vazirlar Mahkama¬sining tegishli axborot — tahlil 
departamentlari bilan birgalikda, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy 
inves¬titsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus Qora¬qalpog'iston 


Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan 
birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan; 
— 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish yuzasidan — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo'yicha 
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan 
monitoring: 
• 
investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja-
jadvallarining bajarilishi to'g'risidagi axborotlarni; 
• 
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Davlat 
statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddat- larda taqdim etiladigan 
O'zbekiston Respublikasi bo'yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi 
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to'g'risidagi yig'ma statistika 
axborotini; 
• 
mavjud va potensial xorijiy investorlar faoliyatining normativ — huquqiy 
bazasini takomillashtirish bo'yicha ularning takliflarini o'rganish asosida vaqt-vaqti 
bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini; 
• 
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor 
axborotlarni; 
• 
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni o'z 
vaqtida mablag' bilan ta'minlash masalalari bo'yicha axborotlarni tahlil qilish va 
umumlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya 
loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiq- lashtiruvchi kengash 
tomonidan: 
1. 
Tasdiqlangan reja-jadvallarning bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish 
yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya 
etilishini nazorat qilish; 
2. 
Texnik — iqtisodiy asoslashlarining asosiy qoidalarini ko'rib chiqish, 
loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish; 
3. 
Alohida yirik loyihalar, shu jumladan, texnik — iqtisodiy asoslashlar 
ko'rsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlashishi 
mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash; 
4. 
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablag'larning o'z 
vaqtida moliyalashtirilishi va ulardan samarali foydalanilishini ta'minlash, 
Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablag'larning o'z vaqtida 
qaytarilishni ta'minlanishini nazorat qilish; 
5. 
Manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab 
chiqiladigan 
ehtiyot 
qismlar 
va 
komponentlar 
ishlab 
chiqarishning 
mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 


tashqi bozorlarga kirib borishi bo'yicha marketing dasturlarini ekspertizadan 
o'tkazish; 
6. 
Ayrim strategik muhim va yirik loyihalarning davlat tomonidan qo'llab-
quvvatlash chora-tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda 
amalga oshirilayotgan loyihalarning mablag' bilan ta'minlashni to'xtatib qo'yish, 
shuningdek, investitsiya dasturi bajarilishi barbod bo'lishiga yo'l qo'yuvchi 
vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini 
javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish; 
7. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya 
loyihalarini o'z vaqtida ro'yobga chiqarishga ko'mak- lashuvi boshqa asosiy 
masalalarni ko'rib chiqish yo'li bilan amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, 
Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan ma'lumotlar asosida 
investitsiya dasturining amalga oshirilishi to'g'risida axborot tayyorlaydi, xususan, 
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning o'z vaqtida o'tkazilishi, texnik-iqtisodiy 
asoslashlar va investitsiya loyihalari tashabbuskorlaridan olingan axborot; texnik- 
iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining vakolatli ekspertiza organlari 
tomonidan ekspertiza qilinganligi to'g'risidagi axborot tayyorlaydi. Dasturning 
monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to'g'risidagi har choraklik 
axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga dasturni 
shakllantirishda foydalaniladi. 



Download 373,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish