тўлдирилиши учун)
Ўќувчини жавоб беришида эркин фикрлашга имконият берувчи саволлар
Устахонада ишлаш учун мўлжалланган, иш босќичлари кўрсатилган
тушунарли чизмалар (эскизлар) ва жадваллар
Материал, инструмент, асбоб-ускуналар ва ёрдамчи воситалар
ћаќида маълумотлар
Ўќитувчиларга тарќатиладиган материаллар таркибида
ќуйидаги маълумотлар бўлиши лозим:
|
Didaktik materiallar faqatgina o’quvchiga mo’ljallangan bo’lsa, o’qitish materiallaridan farq qilishi mumkin. Masalan: topshiriqlar varag’lari, savolnomalar, yunaltiruvchi usul savollari va muayyan tarqatma materiallar.
Bularni tezda tayyorlash va o’quvchilar soniga qarab nusxa olish orqali ko’paytirish mumkin. Xujjatlarni kompyuterda yaratib, ularni nusxalash va modifikasiyalash uchun tayyor holda saqlash eng yaxshi usul hisoblanadi.
Matn tayyorlash bo’yicha eng yangi usullardan biri bu matnlarni ranglar bilan ajratish sanaladi. Quyida muayyan rang kodlari xususida so’z boradi:
oq qog’ozlar: mazmuniy jihatlar borasidagi matnlar (o’qituvchi va o’quvchilar uchun)
yashil qog’ozlar: o’quvchilarga topshiriqlar
qizil qog’ozlar: O’qituvchining uslubiy xujjatlari va topshiriqlarning javob varaqalari
Ranglarni kodlash xujjatlardan foydalanishni yengillashtiradi - xuddi shu usuldan mazkur seminar xujjatlarini tayyorlashda ham foydalanildi.
Doska, flipchart va kodoskop (proyektor) slaydlarini tayyorlash uchun namunalar
Ta’lim jarayonidagi eng muhim vositalar bo’r bilan yoziladigan doskalar, flipchartlar va kodoskop (proyektor)lardir.
Buning uchun amaliyot o’qituvchisi va KHTBYu o’qituvchisi yuqoridagi vositalar orqali ko’rgazmali tus beriladigan namunalar yaratishlari kerak. Bo’r bilan yoziladigan doska uchun avval qog’ozda ishlangan va matnlar bilan to’ldirilgan suratlar, flipchartlar uchun esa qoida bo’yicha taqdimot namunalari bo’lishi mumkin. Proyektor slaydlari to’g’ridan-to’g’ri tayyorlanishi mumkin, ba’zi sohalar bo’yicha slaydlarni, hattoki, sotib olish mumkin.
Ushbu namunalarni tayyorlash usullari va mezonlari atroflicha „Vizuallashtirish asoslari“ modulida ko’rsatib o’tilgan. Biz esa o’z navbatida faqatgina mazkur namunalardan foydalanish va ularni tayyorlash borasidagi ba’zi ko’rsatmalarni bermoqchimiz xolos:
Doska suratlari uchun namunalar
Doska suratlari uchun namunalar asosan o’quv kitoblaridan olinishi yoki shaxsiy qarashlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi mumkin. Bunda ko’p vaqt sarf etmasdan oddiy shakllar orqali tuzilgan grafiklar, chizmalar, diagramma va shu kabilarni doskaga chizish mumkin. Matnlar uchun namunalar tayyorlash shart emas.
A4 formatli qog’ozga o’quv kitobidagi sxema chiziladi. Ushbu sxema yordamida namunani doskaga chizish mumkin.
Doska suratlari namunalari maxsus papkada saqlanishi kerak.
Flipchart suratlari
Shunga o’xshash tarzda flipchart suratlarini tayyorlash va maxsus papkada to’plab saqlash mumkin. Bu usul arxiv ishini va nazariy dars yoki instruktajga tayyorlanishni yengilashtiradi.
Umum olganda ushbu vosita orqali ilg’or taqdimotlarni tayyorlash ko’zda tutilgan. Flipchart bloklarini birga olib yurish mumkinligi tufayli tasvirlar qog’ozlarga to’g’ridan-to’g’ri tushirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |