십 오 분 후에; 십 오 분 후에;
Birinchi holatda sintagmatik urg‘u ot so‘z turkumiga mansub bo‘lgan “daqiqa” (분) so‘ziga tushmoqda, shu bilan birga, unda tonning pasayishi kuzatilmoqda. Bu ko‘rinishda sintagma temasi son so‘z turkumi bilan
ifodalangan “o‘n besh” (십 오) so‘zi, rema esa “daqiqa” (분) so‘zi hisoblanadi. Bunda soat yoki kun emas, balki aynan o‘n besh daqiqa (십 오 분) degan ma’no kelib chiqadi.
Ikkinchi holatda esa tema hamda rema o‘rin almashganining guvohi bo‘lamiz. Endi bu holatda son so‘z turkumi rema, ot so‘z turkumi esa tema bo‘layotganligini ko‘ramiz. Bu holatda esa yigirma yoki o‘ttiz emas, balki aynan o‘n besh (십 오) degan ma’no ifodasi namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi sintagmaning ham ma’nolari o‘zgarishi holatlarini kuzatishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |