Termo printerlar
3.1.8-rasm. POS-TERMINALLAR (Atol-30F)
Hozirda har kuni sodir boʼladigan zamonaviy tovar-pul munosabatlari turli xil bank xizmatlari bilan shu qadar soddlashtirilmoqdaki, goʼyo tez orada tovar sotib olish fikr kuchi bilangina amalga oshiriladigandek.
Misol tariqasida, doʼkonlar kassalarida POS-terminallarni paydo boʼlishi xaridorlarga oʼzlari bilan xarid uchun qancha miqdorda naqd pul olishlari kerakligi toʼgʼrisida bosh qotirmasdan, shunchaki bank kartasi bilan hisob-kitob qilish imkonini bermoqda.
Yuqorida taʼkidlanganidek, terminallarning asosiy afzalligi – savdo aylanmasi tomonlarining toʼliq qoniqish hosil qilishida. Xaridor uchun foydaliligi uning oʼzi bilan qanchadir miqdorda naqd mablagʼni olib yurish majburiyatidan xalos boʼlishida.
Nima uchun qanchadir miqdorda? Chunki oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo yoki kiyim-kechak xaridi uchun kunlik limitni aniq bilishning deyarli imkoni yoʼq. Qolaversa, hozirning oʼzida naqd pul kerak boʼladigan fors-major holatlar xam kuzatiladi, ammo hamyonda esa yetarlicha mablagʼ topilmaydi.
Shuning uchun, noqulay yoki qiyin ahvolga tushib qolmaslik uchun, eng yaqin bank muassasasida bank kartasini rasmiylashtirishga ehtiyoj seziladi. Savdo terminallarining yana bir ijobiy tomonini inobatga olish lozim – bu bank tomonidan xam, ushbu xizmatni taqdim qilayotgan doʼkon tomonidan xam komission toʼlov olinmasligida. Bank bilan boʼladigan barcha komission hisoblarni doʼkon oʼz zimmasiga oladi.
3.2. 1C dasturini o’rnatish va dasturlash tilida dasturning yaratilish texnologiyasi.
Аvtomatlashtiruvchi dasturiy taʼminotni maʼlumotlar tizimi dasturi 1C tili asosida yaratiladi, foydalanuvchilarni ish jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida boshqarishni koʼzda tutadi.
Dastur klient – server texnologiyasi asoslanadi.
Dastur intefeysida ikki holatda ishlash imkoniyati mavjud boʼladi:
1)Veb koʼrinishda standart brouzer orqali ishlash.
2)1C muhitida ishlash. Dastur qattiq diskdan uncha koʼp boʼlmagan joy egallaydi. Bir oyda 150 Mb joyni band qiladi. Bir yilda esa 1,5 Gb joy talab qilinadi. Bilamizki Microsoft Office Access maʼlumotlar omborida bazani xavfsizligiga unchalik eʼtibor berilmagan. Oracle, Sql maʼlumotlar omborida bazani xavfsizligiga katta eʼtibor berilgan, lekin xotiradan katta joyni band qiladi. 1C esa xavfsizlik tomonidan Oracle maʼlumotlar ombori bilan bellasha oladi, lekin katta tarmoqlarda oracle maʼlumotlar omboridan yordam oladi. Dastur 1C 8.3.5 versiyada yaratilgan. Bu versiya oldingi versiyalardan farqi shundaki 1C muxitidan tashqari global tarmoqda xam biznes ishlarini, buxgalteriya ishlarini bajara olish imkoniyatiga ega.
Dasturda on-line boshqarishda axborot xavfsizligiga katta eʼtibor berilgan. Аgar aloqa boʼlimi xodimi, boshqa aloqa boʼlimi parolini bilib olib dasturni ishga tushirsa, bu xaqda maʼlumot server kompyuterda koʼrinib turadi. Qanday oʼzgartirishlar kiritdi, qanday maʼlumotlarni oʼchirdi bu xaqda server kompyuter xoxlagan paytda bilib olish imkoniyati yaratilgan.
3.2.1-rasm. Kompyuterni razryadiga qarab 32/64 ni tanlaymiz.
3.2.-rasm. Papakadagi setup(ехе) faylni ishga tushuramiz
3.2.3-rasm. Dasturni o’rnatish oynasi.
3.2.4-rasm. Maxsus o’rnatish oynasi.
3.2.5-rasm. Tilni tanlash oymnasi.
3.2.6-rasm. Dastur o’rnatish uchun tayyor.
3.2.7-rasm. O’rnatish davom etmoqda.
3.2.8-rasm. Dasturga himoya drayverlarini o’rnatish uchun tayyor.
3.2.9-rasm. Dasturni o’rnatish tugadi.
3.2.10-rasm. Patch qilish oynasi
3.2.11-rasm. Dasturni klyuchini o’rnatish.
3.2.12-rasm. Dasturni klyuchi C diskda joylashgan bo’ladi.
3.2.13-rasm. Dasturni klyuchini o’rnatish.
3.2.14-rasm. Dastur klyuchi o’rnatildi.
Demak, dastavval men yaratayotgan dasturiy ta’minotimni to’liq o’rganib chiqdim va uni kamchiliklarini topishga harakat qildim. Shundan so’ng, dasturiy ta’minot ketma-ketligini qog’ozda yaratish ishlarini boshladim. Algoritm yaratish nihoyasiga yetganidan so’ng esa amaliy qismni hosil qilishni boshladim.
Demak, buning uchun Рабочий стол dagi ikonkalarning ichidagi 1C dasturi belgisi ustida sichqoncha chap tugmachasini ikki marta chertamiz. Kompyuterda quyidagi aktiv oyna hosil bo’ladi(3.2.15-rasm):
3.2.15-rasm. 1C dasturlash tilining ochilish qismi
Ushbu oynada 1C dasturida yaratilgan barcha ma’lumotlar bazalari saqlanadi.Bu ma’lumotlar bazalari ichidan o’zimizga tegishli bo’lgan dasturiy ta’minot bazasini tanlaymiz nomli tugmachani chertamiz. Quyidagi oyna paydo bo’ladi(3.2.16-rasm):
3.2.16-rasm. 1C dasturlash tilining ishchi oynasi
Конфигурация bosh menyusi ostida rasmda ko’rsatilgan alohida bo’limlar mavjud. Ushbu bo’limlar har biri o’zining vazifasiga hamda imkoniyatiga ega.Har bir bo’lim boshqa bo’limlar bilan birga ishlay oladi. Bir bo’lim boshqa bo’limga ma’lumotlar uzatadi, ma’lumotlarni qabul qiladi va ularni yozib olib, saqlaydi. Demak, bu kabi funksiyalar foydalanuvchiga ancha-muncha qulayliklar tug’diradi.Shuning uchun hozirgi kunda 1C dasturidan foydalanish yuqori darajada rivojlanyapti.
Jadvallar hosil qilish va jadval formalari bilan ishlash.
Har bir dasturiy ta’minotda bo’lgani kabi albatta bizning dasturiy ta’minotimizda ham ma’lumotlar bilan ishlashda qulayliklarni vujudga keltirish uchun jadvallarni hosil qilamiz. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda jadvallar asosiy jihat hisoblanadi.Demak, jadval hosil qilishni boshlaymiz.Buning uchun asosiy oynadan Справочники bo’limi ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosamiz, Добавить buyrug’ini tanlaymiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi(3.2.17-rasm):
3.2.17-rasm. Ходимлар spravochnikini hosil qilish
Rasmda ko’rsatilgani kabi birinchi menyudan yaratilgan jadvalga nom beramiz. Подсистемы bo’limidan yaratilgan jadvalni dasturiy ta’minot ishga tushganda hosil bo’ladigan asosiy menyularga bog’lashda foydalanadi.
3.2.18-rasm. Ходимлар spravochnikini podsistemaga bo`glash
Иерархия bo’limida jadvalga kiritilayotgan ma’lumotlar shakli qanday tartibda bo’lishi belgilab qo’yiladi. Ierarxiyalar sonini ham nazorati ushibu bo’lim orqali amalga oshiriladi(3.2.19-rasm).
3.2.19-rasm. Ходимлар spravochnigini ierarxiyasini o`zgartirish
3.2.20-rasm. Ходимлар spravochnikini dannisi
Данные menyusi orqali asosiy ishlar amalga oshiriladi. Ya’ni, jadval to’ldirilishi kerak bo’lgan maydonlar nomi alohida ajratib yoziladi(2.1.6-rasm). Agar ma’lumot yozilishi kerak bo’lgan maydon asosiy oynada aks etishi lozim bo’lsa, Реквизиты bo’limidagi tugmasini bosib yangi hosil qilamiz va nomlaymiz. Agar asosiy oynada aks etishi lozim bo’lmasa, Табличныечасти bo’limidan tugmasini chertamiz. Yangi jadvalosti qism paydo bo’ladi, uni nomlaymiz va aktiv holatga o’tgan tugmani chertamiz.
Bu tugmacha bizga yangi yaratgan jadvalosti qismga bo’limchalar yaratish imkoniyatini beradi.
Формы menyusi orqali yartilgan jadvalimizni formasini hosil qilamiz. Формы menyusi aktiv holatga o’tganda quyidagi oyna hosil bo’ladi(3.2.21-rasm):
3.2.21-rasm. Spravochnikka forma hosil qilish
Jadval ФормаЭлемента sini hosil qilish uchun Элемента qatori to’g’risidagi tugmachasini chertamiz. Ushbu oyna hosil bo’ladi(3.2.22-rasm):
3.2.22-rasm. Spravochnik formasining turlari
tugmasini bosish orqali jadval formasi hosil bo’ladi va hosil bo’lgan forma asosiy oynaga ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |