Mundarija kirish adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish


O’quvchi shaxsi tarbiyasida mustaqil mutolaaning roli…………



Download 100,53 Kb.
bet3/6
Sana19.02.2022
Hajmi100,53 Kb.
#459700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY ASAR TILINI

2. O’quvchi shaxsi tarbiyasida mustaqil mutolaaning roli………….

Xalq og’zaki ijodida xalqning sevimli qahramonlari ko’tarinki ruh bilan


tasvirlangan. Bu qahramonlar xalqining orzu-umidlarini o’z harakatlarida,
ko’pincha dushmanga qarshi qahramonona kurashlarda ifodalaydilar. O’zbek xalq
eposining Go’ro’g’li, Alpomish, Avaz, Ravshan, Qorajon va Barchinlar kabi
qahramonlari O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida juda mashhurdir.
Boshqa xalqlar ijodida bo’lanidek, o’zbek xalq og’zaki ijodining
qahramonlarida ham ijobiy qahramonlarga xos umumiy xususiyatlar-zulmga va
adolatsizlikka qarshi ko’rashda mardlik va qahramonlik, kishilarga g’amxo’rlik va
mehribonlik, rostgo’ylik va samimiyat, sadoqat va vafodorlik, yovuzlikka nafrat va
qora kuchlar ustidan g’alaba qozonish, birinchi galda, vatanparvarlik, ya‘ni har
qanday shum niyatli kishilar: zolim podsholar, bosqinchi qo’shinlar ustidan g’alaba
qozonish, ularni Ona Vatandan quvib chiqarish va mag’lubiyatga uchratish kabi
olijanob insoniy fazilatlar mavjuddir. Badiiy hikoya qilish va ifodali o’qish
jarayonida bu qahramonlarning barcha fazilatlari, hatto kiyinishi va qurollanishlari,
jismoniy tuzilishi, kishilar bilan munosabati, og’ir ahvolga tushib qolganlarga
ko’maklashuvchi, mardligi, tantiligi, do’stligi, olijanobligi kabi ajobiy
xususiyatlariga o’quvchilar e‘tibori jalb qilinadi.

O’quvchilarning har narsani bilishiga qiziqishi, ayniqsa fantastik asarlar va


ulardagi mubolag’alarga qiziqishi tabiiy bir holdir. Adabiy ta‘limda mustaqil
mutolaaning, birinchi galda, shu fandan mashg’ulot olib boradigan o’qituvchining
asosiy vazifalaridan biri-o’quvchilarning o’rganilayotgan asarlar vositasida estetik
zavqini oshira borish bilan birga, ularning fantaziyasini o’stirish va boyitishdan
iborat. Chunki yoshlarning fantaziyasini tarbiyalash ularning kelajakda haqiqiy
kashfiyotlar yaratish qobiliyatini tarbiyalaydi, orzu va umidlarini ruyobga chiqarish
uchun izlanish va qidirishga undaydi. Lekin o’quvchilarni dastavval asarning
o’ziga qiziqtira bilish lozim. Buning uchun o’qituvchi yaxshi aytuvchi va ta‘sirli
qilib o’qib beruvchi bo’lishi kerak.

O’quvchilarni qiziqtiradigan jihatlardan biri – og’zaki ijod namunalarida


qofiyali proza-sajlarning uchrab turishidir. Saj ertak va dostonlarning an‘anaviy
muqaddimasida fikrni tasdiqlash va to’ldirish uchun qo‗llaniladigan uchraydi.
Umumta‘lim maktablarida 5-sinfdan boshlab o’quvchilar ertaklar,
topishmoqlar va maqollar bilan tanishtiriladi. Ma‘lumki, xalq og’zaki ijodining eng
qadimgi turlaridan biri hisoblangan ertaklar fantaziya va mubolag’aning kuchli
bo’lishidan tashqari, deyarli umidvorlik va maqsadga ishonch ruhi bilan
sug’orilgan bo’ladi.

Ertaklar fikr bayon qilish jihatidan asosan ikki xil, ya‘ni maqsadni ochiq


ifodalagan ertaklar va asosiy fikr, aytilmoqchi bo’lgan maqsad yashirin shaklda
allegorik bayon qilingan ertaklar bo’ladi. Ertaklarning ikkinchi xili masal janriga
yaqin turadi.
O’quvchilarni ertak bilan tanishtirishda ularning e‘tiborini ertakning
boshlanishi va tugallanishiga, ertak oxiridagi «murod-maqsadlariga yetib» kabi
jumlalarga jalb etish zarur. Ertakning mazmunini so’zlatishda o’qituvchi
tomonidan tayyorlanib kelingan savollar ham ahamiyatlidir. Savollar shunday
tuzilishi kerakki, u savollarga topilgan javoblar ertak syujetining umumiy
yo’nalishi sistemasini tashkil etadigan bo’lsin va qahramonning xarakterini
ochishga yordam bersin.

―Uch og’a-ini botirlarnertagi yuzasidan savollar quyidagicha tuzilishi


mumkin:
1. Nima uchun ota o’g’illarini safarga otlantirdi?
2. Safardagi xatarlardan qutilishida ularga nima yordam berdi?
3. Ertak orasida hikoya nima uchun keltirilgan?
4. Kenja botirning gunohsizligi qanday isbotlandi?
5. Siz uch aka-ukaning qaysi biriga zxshashni istardingiz?
6. O’zingiz safarga chiqqanda qanday tuyg‗ularni boshdan kechirgansiz
Sinfda o’rganiladigan ertaklardan tashqari, o’qituvchi o’zbek ertaklarida
xilma-xil shaklda ishlatiladigan an‘anaviy muqaddima namunalaridan o’qib berishi
mumkin.
Masalan, «Susanbil» ertagining muqaddimasi shunday boshlanadi: «Ertagi yo
ertagi, echkilarning burtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uchun ekan, g’oz
karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, olaqarg’a azonchi, qora qarga qozonchi
ekan, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan,
tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida
dumi kalta bo’ri bor...» Erataklarning an‘anaviy muqaddimasi o’quvchilarning
e‘tiborini jalb etadi va asar mazmuniga qiziqishni kuchaytiradi. Bolaligidan erataklarni sevib mutolaa qilish kelajakda badiiiy asarni o’qishga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi, mustaqil mutolaaga o’rgatadi. Zero, erataklar insoniyatni yaxshilikka chorlaydi. Masalan, «Uch og’a-ini botirlar» ertagining asosiy xulosasi voqea boshlanmasidanoq bayon qilinadi. Baquvvat, yarog’ ishlatishga usta va botir bo’lib yetishgan uch yigitga otasi
shunday nasihat qiladi: To’g’z bo’ling-bexavotir bo’lasiz. Maqtonchoq bo’lmanguyatga qolmaysiz.

Dangasa bo’lmang-baxtsiz bo’lmaysiz.


Botirlarning otasi-boy turmush tajribasiga ega bo’lgan bir chol... Chol o’z
farzandlarini xalq manfaatini ko’zlovchi ajoyib odamlar qilib tarbiyalaydi. Shuning
uchun ham ular hatto zolim podsho huzurida ham tug’ri so’zlaydilar. Ular
rostgo’ylik, mehnatsevarlik, xalqparvarlik tufayli murod-maqsadlariga yetadilar,
baxtli bo’ladilar.

Xalq og’zaki ijodining yirik namunasi - dostonlarning ham uzoq tarixi bor.


Doston - o’zbek xalq og’zaki ijodining liro-epik turi bo’lib, unda ko’pincha
xalqning uzoq utmishi jangovar harakatlari, vatanparvarligi va mardligi, sadoqati
va vafodorligi madh etiladi. Xalq qahramonlik eposi o’zining tuzilishi va xarakteri
jihatidan ertaklarga nisbatan farq qiladi.
Dostonlarda ma‘lum tarixiy davr voqealari izchil va murakkab bayon qilinadi.
O’zbek xalq dostonlarining deyarli ko’pchiligi nasr va nazmdan tashkil topgan.
Dostonda qahramonlarning sarguzashtlari she‘rda, baxshilarning ular haqidagi
naqllari esa nasrda ifodalanadi2.

O’zbek xalq dostonlari tematikasi va mazmun jihatidan xilma-xildir.


Qahramonlik, ishqiy-romantik, tarixiy dostonlar mavjuddir. 9-sinfda o’tiladigan
«Alpomish3» qahramonlik dostoni bo’lib, o’zbek xalq dostonlarining eng qadimiy
va eng guzal namunasidir.
Doston haqida ma‘lumot berishda dostonchilar, ularning hayot yo’li
masalalariga ham to’xtalib o’tish zarur. Dostonchilik o’zbek xalq baxshilarining
ko’pchiligiga ota meros kasbdir. Bundan tashqari, dostonchilarning o’z to’dalari,
ya‘ni alohida maktablari bo’lgan. Ijodiy yig’ilishlar baxshilarning mahorat maktabi
hisoblangan. Baxshilarning yig‗ilib doston aytishishi, musobaqalashuv va qancha
doston bilganini namoyish qilish ham alohida tantana-bayram hisoblangan.
«Alpomish» dostoni haqida ma‘lumot berishda boshqa bir qancha baxshilar
ham bu dostonni aytib yurganligi, lekin Fozil Yo’ldosh o’g’lining og’zidan yozib
olingan bu dostonning «Alpomish» lardan eng mukammali ekanligini ta‘kidlab
o’tish lozim.

Doston hajm jihatidan katta va kompozotsiyasi anchagina murakkab bo’lganligi uchun sinfdan tashqari mustaqil mutolaa uchun tavsiya etish zarur.


Lekin mustaqil mutolaaga kirishishlaridan oldin bir qancha ishlar qilinadi. Avvalo,
O’qituvchi doston haqida, dostonchilar haqida umumiy ma‘lumot bergach,
«Alpomish» ning mazmuni va obrazlar sistemasi masalasiga to’xtalib o’tadi.
Notanish so’zlar lug’ati yozdiriladi va keyin birinchi parchaning ma‘lum qismini
O’qituvchining o’zi ifodali o’qib bersa bo’ladi. So’ngra o’quvchilar dostonning
umumiy mazmuni bilan tanishib chiqqash, asar qahramonlarining xarakterli
xususiyatlari aniqlanadi.

Download 100,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish