Mundarija kirish adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish


Badiiy asarda obrazlar tizimi va unga metadologik yondashuv………



Download 100,53 Kb.
bet5/6
Sana19.02.2022
Hajmi100,53 Kb.
#459700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY ASAR TILINI

4. Badiiy asarda obrazlar tizimi va unga metadologik yondashuv………

Boshqa xalqlar ijodida bo’lanidek, o’zbek xalq og’zaki ijodining


qahramonlarida ham ijobiy qahramonlarga xos umumiy xususiyatlar-zulmga va
adolatsizlikka qarshi ko’rashda mardlik va qahramonlik, kishilarga g’amxo’rlik va
mehribonlik, rostgo’ylik va samimiyat, sadoqat va vafodorlik, yovuzlikka nafrat va
qora kuchlar ustidan g’alaba qozonish, birinchi galda, vatanparvarlik, ya‘ni har
qanday shum niyatli kishilar: zolim podsholar, bosqinchi qo’shinlar ustidan g’alaba
qozonish, ularni Ona Vatandan quvib chiqarish va mag’lubiyatga uchratish kabi
olijanob insoniy fazilatlar mavjuddir. Badiiy hikoya qilish va ifodali o’qish
jarayonida bu qahramonlarning barcha fazilatlari, hatto kiyinishi va qurollanishlari,
jismoniy tuzilishi, kishilar bilan munosabati, og’ir ahvolga tushib qolganlarga
ko’maklashuvchi, mardligi, tantiligi, do’stligi, olijanobligi kabi ajobiy
xususiyatlariga o’quvchilar e‘tibori jalb qilinadi.

O’quvchilarning har narsani bilishiga qiziqishi, ayniqsa fantastik asarlar va


ulardagi mubolag‗alarga qiziqishi tabiiy bir holdir. Adabiy ta‘limda mustaqil
mutolaaning, birinchi galda, shu fandan mashg‗ulot olib boradigan o’qituvchining
asosiy vazifalaridan biri-o’quvchilarning o’rganilayotgan asarlar vositasida estetik
zavqini oshira borish bilan birga, ularning fantaziyasini o’stirish va boyitishdan
iborat. Chunki yoshlarning fantaziyasini tarbiyalash ularning kelajakda haqiqiy
kashfiyotlar yaratish qobiliyatini tarbiyalaydi, orzu va umidlarini ruyobga chiqarish
uchun izlanish va qidirishga undaydi. Lekin o’quvchilarni dastavval asarning
o’ziga qiziqtira bilish lozim. Buning uchun o’qituvchi yaxshi aytuvchi va ta‘sirli
qilib o’qib beruvchi bo’lishi kerak.

O’quvchilar dastlab hikoya bilan tanishadilar. Bir yoki ikki voqeani bayon


qilgan nasriy asar hikoya deyiladi. 5-9 sinflarda A.Qahhorning «Bemor»,
O’.Hoshimovning «Oltin baldoq», «Gilam paypoq» kabi hikoyalarini o’qib,
O’rganishgan. maktab o’quvchilari kompozitsion tuzilishi murakkabroq hikoyalar
bilan tanishadilar. Bunday hikoyalarga A.Navoiy asarlaridan olingan hikoyatlar
kiradi. O’qituvchi bu hikoyatlarni tavsiya etar ekan, nazariy ma‘lumotlarni ham
e‘tibordan qoldirmasligi kerak. Hikoyalarning xususiyatlarini aytishda
o’quvchilarning e‘tibori qo’yidagi masalalarga jalb etiladi.
1. Hikoya haqiqiy hayot voqeyalarining tasvirlanishi bilan ertaklardan farq
qiladi. Ertakda afsona tasvirlansa, hikoyada kishilar hayotining manzarasi
ko’rsatiladi.
2. Hikoya bir necha kishilar ishtirokida yuz bergan voqeyalarni bayon
qiluvchi rivoyatdir. Masalan, «O’g’ri» hikoyasida Qobil boboning hayotiga oid
voqea hikoya qilinadi. Hikoyada Qobil boba, kampir, ellik boshi va boshqalar
qatnashadi. Qobil bobo va kampirning kulfatlari podsho amaldorlarining
talonchiligi asar voqeasini tashkil etadi.
3. Hikoya haqida ma‘lumot berishda, unda asosan bir voqea tasvirlanishini,
boshqa voqealar esa ikkinchi darajali va epizodik tarzda bo’lib, asosiy voqeani
to’latish uchungina xizmat qilishni misollar bilan ko’rsatish lozim. A.Qahhorning
«O’g’ri4» hikoyasida faqat bir epizod tasvirlangan. Shu epizod ellik boshi, amin,
pristav va tilmochlar bilan to’qnashuvda o’sa boradi va Egamberdi paxtafurush
huzurida hal bo’ladi».
4. Hikoyada ham boshqa asarlardagi kabi, voqeaga aloqador narsalar yoki
tabiat manzarasi tasviri beriladi. Chunki bu tasvirlar yozuvchining maqsadini
yoritishga hizmat qiladi. Chunonchi: «bir qop somon, o’n-o’n beshta xoda, bir
arava qamishuy.» mana shu faqir kulba Qobil boboning yashash sharoitini
ko’rsatadi. Yozuvchi Qobil boboning kambag’alligini shu uy tasviri orqali
anglatadi.
5. Hikoyada yozuvchining bayoni emas, balki asar qahramonlarining suhbat
va munozaralari beriladi. Masalan:
-Ha, sigir yo’qoldimi?
Yo’q... sigir emas... ho’kiz... ola ho’kiz edi.
-Ho’qizmi?... Ho’kiz ekan-da, himm... Ola ho’kiz? Tavba
Bu dialogda Qobil bobo bilan aminning suhbati berilgan. Qobil boboning
boshiga tushgan kulfatdan gangib qolgani, aminning esa istehzoli, mashara va
tahqiromuz kulishi shu dialoglarda ifodalangan. Hikoyaning yuqoridagi
hususiyatlari misollar bilan ko’rsatib o’tilgandan so’ng, o’qituvchi tabiat
manzarasi, predmet tasviri, dialog, personaj portretining hikoyada keltirilish
sabablari tushuntirib beradi.
Kishilar xarakteri hikoyada asosiy o’rin tutadi. Chunki odatda hikoyada
asosiy maqsad kishilar xarakteri orqali ifodalanadi. «O’g’ri» hikoyasidagi
personajlarning ichki dunyosi, o’ziga xos xususiyatlari ularning munosabatida
ochiladi. «Qobil boboning qo’shnisi-burunsiz ellik boshi»... og’liga kirib teshikni,
ho’kiz bog’langan ustunni ko’zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ko’rdi,
so’ngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi:
-Ho’kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi__________!

Uning og’ilxonaga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag’ishlagan


edi, bu so’zi haddan ziyoda sevintirdi. Chol yig‗lab yubordi. Xudo xayr bersin...
Ola ho’kiz edi... Ellik boshi ug’ri teshgan yerni yana bir bor ko’rdi. Qobil bobo
Qo’l qovushtirib uning ketidan yurar va yig’lar edi.
-Yig’lama, yig’lama deyman! Ho’kizning oq poshsho qo’l ostidan
chiqib ketmagan bo’lsa, topiladi!!»
Ellik boshining huzurida madad istab, ko’zlaridan yosh to’kayotgan cholQobil boboning ruhiy kechinmasi mana shu dialoglarda berilgan. «O’g’ri»
hikoyasining bosh qahramoni Qobil bobodir. Hikoyadagi barcha voqea ho’kizni
topish umidida Qobil boboning bir necha amaldor, davlatmandlar dargohida sarson
bo’lishidan iborat. Garchi hikoyada bir qancha yordamchilik vazifasini bajarada,
xolos.

«O’g’ri» hikoyasi o’qib chiqilgandan keyin, o’quvchilar uni tahlil qilishga


kirishadilar. Bu tahlilda hikoyaning mazmunini ochishga xizmat qiladigan xalq
maqollarini aniqlab va daftarga ko’chirib yozib kelishni topshirish mumkin.
Masalan:
1. «Dehqonning uyi ko’ysa ko’ysin, ho’kizi yo’qolmasin».
2. «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi»
3. «Quruq qoshiq og’iz yirtadi».
4. «Berganga bitta ham ko’p, olganga o’nta ham oz».
5. «Begim deguncha, beling sinadi».
6. «O’ynashmagin arbob bilan, seni urar har bob bilan...»
Shu tarzda ko’chirilgan maqollar hikoyaning umumiy mazmunini ifodalaydi.
Faqat maqollar oxiriga «Sharti kuzda ma‘lum bo’ladi» jumlasi qo’shilsa,
Ko’chirmalardan iborat reja hosil bo’ladi. O’quvchilar hikoyaning belgilarini
qanchalik puxta o’zlashtirishsa, boshqa turdagi asarlarni o’rganish, farqini
aniqlash, umuman badiiy asarlarni mustaqil tahlil qilish malakasi ham shunchalik
oshadi.

Umumta‘lim maktablarining 9-sinfida adabiy oqimlar, o’zbek romanlari


misolida milliylik va umuminsoniylik tamoyili, adabiy uslub, badiiy ijodda an‘ana
va mahorat singari yirik masalalar talqin qilinsa, umumta‘lim maktablari adabiy
ta‘limining yakuniy bosqichi talablariga mos tushar edi. Zotan, o’quv dasturida shu
sinfni bitiruvchilarning bilimi, ko’nikma hamda malakasiga nisbatan quyidagi
talablar qo’yilgan:
- o’rganilgan har qanday asarlar matnini ifodali o’qish, ularning janriy va
badiiy xususiyatlarini, she‘riy san‘atlar bilan qofiya, vazn, radif singari shakl
xususiyatlarini aniqlay bilishlari; matnlarni lug’atli yo lug’atsiz sharhlay olishlari;
mumtoz adabiyot timsollarining falsafiy, diniy, tasavvufiy asoslarini aniqlashni;
asotir, afsona, qissa, husnu ta‘lim, tanosub, tajnisli va tajnissiz tuyuq, tashxis,
doston, tabiat lirikasi, roman, ijtimoiy va intim lirika, badiiy adabiyotda ruhiy
tahlil, lirik qahramon, peripetiya kabi nazariy tushunchalarning o’ziga xos
tomonlarini izohlash;
- badiiy asar syujeti va badiiy qurilmasi haqidagi nazariy ma‘lumotlarni
amaliy mashg’ulotlar mobaynidagi tahlilga tatbiq eta olishni; o’rganilgan badiiy
asarlar tarkibini tahlil qilib insholar, taqrizlar yoza bilishi.
Demak, o’quvchining o’quv dasturida belgilangan soatlar davomida
darslikdagi o’quv materiallarini o’rganib, tahlil malakasini shakllantirishi hamda
takomillashtirib borishga erishmog’i ko’zda tutilgan. Ushbu talab adabiyot
o’qituvchilari oldiga yana bir muhim muammoni ko’ndalang qo’yadi:
1. O’quvchida adabiy tahlil tushunchasini shakllantirish.
2. O’quvchilarning tahlil turlari va usullari haqida ham muayyan nazariy
tushunchalarni o’zlashtirishlariga erishish.
O’quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish vositasida ularning
bilimlarni mustaqil egallash, o’z dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy faolligani
oshirish masalasi ham turadi. O’quv materialini tahlil qilishga yo’llash, qator
manbalarni mustaqil o’rganish uchun tavsiya qilish, mustaqil izlanish uchun imkon
yaratish vositasida bu masalani hal qilish mumkin.
Bilamizki, lirik adabiy turga mansub asarlarni o’rganishda o’qituvchilar
qator nazariy tushunchalarga tayanib ish yuritishlariga to’g’ri keladi. Shoir jonsiz
tabiatga go’yo til va dil bag’ishlaydi, insonga xos xususiyatlarni narsalarga ko’chiradi, natijada ta‘sirchanlikka erishadi. Bunday ta‘sirchan tasvir yo obraz
tashxis san‘ati orqali yaratiladi.

Masalan, suvlar yig’lagan kabi («Hazon» Cho’lpon), «Ko’k bilan so’zlashar


Ko’chalar» (I. Otamurodov), «Ko’zimga yiqildi qop-qora bulut» (U. Azimov), «Oy
sekin orqadan yurar izma-iz» (Oybek).
Lirik she‘rlar o’z xususiyati bilan boshqa turlardan tubdan farq qiladi. Nasriy
asarlarda hayot voqealari tasvirlansa, lirikala shoirning hayotdan qay darajada
ta‘sirlangani. Uning ichki kechinma va tuyg’ulari ifodalanadi. Lirik asarlarning
o’ziga xos xususiyatlarini aniq misollar bilan ko’rsatish uchun murakkab
masaladir. Lirik asarlarning xususiyatini tushuntirish uchun tashqi dunyoni
tasvirlash, shu tashqi dunyodan olingan taasurot bilan ichki tuyg’uni tasvirlash
o’rtasidagi farqni misollar bilan tushuntirib berish lozim.
G’azal va ruboiylar munosabati bilan aruz vazni haqida boshlang’ich
ma‘lumot berishda, garchi aruzning bahrlari masalasiga chuqur to’xtalish talab
qilinmasa ham, aruz vaznida yozilgan she‘rlarning anchagina xillari borligini aytib
o’tish kerak.

Shoir goho tarvirda ta‘sirchanlikni yanada oshirish uchun kuchaytirib yoki


kamaytirib ko’rsatish usulini qo’llaydi. Bunga mubolag’a deyiladi. Bulutning
ko’zga yiqilmog’i, bulbulning yig’lashi, gulning uyalib yaproqlar ostiga berkinishi,
oyning sekin yurishi – mubolag’ali tasvirga misol bo’ladi.
Demak, she‘riy asarlar boshqa janrdagi asarlardan qator janriy
xususiyatlariga ko’ra hamda muayyan ichki ohangga ega ekanligi bilan ham ajralib
turadi. She‘riy nutq oddiy nutkdan ohangdorligi, qat‘iy shaklga solinganligi bilan
farq qiladi. Ayni paytda, har qanday she‘r markazida lirik qahramon timsoli va
uning his - tuyg’ulari, hayajonu iztiroblari tasviri turadi. She‘riy nutq asarga
singdirilgan poetik tafakkur tarzini insoniy kechinmalar va tuyg’ular oqimiga
moslab, ohang jihatdan ma‘lum bir tartibga solishga xizmat qiladi. Shuning uchun
insoniy his-kechinmalar ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq
she‘riy nutq deyiladi. Shoirlar ritm-zarb va ifodalilikning turli usullaridan keng
foydalanadilar. Bulardan asosiylari zarb bilan qofiya hisoblanadi. Ushbu unsurlar she‘rni ifodali o’qish chog’ida ta‘sirlantirish kuchini hosil qiladilar har qanday
she‘r, avvalo shoir tuyg’ularining mahsuli sifatida kitobxonda ham ma‘lum hiskechinmalarni qo’zg’atadi. O’quvchilar 6-7 sinflardan boshlab epik asar turlaridan biri bo’lgan qissa bilan tanishadilar. Qissa hikoyatga nisbatan murakkabroq va hajm jihatdan kattaroq bo’ladi. Qissada qahramonlar hikoyadagidan ko’proq bo’lib, asar
qahramoni hayotining tarixi mufassal tasvirlanadi, boshqacha qilib aytganda,
qissada bir necha mustaqil hikoya bo’ladigan voqealar mavjuddir. Qissada bosh
qahramon xarakterini ochishga yordam beradigan epizodlar bo’ladi, lekin bu
epizodlar asosiy qahramonni to’ldirish uchun xizmat qiladi.

O’qituvchilarni qissa bilan ilk bor tanishtiradi, ularning ruhiyatiga yaqin


Bo’lgan asarlarni avsiya etish yaxshi samara beradi. Bunday asarlar sirasiga
A.Qahhorning «O’tmishdan erataklar», Oybekning «Bolalik» qissalari kiradi.
Qissa qahramonlar, voqelar rivoyati, badiiy tasvir, dialog, yozuvchining o’z
qahramoniga munosabatini bildiruvchi o’rinlar, g’oyaviy mazmun kabi
masalalarning hikoyadagiga nisbatan keng va atroflicha bo‗lishi bilan farq qiladi.
Qissada bosh qahramonning barcha xususiyatlari va faoliyatini hikoyadagiga
nisbatan to’laroq ochib berish imkoniyati mavjuddir. Chunki yozuvchi tomonidan
asosiy epizodga tarqalgan ikkinchi darajali epizodlar asar voqeasini to’latish, uning
g’oyaviy mazmunini mukammal yoritish, tumushning qahramon hayoti bilan
bog’liq bo’lgan ma‘lum tarixiy davr manzarasini batafsil yoritish uchun xizmat
qiladi. Yuqori sinflarda roman janri haqida mukammal ma‘lumot beriladi.
O’quvchilar maktab davridayoq Oybekning «Navoiy», Chingiz Aytmatovning
«Asrga tatigulik kun», Said Ahmadning «Ufq» nomli uchta romanni qamrab olgan
trilogiyalaridan parchalar bilan tanishgan bo’ladilar. Romanda tasvirlanayotgan
voqealar qo’lami ancha keng va bir-biri bilan bog’langan bo’ladi. Chunki roman
o’z ichiga katta bir tarixiy jarayonni qamrab oladi. Shuning uchun ham romanning
bosh qahramonlari bir emas, bir nechta bo’ladi. Shu qahramonlarning xarakter
xususiyatlarini ochib berishga ko’maklashadigan personajlar juda ko’p bo’ladi
Romanda aks etayotgan voqealar olamshumul ahamiyatga ega bo’lganligi bilan
hikoya va qissada tasvirlangan voqeadan farq qiladi.

Umumta‘lim maktablarining 8-sinfdan boshlab darslarda dramatik asarlar


haqida ma‘lumotlar berib boriladi. Shu sinflarda o’quvchilar Maqsud
Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek5» fojiasi bilan tanishadilar. Dars davomida bu
asarni chuqurroq tahlil qilish imkoniyati yo’qligi tufayli mustaqil o’qish uchun
tavsiya etish maqsadga muvofiq. Bu kabi asarlarni o’qishga kirishdan oldin suhbat
uyushtirish mumkin. Suhbatda o’quvchilarning teatrda, oynai jahon orqali qanday
sahna asarlari ko’rishgani aniqlanadi. Shundan so’ng dramaning nazm va nasrdan
farqi haqida qisqacha ma‘lumot beriladi.
Dramatik asarlarning barcha fazilatlari sahnadagina namoyish qilinadi. Faqat
aktyor nutqidagina emas, pauzada, hatto mimikada ham dramaning voqeasi,
personajlarning ichki kechinmalari ifodalanib, tamoshabin qalbiga yetkaziladi.
Drama qahramonlarining xarakterli xususiyatlari ular o’rtasidagi konflikt rivojida
namayon bo’la boradi va umumiy xarakteristikani tashkil etadi.

Dialog orqali faqat qahramonlargina emas, balki voqea ham, asarning syujeti


ham bildiriladi. Aktyorlar harakatida ijro etiladigan sahna asari tomoshabinning
ko’rish va eshitish sezgilari orqali ta‘sir etadi. Sahna asarlarining so’zi mazmundor
va ma‘lum vaqtga mo’ljallangan bo’ladi. Ba‘zi dramatik asarlarning remarkasida
voqeaning sodir bo’lish o’rni va qahramonlarning xususiyati haqida qisqacha
ma‘lumot beriladi. Kitobdan o’qigan manzarani dalada ko’rish qanchalik to’liq
taassurot va zavq uyg’otsa, dramatik asarlarni sahnada ko’rish ham shunchalik
kuchli taassurot va badiiy zavq uyg’otadi. Shuning uchun ham matn tahlili oldidagi
kirish mashg’ulotlari arafasida imkoniyat bo’lgan taqdirda sahna asarlarini jamoa
bo’lib tomosha qilish foydalidir.

XULOSA
Uzluksiz ta‘lim tizimida adabiyot darslarida o’quvchi badiiy matn bilan
ishlaydi. O’quvchi darslarda egallagan nazariy bilimlari asosida o’qigan asariga
muayyan darajada munosabat bildiradi, asarda aks etgan voqelik va obrazlarni
baholaydi. Bunda muayyan natijalarni qo’lga kiritishi bir jihatdan o’qituvchining
mahoratiga, o’quvchi qalbida mutolaaga havas uyg’ota olishiga bog’liq bo’lsa,
yana bir jihatdan, o’quvchining mushohada yurita olishiga ham bog’liqdir.
Umumta‘lim maktablarida asar mazmunini o’qib o’rganish va qahramonlar
timsolini tavsiflashga alohida e‘tibor qaratiladi. Akademik litsey o’quvchilariga esa
estetik tahlil tamoyillarini o’rgatish adabiy tahlil darslarini tashkil etish orqali
omalga oshiriladi.

O’qituvchi har bir dars soatining ichki qurilishini puxta o’ylab tashkil etishi


ayni chog’da, avvalgi dars bilan keyingi soatlarni yaxlit muammo tevaragiga
mazmun va maqsadiga ko’ra uzviy bog’lay olishi zarur. Bunda mustaqil
topshiriqlarning o’rni kattadir.
Adabiy tahlil darslarini o’quvchilarning ma‘ruzalari, referat ishlari, adabiy
taqrizlari asosida tashkil etishi ham qiziqarli, ham maroqli kechadi, Chunki
o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan mavzu doirasida mustaqil ijodiy ish olib
boradilar. O’quvchilarning izlanishlarini esa o’qituvchi tashkil etadi va boshqaradi.
Adabiy matnga tayanib tahlil darsini tashkil etishdan ko’zlanadigan maqsad
O’quvchini amaliy faoliyatga yo’llash; xilma-xil janrdagi asarlar matniga tayanib,
badiiy xususiyatlarini o’rganish; badiiy asarning barcha qismlari bilan syujet –
kompozitsiya unsurlarini alohida hamda uzviylikda muayyan badiiy vazifani
bajarishini o’quvchiga chuqur tushuntirish; adabiy asar tili so’z san‘atkoriga xos
badiiy mahorat ko’zgusi ekanligini asoslashdan iborat.

O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda xilma-xil metod va


usullardan foydalanish mumkin. Darsning samaradorlik darajasini esa
o’qituvchining bilimi, ijodkorlik qobiliyati, darsni ilmiy – metodik jihatdan to’g’ri
tashkil etishdagi mahorati belgilaydi. Adabiy tahlil vositasida o’quvchining
badiiyat olamiga mehrini, badiiy ijod namunalaridan hayratlanish hissini uyg’ota
olgan o’qituvchi faoliyati samarali yakunlanadi. O’quvchilarda mustaqil fikrlarni shakllantirishda o’qituvchining adabiyotshunoslikka, adabiyot tarixi va nazariyasiga oid yangi bilimlarni muntazam o’zlashtirib borishi, yaxlit holdagi adabiy-nazariy bilimlari darajasi ijodkorlik iqtidori muhim ahamiyatga ega.
Umumta‘lim maktablarining 5-7-sinflarida asar ustida ishlashda ko’proq
O’qituvchining rahbarligiga tayanib, asarni ifodali o’qish; matn ustida ishlash;
obrazlarni o’rganish va asar g’oyasi, badiiy tili, asarning syujet hamda
kompozitsiyasi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga erishilsa, yuqori sinflarda
o’quvchini mustaqil faoliyatiga sharoit yaratishga ko’proq e‘tibor qaratilishi kerak.
Umumta‘lim maktablarining 9-sinfida o’zbek adabiyoti namunalarini
O’rganib, izlanish, tadqiqot usullari asosida ma‘ruzalar, referat ishlari tayyorlashlari, ijodiy insholar yozib, mavzuga oid bilim va malakalarini erkin tarzda, ijodiy kqrinishda bayon qilishlari ko’zd a tutiladi. Bu bosqichda o’quvchilarning mustaqil fikrlashlari, ijodiy ish olib borish qobiliyatlari, nutq malakalarini o’stirishga, estetik didlarini yuksaltirishga jiddiy e‘tibor beriladi.

Mashg’ulotni olib borishda suhbat usuli qulay o’rni bilan o’qituvchi ijodkor


hayotiga oid ma‘lumotlarni o’zi bayon qilib, ayrim o’rinlarda o’quvchilarni
mavzuga jalb qilish maqsadida savollar orqali fikrlashga undab boradi. Matnni
o’qish jarayonida tushunilishi qiyin so’zlar ma‘nosi izohlanadi, matn mazmuni
o’zlashtiriladi. Asarni o’qiyotgan o’quvchi o’z tushunchalariga tayanib mustaqil
fikrini bildirsa, o’qituvchi uning fikrlarini to’ldirib boradi.
Darhaqiqat, o’quvchi mustaqil mutoala jarayonida darsda o’zlashtirgan
bilimlarini amalda qo’llaydi, shu tariqa tushunchasini boyitadi, mustaqil fikrlashga
o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda mantiqiy dalillar bilan ravon bayon etishga
o’rganadi. Mustaqil o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar esa kishini bir
umr tark etmaydi. Bunga erishish uchun o’quvchilarni darslik, badiiy va ilmiyommabop asarlar ustida ishlash usullari bilan izchil tanishtira borish, xususan,
matn ustida ishlashga o’rgatish orqali asarning tub ma‘nosini, badiiy-estetik
xususiyatlarini badiiy adabiyotning so’z san‘ati sifatidagi o’ziga xos ijodiy
qonuniyatlarin o’zlashtirishlari talab etiladi.

Umum o’rta ta‘lim maktabi o’quvchilarida badiiy asarlarning mazmunimohiyatini o’zlashtirish va mustaqil tahlil qilishga doir ko’nikma va malakalarni


shakllantirish hamda takomillashtirish orqali kitobxonlik madaniyati
shqkllantiriladi. Zero, ta‘lim ilm berish va tarbiyani o’z ichiga oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Халқ сўзи. // 2016 йил 16
декабр
2. Каримов И. А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли. – Т.:
Ўзбекистон, 1992.
3. Каримов И. А. Маънавий юксалиш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1998.
4. Ўзбекистон Республикасининг Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури.
\Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиѐтининг пойдевори. – Т.: 1997. –Б. 31-60.
5. Adabiyot (majmua). Akademik litseylarning 3-bosqichi o‗quvchilari uchun /
To’xliyev B., Shermurodov T., Isayeva Sh. . – T.: Bayoz, 2014.
6. Ahmedov S., Qosimov B., Qo‗chqorov R., Rizaev Sh. Adabiyot. Umumiy
o‗rta ta‘lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. 1-2 qism. – T.: Sharq, 2015.
7. Ahmedov S., Qo’chqorov R., Rizaev Sh. Adabiyot. Umumiy o’rta ta‘lim
maktablarining 6-sinfi uchun darslik. 1- 2 qism. – T.: Sharq, 2013.
8. Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. – Т.: Янги аср авлоди, 2004
9. Баратов Ш. Р. Ўқувчи шахсини ўрганиш усуллари. – Т.: Ўқитувчи,
1995. Глобал таълим. Ўқитувчилар учун қўлланма. – Т.: ХТВ, 2004.
10. Ибрагимов Р. Муаммоли дарс босқичлари. // Халқ таълими. 1998.
– №3.– Б.76-78.

Download 100,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish