Mundarija kirish 3-7



Download 1,07 Mb.
bet8/19
Sana31.12.2021
Hajmi1,07 Mb.
#198974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
diplom ishi -2

O‘rta guruhda applikatsiyaga o‘rgatish. Tasviriy faoliyat (4-5 yosh)

Bola hayotining 5yoshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo‘yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi.Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo‘lgan predmetlarni tasvirlashga o‘rganadilar. O‘rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh bolalari 2-



3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar elimlash

malakasini egallashi davom ettiradilar. Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan:

tom, qayiqcha, kichik guruhga yana

qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.YOpishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. SHakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.

Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. O‘rta guruhda tarbiyachi o‘zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini, qog‘ozni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boradi. YOpishtirish malakasi esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarni qirqish texnikasini egallab olishga qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o‘rgatib boradilar. Sodda predmedlardan murakkab predmedlarni tasviriga o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarni qaychi bilan ishlashga, uni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boriladi.

Bolalar qaychi bilan ishlashga darhol o‘zlashtira olmaydi. SHuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o‘rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga o‘rgatib, mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg‘ulotlarining mavzu va mazmuni turlicha bo‘lishi lozim. Masalan:

dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do‘kon» uchun chipta, cheklar qirqishni taklif etadi. Qirqilgan

kesmalardan uycha, daraxt, panjara, narvon kabi predmetlarning oddiy ko‘rinishi tasvir etishi mumkin. Bu esa, bolalarni mashg‘ulotga qiziqishini oshiradi va

mashg‘ulotni bir xil tarzda bo‘lishini oldini oladi. Bir-ikkita mashg‘ulotni o‘tkazgach, keyingi mashg‘ulotlarni bolalarni ijodiy faolligini o‘stirish uchun tavsiya etish mumkin. Masalan, bolalarni o‘zlari qirqib olgan rangli kesmachalardan turli xil predmedlarning ko‘rinishini tasvir etadilar. Masalan: yulduzlar, bayroqchalar, gullar. Keyingi applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalarni to‘rtburchak, kvadratni diagonali bo‘yicha, trapetsiya va uchburchak hosil qilishga o‘rgatiladi. SHarf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan bezaydilar, shuningdek, kvadrat - gilamga, dastrumolcha, doira-taxsimchani ham bezaydilar. Tayyor siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib qirqishga ancha qiynaladilar. Ular doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa yiqilmas



qo‘g‘irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni qirqib yopishtiradilar. O‘quv yilining davomida bolalarga mazmunli applikatsiya ishlarini ham taklif etishi ham mumkin. Masalan: Bo‘g‘irsoq yo‘ldan dumalab ketayapti, o‘tloqdagi jo‘jalar, qo‘ziqorinlar va hokazo. Bu

guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatamiz. Masalan: katta gilam yoki sabzavot mevalardan tashkil topgan vitrinani yoki havoda, osmonda samalyotlarni tasvir etishlari mumkin.

Bundan tashqari bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini

bajaradilar. Masalan: onam uchun sovga, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin. Masalan: fartuk, qo‘lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish mumkin.

Tarbiyachi bu guruhda ham hilma-xil metod va usullardan foydalanadi.

Muhim bo‘lgan metodlardan biri inshaklsion - retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo‘lgan predmetni har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlilni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko‘proq bolalarning o‘zlariga tasvirlanayotgan predmeti haqida gapirib berishni, uning sifat, belgisini konkret aytib berishga, tasviriy yo‘llarini mustaqil bilishga o‘rgatib boradi. Bolalar predmetining tasvirini tuzish orqali, o‘sha predmet shaklini qirqishga, uning tuzilishini to‘g‘ri tasviriga, qismlarning kattaligini to‘g‘ri berishga o‘rganib boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. SHuning uchun eng muhim diqqat-e’tiborni qaychini ushlashga, qirqish usullarini ko‘rsatishga bog‘liq bo‘ladi.

Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatib beradi (richagini ochib, yopishni qanday, qaerdan ushlashni ko‘rsatib beradi). Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychini oldingi qanday qilib harakat qilishni ko‘rsatadi. Bolalarni kvadratlardan doiraviy shakllar qirqishda ularning faqat burchaklarini qirqish kerakligini ko‘rsatish kerak va qog‘ozni qo‘lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi.

Bu usulda bolalarga oq qog‘oz, so‘ng rangli qog‘oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi tanish bo‘lgan qirqish usullarini birorta bolani chaqirib, bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har bir harakatni tarbiyachi so‘zi bilan tushuntirib borishi kerak. Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo‘lsa, tarbiyachi flanigrafdan o‘sha narsani illyustrativ rasmlarni ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan: qo‘ziqorin, uning oyoqchasi va shapkachasi bor, oyoqchasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan.

So‘ng tarbiyachi bolalarga savollar beradi, obrazli so‘zlardan foydalanadi, qo‘l bilan shakl ko‘rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari mumkin. SHuningdek, tarbiyachi namuna ko‘rsatishda foydalanadi. Mashg‘ulotda eng muhim metodlardan biri yopishtirishni ko‘rsatish va tushuntirish hisoblanadi. YOpishtirish jarayonini hamma bolalarga ko‘rinadigan qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. SHuningdek, yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxshlab o‘zlashtirib olishsa, uni bolalarning o‘zlariga taklif etish mumkin yoki ko‘rsatishni o‘rniga, faqatgina og‘zaki tushuntirish bilan kifoyalanib qolish mumkin. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda o‘yin usuldan keng foydalanish mumkin va lozim. CHunki bu usul bolalarni mashg‘ulotga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, ularni faollashtiradi. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda indiviudal ishlash, muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko‘rsatsa, ikkinchisiga nimasini qilish kerakligini tushuntirib beradi.

Bolalar ishini ko‘rib chiqish ham muhim metod va usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish faqatgina barcha bolalarni ishini maqtash lozim. Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda bajarilganligi, rangning to‘g‘ri tanlanganligi va qog‘ozda to‘g‘ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi va bolalarni ham shunga o‘rgatib boradi. Masalan: bolalar tursa yiqilmas qo‘g‘irchog‘ini ichida chiroyli, singillari ham borligini aytishga o‘rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarimidan boshlab o‘rgatib boradi.

O‘rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o‘zlari ham mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarni diqqati faqatgina rang va shaklga tortilmay, balki qismlarning o‘lchami va soniga ham tortiladi. Masalan: tursa yig‘ilmas qo‘g‘irchoq u sharchalardan katta, o‘rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar.Murakkab topshiriqlarni bajarish jarayonida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni yopishtirish. Uning devor, tom va oynaga mos bo‘lgan o‘lchamdagi rangli qog‘ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko‘rib chiqish namunasi bilan birga olib borilishi shart emas.

Namunani tahlilini o‘zi etarli bo‘ladi. Namunani qurib chiqishda tarbiyachi bolalarining diqqatini uni yaxshlab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: Predmet qanday shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar. Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini yopishtirish tartibini ko‘rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgina qismini ko‘rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan: uyni yopishtirishda uni tomini qirqishi ko‘rsatib beradi, xolos qolganini bolalarning o‘zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida ahamiyat qaychi bilan

ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga qaychi bilan ishlash texnikasini ko‘rsatib tushuntiradi. Qo‘lni qaychining richagini qanday harakatlantirishini o‘rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni yaxshisi 8-10 bola bilan o‘tkazgan ma’qul, chunki ularni

kuzatish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Mashg‘ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan applikatsiyani ko‘rib chiqadi: predmetga o‘xshaydimi, shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, bolalar diqqatini yaxshi ishlarga jalb etadi.

Bolada tasviriy faoliyat orqali atrof-olamga estetik munosabatni tarbiyalash. Go‘zallikni his qilish tuyg‘usini, qiziquvchanlik va faollikni rivojlantirish. Bolaga tanish shakllarning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlash, kattalik, kenglik va uzunlik

bo‘yicha joylashtirishda mutanosiblikka rioya qilish, turfa xil rang va tusda aks ettirish ko‘nikmasini shakllantirishda davom etish kerak.

Bolaga kerakli rang va tusni (zarg‘aldoq, pushti va och yashil) hosil qilish uchun bo‘yoqlarni qanday aralashtirish lozimligini tushuntirish, masalan, qizil va sariq rang aralashtirilganda – zarg‘aldoq rang hosil bo‘ladi.

Qalam, marker, flomaster, mumli qalam va mo‘yqalamni ishlatishda yangi usullar bilan tanishtirish. Masalan, bo‘yoq bilan qalin chiziq tortishda mo‘yqalamni yotiq holda ushlab, tuklarini biroz bosim bilan harakatlantirish; ingichka chiziq tortishda yoki nuqta qo‘yishda mo‘yqalamni tik holda ushlab, tuklarining uchi bilan engil harakatlantirish; bo‘yashda shakl tarhi (kontur)dan chiqib ketmaslik lozim.

Bolaning qo‘l harakatlarini boshqarishini rivojlantirish (katta rasmlarni tasvirlashda qog‘oz bo‘ylab qo‘lni keng ko‘lamda, kichik qismlarni tasvirlashda qo‘lni qisqa masofada; ketma-ketlikni tasvirlashda qo‘lni ritmik tarzda harakatlantirish) zarur bo`ladi.

Bolaga sabzavot, mevalarni qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash usulida tekshirib ko‘rish orqali doira, oval shakllarining farqi haqida tushuncha berish, hamda ularni tasvirlashga qiziqtirish: doira – olma, olcha, tarvuz; oval – baqlajon, bodring rasmini chizishga o`rgatib boorish lozim.

Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak va uchburchakni ham qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash usuli (tomonlar bo‘ylab qo‘lni yurgizish, qaysi joyda burilish kerakligini chamalash, burchakda to‘xtab, yana davom etish) orqali shakllarning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rishga va rasm chizayotganida e’tibor berish kerak.

SHakl va chiziqlardan muayyan narsalar tasvirini chizish: doira va to‘g‘ri chiziqdan – bandli olcha; oval va to‘lqinsimon chiziqdan – ipga bog‘langan pufak; oval, doira va to‘g‘ri chiziqchadan – jo‘ja; to‘g‘ri to‘rtburchak va to‘lqinsimon chiziqdan – akvarium va suv v.b.

Bolaga tabiatni diqqat bilan kuzatish, go‘zallikni his qilish, o‘z taassurotlarini rasmlar orqali aks ettirishni o‘rgatish (“Daraxtlar kurtak chiqardi”,

“Quyosh bulutlar orasidan mo‘ralayapti”, “Qor yog‘ayapti” v.b.); turli mavzularda (“Rangli pufaklar uchmoqda”, “Akvariumdagi baliqlar”) rasm solishini rag‘batlantirish, bunda avval egallagan bilimlaridan foydalanishiga imkon berish shart.

Bolaning bezakli naqsh haqidagi tushunchalarini aniqlash va kengaytirish. Bezakli naqshning chiroyli bo‘lishi uchun har xil shakllarni ketma-ketlikda, tartib bilan joylashtirish, rang va shakllarning mutanosibligiga rioya qilish muhim ekanligi haqida tushuncha berish zarur.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish