Mundаrijа kirish 6


C dasturlash tilida hisobotlar tayyorlash oynasi bilan ishlash



Download 4,09 Mb.
bet13/20
Sana14.07.2022
Hajmi4,09 Mb.
#798715
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Nishonov Mirzohid 650-18 BMI

3.4. 1C dasturlash tilida hisobotlar tayyorlash oynasi bilan ishlash.

Hisobotlar tayyorlash asosiy menyusining bo’limlari bilan biz quyidagi rasm orqali tanishishimiz mumkin. Buning uchun Отчеты menyusi ustida kursorning o’ng tugmasini chertamiz va tugmasini bosamiz. Shundan so’ng quyidagi oyna hosil bo’ladi(3.4.1-rasm).



3.4.1-rasm. Yangi hisobot hosil qilish oynasi

Demak, birinchi bo’lim Основные bo’limi bo’lib, ushbu bo’lim orqali yaratayotgan hisobotimizga nom beramiz. Подсистемы bo’limi orqali esa yaratgan hisobotlarimiz tayyor dastur ishga tushganda, amaliy dasturiy oynada hisobotlar deb nomlangan alohida bo’limda ko’rinishini amalga oshirishimiz mumkin. Ya’ni yaratgan har bir hisobotimizni Подсистемы bo’limida mavjud bo’lgan alohida bo’limga bog’lab qo’yamiz. Mana shu o’rinda bir savol tug’iladi. Aynan Подсистемы bo’limini ichidagi alohida bo’limlar ham yaratiladimi yoki u bo’limlar avtomatik 1C dasturining imkoniyatimi deb o’ylashimiz mumkin. Albatta, bu bo’limlar dasturchi tomonidan foydalanuvchi xohishiga qarab, yoki yaratiladi, yoki yaratilmaydi. Подсистемы bo’limidagi asosiy bog’lanuvchi asosiy bo’limlarini yartilishini esa navbatdagi rasmda ko’rib chiqamiz(3.4.2-rasm).



3.4.2-rasm. Hisobotni hosil qilish oynasi

Demak, Подсистемыbo’limida alohida bo’lim yaratishni ko’rib o’tamiz. Buning uchun 1C dasturi asosiy menyularidan biri bo’lgan Общие menyusini ochamiz. Navbatdagi rasmda menyu osti menyulari ochiladi(3.4.3, 3.4.4-rasmlar).



3.4.3-rasm. Конфигурация 3.4.4-rasm. Подсистема
Общие bo’limidagi Подсистемы menyusining ustida kursorning o’ng tugmasini bosamiz va Добавить bo’limiga kiramiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi(3.4.5-rasm).

3.4.5-rasm. Yangi Подсистема hosil qilish oynasi

Demak, Основные bo’limi orqali dastur ishga tushganda ko’rinadigan asosiy menyular bo’limiga nom beramiz.


Состав bo’limi orqali bo’lsa, yaratgan asosiy menyularimizga tegishli bo’lgan hujjatlar ro’yhatini tanlab biriktirib qo’yish imkoniyatiga ega bo’lamiz(3.4.6-rasm).

3.4.6-rasm. Yangi Подсистема tarkibi tuzilishi.

IV. TАDBIQ QILISHNI TАSHKIL ETISH VА LOYIHА SAMARADORLIGI.


4.1. Аvtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni yaratilish ketma-ketligi.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar va boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo‘ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarni majmuidir. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining tashkil qilinishi iqtisodiy ob’ektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko‘maklashadi va boshqaruv sifatini ta’minlaydi. Korxonalar, firmalar va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining eng katta samaradorligiga erishiladi(4.1.1-jadval).
4.1.1-jadval. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining komponentalari

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini tashkil qilish tajribasi, muvofiqlashtirilgan usullarni iqtisodiy ish faoliyatiga tadbiq etish, ishlab chiqarish — xo‘jalik jarayonlarining vaziyatlarini shakllantirish, davlat va tijorat tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash boshqaruvda axborot jarayonlari texnologiyasini tubdan o‘zgartiradi. Hozirda boshqaruv faoliyatining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi ko‘plab tashkil qilinmoqda.


Boshqaruv ob’ekti faoliyat yuritishining sohasi bo‘yicha tizimlarning tasnifi ravshan bo‘lgani uchun, quyidagi alomatlarni ko‘rib chiqamiz. Boshqaruv jarayonlarining turlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi quyidagilarga bo‘linadi:
texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — bu texnologak qurilmalar, dastgoxlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;
tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi va korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini birlashtiruvchi ko‘p darajali tizimdan iborat;
tashkiliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, xo‘jalik, ijtimoiy-iqtasodiy, vazifaviy jarayonlar ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi, xususan:
a) bank avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
b) fond bozori avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
v) moliya avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
g) sug‘urta avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
d) bojxona xizmati avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
e) statistika avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
j) marketing avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi;
z) sanoat korxonalari va tashkilotlari avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi (ularda ahamiyati va keng tarqalishi bo‘yicha alohida o‘rinni hisobxona avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi egallaydi) va boshqalar;
ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi — sohalararo hisob-kitoblar va ilmiy tajribalarning yuqori sifati va samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy-matematik usullar bunday tizimlarning uslubiy baza, eng turli-tuman hisoblash texnikasi va tajriba ishlari modellashtirilishini o‘tkazish uchun texnik vositalar — texnik bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Ham tashkiliy-texnologik tizimlar, ham ilmiy tadqiqotlarning tizimlari o‘z konturiga ishlarning loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlarini olishi mumkin;
o‘qituvchi avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilari ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashda, turli soha xodimlarini qayta tayyorlashda va malakalarini oshirishda keng tarqalgan.
Tasnifning iqtisodiy informatika fani alomatlari bo‘yicha uch guruh: sohaviy, hududiy va sohalararo avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar ajratiladi. ular bir vaqgning o‘zida tashkiliy boshqaruvning, ammo keyinchalik ierarxiyaning yuqoriroq darajasi tizimlari bo‘ladi:
sohaviy avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar sanoat va agrosanoat majmualari tarmoklarida, qurilishda, transportda faoliyat yuritadi. Bu tizimlar tegishli muassasalarning boshqaruv apparatlariga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qiladi;
hududiy avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar ma’muriy-hududiy tumanlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Hududiy tumanlarning
faoliyati mintaqada boshqaruv vazifalarini sifatli
bajarish, hisobotni shakllantirish, mahalliy davlat va xo‘jalik idoralariga tezkor ma’lumotlarni berishga yo‘naltirilgan;
sohalararo avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar milliy iqtisodiyotni boshqarishning xizmat idoralari (bank, moliya, ta’minot, statistika va boshqalar)ning ixtisoslashtiril gan tizimlaridir. O‘z tarkibida qudratli hisoblash texnikalari majmualariga ega bo‘lgani bois, sohalararo ko‘p bosqichli avtomatlashtirilgan axborotlar tizimilar iqtisodiy va xo‘jalik bashoratlari, davlat byudjetini ishlab chiqishni ta’minlaydi, xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlari faoliyati natijalarining nazorati va tartibga solinishi, hamda resurslar mavjudligi va taqsimlanishining nazoratini amalga oshiradi.
Iqtisodiyot va boshqaruv faoliyati sohasida axborotlashtirishning zamonaviy rivojlanishi tashkiliy, texnik va texnologik jarayonlarni hal qilishga yagona yondoshishni talab qiladi. avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi va axborotlashtirish jarayonlarining faoliyat yuritishi va tashkil qilinishining natijalarini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
mutaxassis-insonning axborotlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish tizimida faol ishtirok etishi;
axborot faoliyatini. biznesning turlaridan biri kabi qabul qilish;
aniq iqtisodiy ob’ektda amalga oshirilayotgan jarayonlarning zamonaviy dasturiy-texnik, texnologik platformalarga asoslanganligi;
foydalanuvchilarning talablariga muvofiq axborotlashtirish sohasida ilmiy va amaliy ishlanmalarni yaratish va tadbiq etish;
tashkiliy va vazifaviy o‘zaro hamkorlik, uning matematik modeli, tizimli va dasturiy ta’minlanishini shakllantirish;
boshqaruv sohasida samaradorlikning berilgan mezonlarini hisobga olish bilan aniq amaliy vazifalarni qo‘yish va hal qilish;
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini umumiy maqsadga erishish uchun mutaxassislar, hisoblash vositalari va boshqa texnikalar, matematik usullar, modellar, aniq mahsulotlar, ularning bayoni hamda ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi usul va tartiblarining tashkil qilingan majmui sifatida belgilab, hozirgi kunga qadar mutaxassis-inson amaliy bo‘g‘in va boshqaruvchi.
Ma’lumotlar va algoritm asosida programmani tuzish
Programmani foydalanuvchi ishlatganligi munosabati bilan inson faktorini xisobga olish zarur. Shuning uchun foydalanuvchining faktorlarini xam xisobga olish kerak. Progaramma "do‘stona" bo‘lishi kerak. Ekranlar o‘ta tez almashishi, Ma’lumotlar tez chiqib turishi xam insonga salbiy taxsir ko‘rsatadi. Foydalanuvchi interfeysi (ekraniga) katta e’tibor berish kerak. Ekrandagi ranglar soni ham uncha ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ranglar xam o‘z o`rnida ishlatilishi kerak.
Shriftlar xam o`ta katta yoki o`ta kichik bo‘lmasligi kerak
Dastur shunday tuzilishi kerakki, uni birinchi navbatda mashina yoki kompyuter emas, balki inson o`qib tushunsin. Chunki dastur insonlarga dasturlarni tuzishda, shakllantirishda va ularni qo‘llashda kerak bo‘ladi.
Dastur - bu keyinchalik ishlatishga va takomillashtirishga mo‘ljallangan xujjat, algoritmlarni kodlashtirish uchun o‘quv materiali va xokazolardir.
Agar biron - bir narsani yaratishda bir necha usul mavjud bo‘lib, tanlash sizga bog‘liq bo‘lsa, unda siz 1 ta usulni tanlab, oxirigacha shu usuldan foydalanish lozim.
Dasturiy foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish, keng tarqatish va sotish uchun mo‘ljallangan.
O‘zgaruvchilarga nom tanlash.
O‘zgaruvchilarni nomini shunday tanlash kerakki, bu qismda o‘zgaruvchilarni kattaliklari yaqqol bilinib turishi kerak. Dasturni o‘qishi oson kechishi uchun ismni to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq bo‘ladi. Butun o‘zgaruvchilarning nomi I, G, K, L, M, N harflardan boshlanadi. O‘zgaruvchilar quyidagi turlarga bo‘linadi: butun , xaqiqiy, kompleksli, belgili.
Qator boshidan o‘tish.
Operatorlarni yozishda ularni o‘rtasidagi bog‘liqni ko‘rsatish uchun bir satrlar boshidan o‘tishlar bajariladi. To‘g‘ri bajarilgan o‘tishlar dasturni tarkibini ko‘rsatadi. Bu matnni tushunarli tilda paragrflarga guruxiy so‘zlarni mantiqiy bog‘lab bo‘ladi. Sikllar - o‘tishlarda foydalanishdagi oddiy xolat. O‘tishlarda faqat sikllarda emas, balki buyruqlarni qulay guruhlashda ham kiritiladi.
Operator Елсе yordamida aniqlanadigan operatorlarga qator boshidan bir o‘tishlar bilan yoziladi. Kiritish - chiqarish operatoriga yozishda xam o‘tishlardan foydalaniladi. teng xuquqli fayllarni ta’riflashda xam o‘tishlardan foydalaning.
Agar dasturchi to‘zayotgan dasturni biron - bir boshqa dasturchi yoki kishini o‘qishini bilsa, u dasturni kodlashdagi fikri keskin o‘zgaradi. U dasturni programmalarga bo‘lib, izohlar bilan to‘ldiradi. Natijada dastur aniq va tushunarli bo‘ladi.
Bir xilgi loyixalarda dasturni oddiyligini ta’minlovchi metod dasturni nazaorat qiluvchi sistemadan foydalaniladi.
Bu sistemada dastur loyixalanayotgan paytda kamida 2 ta dasturchidan foydalaniladi. Birinchisi dastur tuzsa, ikkinchisi shu dasturni tuzish uchun ko‘rib, o‘qib chiqadi. Bu sistemani 2 ta yutug‘i bor. Birinchidan u oddiy va tushunarli dastur ishlab chiqishni ta’minlaydi. Ikkinchidan, birinchi dasturchi loyixani tugata olmasa, ikkinchi dasturchi uni o‘rniga tugatib qo‘yadi.
Ogoxlantiruvchi xabarlar.
Ko‘pincha kompoliyasiyani samaradlorligini oshirishda ahamiyat bergan holda va dasturni bajarishda ma’lum bir shartlarni ogoxlantirish xabarlarni keltirib chiqaruvchilar olib tashlanadi. Unga sabab ogoxlanturuvchi xabarlar dasturni boshqarishda xech qanday xalaqit berilmaydi va samaradorlik pasaytirishi sababli ularni xisobga olinmaydi. Har safar ko‘rgazmalarni bajarishda bunday xabarlarni chaqirish ularni ancha vaqt sarf bo‘ladi. Bu esa dasturni bajarishda va xotira sarfini oshiradi.
Ko‘ramalashga ogoxlantiruvchi xabarlarni qo‘llamagan holda dastur yaratishni oson usuli bu dasturni samaradorligini oshirgan holda bajarishdir. Ogohlantiruvchi xabarlar ko‘pincha to‘g‘irlashda va qayta qurishda beriladi.
Dasturlarni sozlash.
Xatolarni borligini aniqlab ularni to‘g‘rilash - sozlash deb ataladi. Dasturlarni u yoki bu xatolarda sozlash majburiydir. Aks holda, biz uni testdan o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi. Jarayonni sozlash dasturni ishlash usuliga bog‘liq, ya’ni foydalaniladigan mashinaga, jarayon sistemasiga, dasturlash tiliga, beriladigan vazifa tarkibiga va xattoki dasturni muayyan xususiyatiga xam bog`lik bo‘ladi. Yana shuni aniq aytish mumkinki, xar bir qurilma va mashinalar dastur kamchiliklari dasturlash xatolari bilan uzluksiz bog‘liq.
Masalan: Sintaksis xatolar bo‘lganda dasturlashni aniq tili orqali oldindan bilib yoki aniqlab olinadi.
Xozirgi vaqtda dasturlarni xajmi katta va murakkab bo‘lib bormoqda, lekin xatolar o‘shaligicha qolmoqda.
Sintaktik xato.
Traslyator yordamida sintaktik xatolarni aniqlash dasturni sozlashda eng kerakli va muxim o‘rinlarni egallaydi. Chunki, qancha ko‘p xato bo‘lsa shu bosqichda aniqlanib to‘g‘rilansa, keyinchalik sozlashda va testdan o‘tkazishda ish oson bo‘ladi. Yana bu xatolarni aniqlashning muximligi shartdir, agar ular aniqlanmasa. keyinchalik dasturni bajarishda katta qiyinchiliklarga olib keladi.
Kompilyator uchun bu xatolar dasturni sinash uchun ko‘rib o‘tishdan oldin bartaraf etilishi lozim. Berilgan operatorlardagi sintaksis xatolar sifatida quyidagilarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin:
- tinish belgilarini qo‘yishda kerakli belgilarni tashlab ketish;
- kelishilmagan holda qavslarni qo‘yish;
- kerakli qavslarni tashlab ketish;
- operatorni to‘g‘ri shakllantirish;
- o‘zgaruvchilar nomini noto‘g‘ri shakllash;
- arifmetik operatorlardan noto‘g‘ri foydalanish;
- olib qo‘yilgan yoki ajratib qo‘yilgan so‘zlarni noto‘g‘ri yozish.
Ikkita yoki undan ortiq operatorlarni egallab oluvchi sintaktik xatolarga quyidagilar kiradi:
- qarama-qarshi buyruq;
- sikl oxirini ko‘rsatuvchi shartlar yo‘qligi;
- belgilar yo‘qligi;
- massvlarni tavsifini yo‘qligi;
- taqiqlangan o‘tishlar.
Agar komplyator ikkita yoki undan ortiq buyruqlarni birma-bir tekshirib chikmasa unda yuqorida ko‘rsatilgan xatolar aniqlanmay qolib ketadi.

4.2. “АПТЕКА 25” dorixonasi uchun savdo ishini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minot imkoniyatlari.


Аvtomatlashtiruvchi dasturiy taʼminot sizni vaqtingizni tejaydi va qogʼozdan voz kechgan xolda buyurtmalar xisobotlarini avtomatlashtirishda qulaylik imkoniyatini taklif etadi.
“АПТЕКА 25” dorixonasi dasturi chakana savdo operatsion yozuvlarini yuritish, dori maxsulotlarni shtrix-skaner yordamida va shtrix-skanersiz oldi-sotdi savdo jarayoni uchun moʼljallangan dasturdir.
Shuningdek dastur foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklarga ega boʼlib dasturda ishlash juda qulay va tushunarli interfeysga ega.
Shtrix-skaner bilan savdoni olib borish, xamda mijozlar uchun chek berish.
Shtrix-skanersiz savdoni olib borish, xamda mijozlar uchun chek berish.
Maxsulot qadogʼiga yopishtirib qoʼyiladigan narx qogʼozi tayyorlab berishi xamda shtrix kodsiz maxsulotlar uchun shtrix qogʼozi chiqarib beradigan urilmalar:



4.2.1-rasm. Kassa uchun jihozlar. Printer, Skaner, Monoblok va Keys.

“АПТЕКА 25” dorixonasi dasturida sizdan talab etiladigan hamda siz xoxlagan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Savdo amaliyotida uchraydigan barcha xolatlar xisobga olinganligi, sizga yanada qulaylik yaratishiga ishonchimiz komil.


Dasturimiz ushbu soxada eng yaxshi dasturlardan biri ekanligiga oʼzingiz dasturda foydalanish jarayonida amin boʼlishingiz mumkin.
Kichik xolatlarda ham xato va kamchiliklar ham eʼtibordan chetda qolmagan.
Bu dasturni shunchaki imkoniyatlardan bir qismi xolos.
Dasturda har bir kassiringizni nazorat qilishingiz mumkun.
Dasturga doimiy ravishda yangilik va imkoniyatlar kiritib boriladi.
Siz bu imkoniyatlardan foydalanish uchun kompyuteringizni bir marta internet tarmogʼiga ulasangiz kifoya, qolgan jarayonni bizga qoʼyib bering.
АПТЕКА 25” dorixonasi dasturiga
Dastur 1-darajali ximoya tizimi bilan himoyalanadi.
Bu esa sizni xavfsizligingizni taʼminlaydi.
Dastur imkoniyatlaridan qisqacha tanishib chiqishingiz mumkin:
- Dastur 140 dan ortiq amallar bajarishi;
- Maʼlumotlar boʼlimi;
- Xisobotlar boʼlimi
- Ishchi stol boʼlimi;
- Savdo oynasi;
- Dastur oʼzi revizya qilishi;
- Kirim;
- Chiqim;
- Umumiy sozlamalar boʼlimi;
- Maxsulot kiritishning sodda ekanligi;
- Dasturda dori narx boʼyicha qidirish osonligi;
- Dasturda dori kodi boʼyicha qidirish osonligi;
- Dasturda dori shtrix kodi boʼyicha qidirish osonligi;
- Dasturda koʼp ketadigan dorilarni panelga olib qoʼyish
(maqsad savdo jarayonini tezlatish);
- Dasturda buferga olish (maqsad qilinayotgan savdoni, savdo jarayonini tezlatish);
- Belgilangan qiymatdan tovarni narxi oshganda sizga maʼlumot berishi;
- Dorixonangizdagi dorilar siz belgilagan miqdordan kam qolsa, dastur sizni ogoxlantiradi va olib kelishingiz mumkun bolgan dorilaringizni qogʼozga chop qilish imkoni mavjudligi;
- Seriya;
- Brendi;
- Belgilangan vaqt;
- Savdo jarayonida skidka qilib berish;
- Tovarlarni qaytarib olish(vazvrat);
- Kunlik chiqimlarni dasturga kiritib borish;
- Dastur oʼzida qoldiqsiz dorilarni saqlamasligi;
- Maxsulotlarni minusga sotmaslik;
- Yetkazib beruvchilar bilan xisob-kitob ishlarini yuritish mumkin ekanligi;
- Kilentlar bilan uchrab turadigan qarz amaliyotlarini borligi;
Bular shunchaki imkoniyatlarning bir qismi xolos.



Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish