XULOSА
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida C++ dasturlash tilida dasturlash toʼgʼrisidagi bilimlarimni amaliy jihatdan oʼrgandim va nazariy bilimlarimni amaliy jihatdan mustahkamlab oldim. Dastur tuzish davomida 1C platformasi haqida maʼlumotlar bilan tanishdim.
Bitiruv malakaviy ishim “АПТЕКА 25” dorixonasi savdo jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy taʼminot yaratishga bagʼishlangan. Ishda maʼlumotlar bazasi toʼgʼrisida umumiy tushunchalar, tovarlarni kirim-chiqimlar, tovar qoldiqlar, tovar miqdorlari, buxgalteriya xisobotlari va xisob schyotlari va ularning turlari koʼrib chiqilgan.
Dastur 1C tili asosida yaratiladi, foydalanuvchilarni ish jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida boshqarishni koʼzda tutadi. Dastur klient – server texnologiyasi asosida ishlaydi. Dastur intefeysi 1C muhitida ishlaydi. Dasturda axborot xavfsizligiga katta eʼtibor berilgan. Xar bir ishchi xodim uchun login parol berish imkoniyati mavjud. Dasturda xar xil qoida buzarliklarni oldi olingan. Firmada maʼlumotlar ombori mavjud emas.
Bu ishchi xodimlar uchun koʼplab qiyinchiliklar tugʼdiradi. Xisoblash jarayonida maʼlumotlarni yoqolishi, buzilishi uchrab turadi. Bu malakaviy ishda shunga oʼxshash muammolar bartaraf etilgan. Dastur savdo jarayonini pul aylanmasini toʼliq nazorat qiladi. Ortiqcha qogʼozbozlikni oldini oladi.
Ixtiyoriy paytda turli xil operativ hisobotlar olish imkoniyati mavjud boʼladi. Ish jarayonini toʼliq nazorat ostiga olinadi. Undan tashqari foydalanuvchi–xodimlarga katta qulayliklar yaratiladi.
Bitiruv malakaviy ishda avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni axborot tizimlari atroflicha koʼrib chiqilgan. 1C dasturlash muxitini oʼrnatish va ishga tushirish usullari va turli-xil yoʼllari taxlil qilingan.
Ushbu bituruv ishida maʼlumotlar bazasi haqida maʼlumot va ularning turlari. MOBTda ishlash texnologiyasi asoslari, muammoning qoʼyilishi, maʼlumotlarni kiritish va taxrirlash, maʼlumotlar bazasining asoslari, maʼlumotlar bazasini loyixalash, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) nazariyasi, xaqida maʼlumotlarni toʼplash, saralash berilgan va oʼrganilib chiqilgan. Buxgalteriya xisobotlari va xisob schyotlari xaqida maʼlumotlar xam berib oʼtilgan. Аvtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturning yaratilishi, dasturning ishlatilishi va koʼrinishi, dasturning modulь qismi yaʼni dasturiy qismi, mehnatni muxofaza qilish va texnik xavfsizligi masalalari koʼrib chiqilgan.
Buxgalterlarga yuqori sifatga ega boʼlgan xisoblashlarni tashkil qilish va har xil noaniqliklarni yoʼqotish qisqa vaqt ichida xisoblashlarni amalga oshirish, vaqtdan yutishda 1C dasturlash muxitida tuzilgan dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin.
Аlbatta boshqa dasturlar ham orqada qolayotgani yoʼq, hozirgi kunda koʼplab dasturlar zamon talabiga mos ravishda koʼpayib bormoqda.
Oʼzbekistonga ham shular qatori zamonaviy dasturlar tuzish kengaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |