Mundarija kirish. 3 I bob. Transmiluy korporatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishining ilmiy nazariy asoslari 8


Фамннекий И.П. Глобализация - новое качество мировой экономики: учеб. пос. - М.: Магистр, 2009. - 397 с



Download 121,99 Kb.
bet9/42
Sana01.06.2022
Hajmi121,99 Kb.
#627188
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
TMK

1 Фамннекий И.П. Глобализация - новое качество мировой экономики: учеб. пос. - М.: Магистр, 2009. - 397 с.

2 Nazarova G.G’., Saiixova N.M. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi. /prof. N X. Jumaev tahriri ostida (o’quv qo’llanma), TDIU, 2011 y. 159-bet.

11



korxonasining butun kapitaliga egalik qiluvchi va bu korxona boshliqlarini tayinlovchi bosh kompaniya amalga oshiradigan TMK tizimiga kiruvchi korxona.

  1. Uyushgan korxona - bunda bosh kompaniya aksiyalaming 10-50%iga egalik qiluvchi TMK tizimiga kirgan qabul qiluvchi mamlakatdagi korxona. Bu korxona bosh kompaniya nazorati ostida emas balki ta’siri ostida bo’ladi.

Ba'zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan hisoblanadi. Bu holatda, baynalmilallashtirishning birinchi bosqichi bo’lib, odatda, kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So'ngra tashqi savdo bitimlari, keyingi bosqich - xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy-texnik aloqalarining kengayishi - eksport qiluvchi kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Operatsiyalar hajmining o’sishi bilan vakolatxona bosqichma-bosqich dastlab, sho’ba korxonasi, keyinchalik esa uyushgan kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji global mashtabdagi biznesga ega xalqaro korxona shakllanishiga olib keladi.
TMK samarali faoliyat yuritishi asosiy manbalaridan biriga, resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qoTlagan holda, bosh kompaniya uyushtiradigan intematsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quwati TMK ning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi kooperatsion aloqalami ishlatadilar. Bunda, xalqaro iqtisodiy munosabatlaming har xil shakllari kombinatsiyasi qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar (FDI) bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallari mahsulotlarini olib chiqish hisobiga eksport amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish kapital. texnologik jarayonlar, malakali xodimlar migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat ehegaralari orqali yagona

12



tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot chiqarishni o’zida ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) - bu miJliy kompaniyalamikiga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK larining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
Xalqaro korxonalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi:

  1. Gorizontal

  2. Vertikal

  3. Diversifikatsion

• Gorizontal integratsiya - sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat koTamini kengaytirish va quwatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talabni saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslami o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.
Vertikal integratsiya - har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonini: bir mamlakatda xom-ashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarim tayyor mahsulot yoki to'ldiruvchi detailar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig'ishni yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bun day strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan xom-ashyo va yarim tayyor masulotlar xaridorlari ehtiyojlarini qondirishga butun e’tibomi qaratish, butun texnologik sikl uchun umumiy reja bo'yieha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quwatlarini modemizatsiya qilish, bosh kompaniya xohishiga ko'ra alohida ishlab chiqarish operatsiyalarida texnik darajani oshirish imkonini ko'zda tutadi.

13



Tayyor mahsulot yig'ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKI(NIOKR)dan hududiy ajratilishi, vertikal integratsiya bo'yicha xalqaro ishlab chiqarishni yetkazib berishlami (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog'lanishlami yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o'zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jihatdan bog'lab qo'yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo'li bilan aniqlanishi mumkin.
• Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash - bu turli qabul qiluvchi mamlakatlarda rang-barang mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, shu tovami eksport qilishdan ko'ra maqsadga muvofiqligi qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import poshlinasi miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import poshlinasi va o'sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o'miga uni importyor mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, bir turdagi mahsulotni bu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish xalqaro kompaniyaga o'zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam talabga egaligi va yangi bozorda o'mashish bo'yicha muvoffaqiyatsizligi holatida kompaniya o’z yo'qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlami chiqarish va sotishni oshirish hisobiga qoplashi mumkinligi bilan sug'urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.
Jahon amaliyotida esa transmilliy korporatsiyalar deyilganda jahom tovar va ishlab chiqarish omillari bozorlariga sezilarli darajada tasir ko’rsatuvchi yirik kompaniyalar tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • yillik sotish hajmi 1 mlrd dollordan kam bo’lmasligi;

  • umumiy moliyaviy aylanma mablag’larining beshdan bir qismidan uchdan bir qismigacha xorijdagi operatsiyalar ulushiga to’g’ri kelishi;

14



  • xorijdagi aktivlar ulushi 25% dan kam bo’lmasligi;

-kamida 6 ta mamlakatda filliallariga ega bo’lishligi.
Shundan eklib chiqqan holda aytish mumkinki, TMKlaming asosiy xususiyati to'g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalami amalga oshirish jarayonidir.
TMK strategiyasining o’ziga xos jihatlari quyidagilar:
-ishlab chiqarishni hom ashyo bilan ta’minlash;

  • xorijiy bozorlarda o’z filliallari yordamida mustahkam o’rin egallash;

  • ishlab chiqarishni xarajatlar nisbatanpast bo’lgan mamlakatlardajoylashtirish;

  • ishlab chiqarish, savdo hamda moliya faoliyatini diversifikatsiya qilish;

TMK lar bir necha xususiyati bilan qolgan kompaniyalardan ajralib turadi:

  • Xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi;

-Xalqaro ishlab chiqarish majmuasini yaratib, qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’lishi;

  • Global ishlab chiqarish kuchlari va resurslaridan foydalanish;

  • Ommaviy iste’molchilar uchun ishlashi;

-Kapitalni bazaviy mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshirish;

  • -yuqori texnologiyali va fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarda faoliyat olib borishi. Ushbu tarmoqlar rivojlanishi katta hajmdagi capital qo’yilmalari va yuqori malakali mutaxassislami talab qiladi;

Shu bilan birga TMK ning rivojlanishi quyidagi qarama-qarshi tendensiyaga
ega:

  • Ular o’rtasida raqobatning keskinlashuvi;

  • O’zaro hamkorlik munosabatlarining o’matilishi;

TMK o’rtasidagi o’zaro hamkorlik shakllari quyidagicha ko’rinishga amalga oshiriladi:

  • xalqaro korporatsiyalar- dastlab rivojlanayotgan mamlakatlaming qazib chiqarish va qayta ishlash tarmoqlarida namovon bo’lgan boTsa, keyinchalik yuqori

15



texnologiyani talab qiluvchi, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari keng qo’llaniladigan sohalarda amalga oshirila boshlandi;

Download 121,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish