1.3. Melaninning tuzilishi va molekulyar parametrlarini fizik-kimyoviy usullar bilan oʻrganish
Melaninlar kimyoviy jihatdan xilma-xil polimerlar guruhini oʻz ichiga oladi. Suwannarach va hamkasblari tomonidan Spissiomyces endophytica (SDBR-CMU319 shtammi) zamburugʻining quritilgan mitseliyasidan melanin ajratib olingan. Ushbu zamburugʻ turidan pigmen ajratishning optimal sharoitlari oʻrganilgan. Olingan melaninni tozalash, tavsiflash va identifikatsiyalash ishlari amalga oshirilgan. Pigmentning fizik-kimyoviy xususiyatlari tavsiflangan, ya’ni kislotali muhitda choʻkishi, gidroksidli muhitda erishi, oksidlovchi moddalar bilan rangsizlanishi va koʻpchilik organik erituvchilar va suvda erimasligi keltiriligan. Ultrabinafshsa, infraqizil va elektron paramagnit rezonans spektrlari tahlillari asosida pigment melanin ekanligi tasdiqlangan. Element tarkibini tahlil qilish natijalari, pigment past foizli azot saqlovchi 3,4-dihidroksifenilalanin ekanligi tasdiqlangan [43].
Ammanagi va hammualliflari tomonida hujayradan tashqari melanin ishlab chiqaruvchi Brevibacillus invocatus shtammi ozuqaviy agarda oʻstirildi. UB-spektroskopiya usulida 200 dan 300 nmgacha bolgan sohada melaninlarga xos yutilish aniqlandi. Ajratib olingan melaninninning funktsional guruhlarini IQ- spektroskopiya usulida aniqlash 3226, 2920, 2849, 1628, 1555, 1340 sm-1 sohada turli valent tebranishlari va 1104 va 1015 sm-1 da zaif yutilish sohalari mavjudligini koʻsatdi. Melaninning tuzilishi AKM yordamida turli kattalashtirilgan oʻlchamlarda koʻrilganda tartibsiz shakl va oʻlchamga ega ekanligi aniqlandi. Melaninning kristalliligi rentgen kristallografiyasi yordamida oʻrganildi. RFA spektri (111), (200), (220) , (311), (222), (400), (331), (420) va (422) reflekslarga mos keladigan choʻqqilar tegishlicha 2θ = 27,32, 31,66, 45,41, 53,84, 53,84, 56,44, 66,18, 73,10, 75,26 aniqlandi. Melaninni tahlil qilish uchun mavjud boʻlgan analitik usullar asosan bir-birini toʻldiradi va tekshirilayotgan namuna haqida ishonchli xulosalar chiqarish uchun zarur boʻlgan batafsil ma’lumotni beradi [44]
Tadqiqot ishida mualliflar melaninning tuzilishi va biosintezi, uning dorilar va metallar bilan bogʻlanishi, uning adsorbsion va yarim oʻtkazuvchanlik xususiyatlari va oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini birlashtirish qobiliyatini koʻrib chiqganlar. 5,6-dihidroksiindol va 5,6-dihidroksiindol-2-karboksilik kislota melaninlari oʻrtasidagi spektroskopik farqlar va eumelaninning feomelaninga kinetikasi va neyromelanin oʻzgarishi va ular orasidagi molekulyar aloqalar haqida koʻproq maʻlumot berilgan [45]. Melaninlarning antioksidant faolligi Fenton reaktivi yordamida boshlangan anilin gidroksillanish reaktsiyasi misolida oʻrganildi.
Melaninlar ishqor eritmasida eritilganda, quyidagi antioksidant parametrlar aniqlandi: tormozlash qobiliyati, miqdoriy xarakteristikasi yutilish koeffitsienti; ingibitorsiz reaksiya tezligining ingibitor tarkibidagi tezligiga nisbati sifatida aniqlanadigan cheklovchi inhibitiv ta’sir; inhibisyon samaradorligi, melanin kontsentratsiyasi IC50 OH• sifatida aniqlanadi, bunda radikal zarralarning 50% faolsizlanadi [46].
Melanin yuqori manfiy zaryad, yuqori molekulyar ogʻirlik va gidrofob tabiatli kabi fizik-kimyoviy xossalarga ega. Bundan tashqari, pigment kimyoviy ta’sirlarga chidamli boʻlib, koʻpchilik erituvchilarda erimaydi. Kuchli asosli muhitda melanin eriydi, lekin bu muhit uning tabiiy tuzilishini va hatto boshlangʻich polimer zanjirini buzishi mumkin [47].
Mis elementi melanin ishlab chiqarish uchun muhim element hisoblanadi [48, 49, 50] Qoʻshilgan mis miqdorining oʻzgarishi bir nechta zamburugʻlar va bakteriyalardagi pigmentatsiya jarayonini tartibsizligiga olib keladi [51, 52]. Misdan tashqari, boshqa metallar ham melanin ishlab chiqarilishini kuchaytirishi mumkin (Vang va boshqalar. 2019), masalan, temir va nikel qoʻshilishi natijasida tirozinaza faolligi va melanin ishlab chiqarishning yuqori darajada oʻsishi kuzatilgan [53]. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan, melanin tabiiy birikma hisoblanadi. UB nurlarini blokirovka qilishdan tashqari, bu pigment kuchli antioksidant hisoblanadi [54].
Melanin, ayniqsa eumelanin erimaydigan, chidamli va barqaror biopolimer boʻlib, sezilarli darajada degradatsiyaga uchramaydi. Hayvonlarning teridan tashqari melaninlariga kelsak, koʻzdagi melanin koʻzga kiruvchi yorugʻlik nurlari va toʻr pardaga biriktirilgan RPE (retina pigment epiteliysi) tushishini modulyatsiya qiladi. Melanin koʻz olmasining ichida tarqalgan yorugʻlikni oʻzlashtiradi, bu esa koʻrish keskinligini oshirishga imkon beradi. Melaninlar juda reaktivdir va ular parchalanishga qarshilikdan tashqari bir qator murakkab strukturaviy va fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega. Masalan, zaryad oʻtkazish-qaytarilish faolligini namoyish etishi, erkin radikallarni tozalashi, ionlar uchun xelatlashtiruvchi vosita, turli xil biomolekulalar va organik moddalar (dorilar, antibiotiklar va boshqa ksenobiotiklar) uchun bogʻlanish qobiliyati kabilar misol boʻladi [55].
Do'stlaringiz bilan baham: |