111
Birinchi qarashda korxonalarni optimal boshqarishni qanday tuzish
mumkin degan savolga optimal boshqarish nazariyasi yordamida osongina javob
olish mumkin. Lekin amalda qator omillar bu yondashuvni sof xolda ishlatishga
imkon bermaydi. Optimal boshqarish nazariyasini qo’llash quyidagi elementlar
bo’lishini talab qiladi:
-
korxonaning dinamik modeli;
-
boshqaruv tizimining modeli;
-
optimallik mezoni;
-
korxonadagi tashqi ta’sirlar va axborot xalaqitlari modeli (tashqi
xalaqitlar va shovqinlar).
Afsuski, amalda ushbu xamma tashkil etuvchilarni
qamrab oladigan
matematik modellarni mumkin emas. Hattoki soddalashtirilgan modellar xam
shunday o’lchamli bo’ladiki boshqarish ta’sirlarini aniqlash uchun optimal
boshqarishni qurishning ma’lum usullardan birortasini ham qo’llab bo’lmaydi.
Murakkab ob’yektlarni boshqarish natijalarini
oldindan aytish va tajriba
yo’li bilan olingan foydali bilimlarni to’plash uchun boshqarish nazariyasi
doirasida shakllantirish mumkin bo’lgan bir qator soddalashtirishlar ishlatiladi.
Ushbu soddalashtirishlar boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqish jarayoni bilan bir
qatorda tashqi ta’sirlar va axborot xalaqitlar xamda korxonalar
modellariga xam
tegishli.
Boshkaruv 2 ta tashkil etuvchidan iborat:
- faqat vaqtga bog’liq bo’lgan dasturiy boshqarish ta’sirlari;
- tashqi aloka tamoyili bo’yicha shakllanadigan korrektlovchi boshqarish
ta’sirlari ya’ni nazorat qilinuvchi parametrlarning joriy qiymatlari va dasturiy
bashorat qilinayotgan qiymat orasidagi farqga boglik ta’sirlar.
Yangi boshqaruv texnologiyalarni tadbiq qilishning ayrim muammolari.
Oldinga xarakat bilan yangi muammolar paydo bulmoqda. Masalan,
kompyuterlar rejalar va jadvallarni
yaratishda yordam berishdi, lekin ular aniq
amalga oshirish imkoni bo’lmadi. Birinchi qatorga xisobga olish,
nazorat qilish
va rostlash muammolari chiqdi. Sababi ishlab chiqarish jarayonida doimiy
ravishda o’zgarib turishi mumkin:
-
yangi buyurtmalar;
-
konstruktorlik va texnologik o’zgarishlar;
-
zaxiralarni rostlash zarurligi;
-
brak;
-
ishlab chiqarish quvvatini boshqarish muammosi;
-
materiallar, xarid qilinuvchi maxsulotlar va yarimfabrikatlar bilan
ta’minlashni boshqarish muammolari.
112
Paydo bo’layotgan muammolarga javoban ishlab
chiqarishni boshqarish
tizimi o’n yillar davomida takomillashdi va minglab kishilar kuchi bilan
o’zgartirilayotgan tuzilmaga aylandi. Bu tuzilmani bilish oldin yo’l qo’yilgan
xatoliklarni tuzatish inkonini beradi. Yangi boshqaruv usullari muammolarini uz
kuchi bilan, ayniqsa raqobat sharoitida xal qilish befoyda.
Asosiy maqsad – raqobat sharoitida omon qolish. Tajriba shuni
ko’rsatadiki, aynan bu xoxish yangi boshqaruv texnologiyalarini qo’llashga
majbur qiladi.
Bunda yangi texnologiyalarni tadbiq qilishga
iqtisodiy va psixologik
to'siqlar tuskinlik kiladi . Ikkinchisiga kiskacha tuxtalib utamiz.
Bunda yangi texnologiyalarni tadbiq etishda iqtisodiy va psixologik
barerlar asosiy to’siqqa aylanadi. Qisqacha ikkinchisiga to’xtalamiz.
Psixologik barer.
Bir tomondan, boshqaruvga vositalarni qo’shish qiyin. Boshqa tomondan,
buni konkurentlar, bozorga nisbatan mukammal
va arzon mahsulotni taklif
qilishini kutish mumkin emas.
Muammodan ketish usuli – sinalganlarni qo’llash, ammo eskirgan
yechimlarni, aybdorni tomonlardan izlash (muammo kimdirda emas, a
nimadadir) va h.k.
Bizning maqsad – muammoga ochiq qarash
va yaxshi ishlashi uchun
nimani bilish kerakligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: