57
Respublikamizda banklar orqali MSG ni tashkil etish banklar xizmatlari bozoriga bevosita o'z ta'sirini o'tkazadi. Yirik banklaming o'z atrofida sanoat korxonalarini birlashtirishi banklar o'rtasida monopollashuv darajasining ortishiga olib kelishi mumkin. Ammo, shu bilan birga, u jahonbanklari bilan raqobatlashuv jarayonini vujudga keltiradi. Bu esa banklar orqali iqtisodiyotga investitsiyalami jalb etish imkonini oshiradi. Biroq yuqoridagi tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, banklaming sanoat korxonalarini birlashtirgan holda MSG ni tashkil etish uchun kapitallari va yirik sanoat guruhlaridagi aksiyalar ulushi yuqori emas. Bu esa banklaming yirik sanoat guruhlari oldida nazorat qilish imkonini chegaralab qo'yadi. Respublikamizda MSG bosqichma- bosqich yirik sanoat korxonalari orqali tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa banklar xizmatlari bozorida banklar o'rtasidagi raqobatning kuchayishiga va ulaming kredit qo'yilmalarini iqtisodiyotning muhim yo'nalishlariga joylashtirish imkonini oshiradi. Shu bilan birga, respublikamizda MSG ni tashkil etishda quyidagi muammolar mavjud: • tijorat banklarining resurs bazasi chegaralangan bo'lib, bu ulaming tashkil etiladigan guruh korxonalariga investitsiya qilish imkoniyatini kamaytiradi;
tijorat banklari kapitallashuv darajasi nisbatan pastroq bo'lib, ushbu holat ulaming guruh tashkil etish uchun investitsion faoliyatini chegaralaydi;
respublikamizdagi ko'pchilik korxonalarda asosiy vositalaming eskirishi darajasi yuqori bo'lib, ulami yangilash uchun yirik hajmda investitsiyalar zarur. Bunday hajmdagi investitsiyalami tijorat banklari birdaniga moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas;
mamlakatimizda yirik banklar soni kam bo'lib, ular ishtirokida MSG tashkil etilsa, bank xizmatlari bozorida raqobat pasayishi mumkin va hokazo. O'zbekistonda MSG ning shakllanishi va amal qilishini ta'minlovchi shart-sharoitlami tashkil etish bo'yicha takliflar quyidagilardan iborat:
O'zbekistonda MSG faoliyatini tashkil etish uchun MSG ni yaratish va amal qilishini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat sifatida O'zbekiston Respublikasining «Moliya-sanoat guruhlari to'g'risida»gi Qonunini qabul qilish zarur.
58
MSG ning rivojlanish konsepsiyasi ulami yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, to'lov qobiliyatiga ega, tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardosh tarmoqlarda yaratishni ko'zda tutishi lozim.
MSG aksioner jamiyatlar shaklida ta'sis etilishi lozim.
MSG tarkibiga kiruvchi tijorat banklarining tolaqonli faoliyat yuritishlari uchun ularga MSG qatnashchilarining aksiyalarini sotib olish huquqi berilishi zarur.
MSG ni monopoliyaga qarshi cheklovlami e’tiborga olgan holda tashkil etilish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |