Mundarija kirish 3-7


Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi



Download 1,07 Mb.
bet5/19
Sana31.12.2021
Hajmi1,07 Mb.
#198974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
diplom ishi -2

Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism boblari, birinchi bob ikkita band, ikkinchi bob ikkita band, uchinchi bob amaliy qism bo‘lib, unda ikkita band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘ladi.

      1. BOB MAKTABGACHA TA’LIMDA BADIIY- ESTETIK DIDNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI VA AHAMIYATI

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyatga o‘rgatish masalalarining o‘rganilganligi.

Komil inson tarbiyasi kompleks ta’sir etuvchi vositalar negizida amalga oshiriladi. Bu kompleksda badiiy-estetik mazmundagi, bilimlar tasavvurlarning ham muhim o‘rni bor. SHuning uchun ham barcha davrlarda yosh avlodning estetik tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaralgan. Jumladan, yosh avlodning dunyoning anglashi, atrof muhitdagi voqea va xodisalarga nisbatan o‘z munosabatlarini namoyon etishda estetik tasavvurlar, bilimlar, muayyan ko‘nikmalar va malaka shakllangan bo‘lishi lozim. Aynan mana shu sifatlar vositasida bolalar o‘zining «men»ining dastlabki chizgichlarini ifodalab, tasvirlay boshlaydi. Uning sifati va shakllanish jarayonining sur’ati, tezligi mavjud pedagogik shart-sharoitlar, pedagogik ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq. Zero, estetik mazmundagi faoliyat umumiy dunyoqarashning tarkibiy qismidir.

A.A.Leonev ta’kidlaydiki, ta’limning yo‘nalishi, mazmuni bolani shaxs sifatida shakllanishida etakchi o‘rin tutadi. Xususan, bu yo‘nalish istiqbolida bolalarni o‘zlarini hayotlarida faoliyat ko‘rsatishlari uchun muayyan ijtimoiy tajribalar to‘playdi, dunyo, tevarak atrof haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish, bolalarni o‘z-o‘zini namoyon etishi borasidagi harakat, intilishlarini rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu borada estetik mazmundagi mashg‘ulotlar asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni bu yoshdagi bolalarda olam haqidagi ilmiy dunyoqarash elementlarini tasavvurlarini shakllantirishda badiiy-estetik mazmundagi mashg‘ulotlar ustivor ahamiyat kasb etadi. CHunki ular hammaga, barcha yoshdagilar uchun ham umumiy hisoblanadi. Zero, musiqiy, tasviriy ijodiyot, drama, raqs, adabiyot insonning ma’naviy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda bular insoniyat tomonidan atrof-muhitni, zamon va makonni, uning qonuniyatlarini, bir suz bilan aytganda, badiiy ijodiyot namunalarini o‘rganishning, o‘zlashtirishning umumiy universal yo‘lidir.

Bolaning estetik mazmundagi mashg‘ulot, ya’ni badiiy ijodiyotning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishi, bu jarayonning ishtirokchisi sifatida dunyoning bir bo`lagi sifatida olamni anglashlari demakki, uning muayyan dunyo qarashini tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik jihatidan kafolatlangan shaklidir.

Bolalarda dunyoqarashni shakllantirishda musiqiy tarbiyaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi kunda aynan musiqa insoniyat hayotiga eng chuqur kirib borgan, ijtimoiy-madaniy xodisa sifatida badiiy-estetik jixatidan yuqori ta’sir kuchiga ega. Tarixdan ma’lumki, bizning buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Forobiy dunyodagi asosiy fanlarni to‘rt guruhga bo‘lib, shulardan biri musiqa ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.

YOsh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyotning ham ahamiyati katta. Buyuk shaxslar, taniqli ijodkorlarning xayotlari bilan tanishar ekanmiz, ularda dunyoqarashlarining shakllanishida, ijodkorlik kurtaklarini yoyilishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. O‘zbeklardan Hamid Olimjon, ruslardan A.S.Pushkinlarni eslashning o‘zi kifoya, ular buvilari, enagalarining ertaklari orqali dunyoni taniganlar. SHu ma’noda yosh avlodga ertak aytib berish, bu jarayonni maqsadli ta’limiy va tarbiyaviy tadbir sifatida taqdim etilishiga urg‘u berish lozim, ya’ni bola ertakning passiv eshituvchisi emas, balki ertak syujeti asosida olamni, faol anglovchi sub’ekt sifatida qabul qilinishi lozim. Bu jarayonni pedagogik jahitidan to‘g‘ri tashkil etishida bolaning ertak syujetini o‘z tafakkurida «qayta ishlash» ga o‘rgatish, syujet bo‘yicha savollar tuzish va ularga javob topish, javoblardan xulosalar yasash, umumlashtirish orqali shaxsiy mulohazalar bildira olishga o‘rgatish muhim ta’limiy va tarbiyaviy tadbirdir.

YOsh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishida badiiy-estetik manba - ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati bu jarayonning qimmati shundaki, katta yoshdagilardan farqli o‘laroq ertakdagi voqea-hodisalar bolalar tomonidan u qanday aytilgan bo‘lsa o‘shanday qabul qilinadi. Bunda yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik kabilarga bolalar o‘z munosabatlarini bildira boshlaydilar. O‘zlaricha ertak bo‘yicha u yoki bu syujetlarni to‘qiy boshlaydilar, ya’ni

nimalarnidir ixtiro qila boshlaydilar. SHu tariqa bolalar dunyoqarashida aniq chizmalar shakllana boradi. Bular ko‘p hollarda ijodiy xarakter kasb etadi. SHu tariqa ularning xayoliy tasavvurlari o‘sadi.

Ertaklar mazmuni asosida tasviriy faoliyat ko‘rsatish tasavvurdagi hodisalar, undagi obrazlarni qayta talqin qilish, unga o‘z «tahriri» ni singdirish, shaxsiy faoliyatining yangi qirralarini, usullarini o‘zlashtirishga keng yo‘l ochib beradi. SHuningdek bu jarayon bolada fikrlashga, o‘z tasavvurlarini tushuntirishga, pirovard natijada mustaqil xolda fikrlashga o‘rgatadi.

Mustaqil fikrlash dunyoni anglash, muayyan dunyoqarashga ega bo‘lishning dastlabki bosqichidir. Zero, yosh avlodning tajribasida tasviriy faoliyatning ulushi katta. SHu bois bolalarda estetik tasavvurlarning nafaqat umumiy dunyoqarash- larini shakllantirish vositasi, balki ularni umumiy rivojlanishi, muhim ijtimoiy hodisa- vositasi sifatida qarash joiz. Zero, ta’lim yo‘nalishlari, tamoyillari, uning mazmuni, uslublari qanchalik takomillashtirilmasin, bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishmas ekan, ularning bilimi ongli, mustahkam bo‘lmaydi, demak, uning amaliy tadbiqi ham oqsaydi.

Mustaqil fikrlash haqida mulohaza yuritar ekan, har bir fan sohasi vakillari aynan o‘sha damni bu borada ustun qo‘yishiga intiladi. Bu holat bolalar «bisoti» dagi faoliyati turlariga ham bog‘liq. Bunda shubhasiz, tabiiy- ijobiy ma’no bor. Biroq, mustaqil fikrlash genezisini fiziologik tahlili, kuzatuvi tasviriy faoliyatni mustaqil fikrlashda odamning, keyinchalik insonning ichki ruhiyatiga tabiiy- fiziologik jihatidan eng yaqin faoliyat ekanligini anglash qiyin emas.Faktlarga murojaat etamiz.

Ulg‘ayayotgan bolalarimizning onggidagi dastlabki fikrlar aynan tasvir vositasida «bayon etiladi». Bu oddiy qalam, ruchka, flomasterda bajarilgan turli chiziqlar, bo‘yoqlardagi turli surtmalar tarzidagi kichik xikoyalar, fikrlar tasviridir. Faqatgina oddiy ko‘z, maxsus yo‘naltirilmagan nigoh bu fikrlarni «o‘qiy olmaydi». CHunki bu fikr «boshqa tilda bitilgan». Bolalarni eshitgan ertaklari, ko‘rgan multfilmlariga o‘z imkoniyatlari darajasida illyustratsiyalar ishlashi fikr bildirishining, demakki dunyoni anglashning bir shaklidir.

Hamma ham rassom bo‘lmaydi. Bunga xojat ham, ehtiyoj ham yo‘q. Rassom degan iboraga e’tibor qilaylik. Odatda uni san’at tushunchasiga qiyoslashadi. San’at tushunchasi uz navbatida inson faoliyatining barcha sohalariga tadbiq etiladi. Qaysiki, u o‘z faoliyat mahsulini yuksak maxoratli darajada bajara olsa bu mahsulotni san’at asariga qiyoslashadi. YAxshi mahsulotning zamirida nafaqat mahoratli malaka, balki fikr ham yotadi, aynan aniq mazmun va yo‘nalishga ega bo‘lgan fikr odamni insoniylikka, oddiy individni mahoratlilikka yo‘naltiruvchi «etakchi motor» vazifasini o‘taydi. Rassomning asari fikr, tafakkur, fikr bulganda ham aloxida hollarda yakka tartibda mustaqil fikrning mevasidir. CHunki rassom o‘z asarini mustaqil bajaradi. Asariga nisbatan o‘z fikrini to‘la- to‘kis bayon etib bo‘lmasdan uni boshqa birovga kursatmaydi. Uni xattoki o‘zidagi

«begona fikr»dan ham (boshqa asarning mazmuni va kompozitsiyasiga oid fikr) dan ham qizg‘anadi, asraydi. SHu bois asar yakunlangunga qadar uni ustidan ishlamagan paytlarida ularning ustidan parda tortib qo‘yiladi. Demak, u rassom mustaqil fikrlovchi sub’ekt sifatida mustaqil fikr ob’ekti – asarni yaratilishi sa’natining yorqin vakili sifatida e’tirof etiladi. Uz holicha «asar» yaratilayotgan bolaga ham shu jihatlarning ayrim xususiyatlarini qo‘llash mumkin. Faqat buni barcha barobar qabul qila olmaydi. Buning uchun ayrimlarda, yana shu mustaqil, sog‘lom fikrni ojizligi sabab bo‘ladi. Bu ojizlikning negizi qaerda? Uning boshlang‘ich bosqichini topish va bartaraf etish choralari bormi? Albatta bor. Uni ta’limda, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridan, shu jumladan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash sifatida ham qidirishi kerak. Bu bo‘g‘inlarning istalgan bir bo‘lagidagi, maktabgacha ta’limda, shu jumladan, mustaqil fikrlashni, badiiy- estetik faoliyat orqali dunyoni anglashni oqsashiga, pirovard natijada ta’limning keyingi bo‘g‘inlarida keng ma’noda badiiy tafakkurning etishmovchiligiga olib keladi.

Farzandlarimizda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ularni olamni, borliqlarni, hodisa jarayon va buyumlarni anglab idrok etish malakalarini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning qiziqish ko‘lamlari barqarorlasha borib, faoliyatlar borasidagi dastlabki tabaqalashuvlar sodir bo‘la

boshlaydi. «Bolalar badiiy obrazlarni qanday bo‘lsa, o‘shanday tarzda estetik jihatidan anglab uni baholay boshlaydilar» SHu tariqa nafaqat u yoki bu tur, janrdagi san’at asarini, hamda dunyoni, olamni anglab o‘zlashtira boradilar.

YOsh avlodning dunyoqarash elementlarini shakllantirishda estetik ong ham muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik ong-bevosita ijtimoiy borliq, tabiat va san’at bilan muloqot qilish jarayonida shakllanadigan bu qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar, badiiy mulohazalar mezonlari estetik idrok etish majmuasidir. Estetik ongning asosini esa estetik idrok etish tashkil etadi. Estetik idrok etish – bu atrof-muhitdagi hodisalar, jarayonlar, buyumlarning estetik mohiyatlarini o‘zlarida aks ettirishi xossasi bo‘lib, u bir vaqtni o‘zida xissiy, hamda xususiy ahamiyat kasb etadi, bu ikki jihatning uzviy aloqasida sodir bo‘ladi. To‘laqonli estetik idrok etish faqatgina estetik tushuncha va mulohazalarning bir butunligida mumkin bo‘ladi.

Estetik idrok etishda yosh avlodning indivudialligi, dunyoni, olamni anglashga bo‘lgan shaxsiy moyiliklari, qiziqishlari, shular negizida dunyoqarashi mazmunining tamoyillari namoyon bo‘lib, ular shakllanib boradi. Birok, I.A.Pavlov ta’limotiga ko‘ra fiziologik me’yorlar nuqtai nazaridan insonlarning asab tizimi faoliyatiga binoan tevarak atrofni idrok etish badiiy va tafakkuriy turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga mansublar tashqi dunyoni juda ziyrak qabul qiladi va birinchi signal bevosita asosiy omil vazifasini o‘taydi. Bu toifadagilar obrazlar, bevosita badiiy asarlar ta’siriga tez beriladi.

Ikkinchi toifadagilar o‘zining tahliliy faoliyati bilan avvalgilaridan ajralib turadi va ikkinchi signal tizimi – so‘z, xodisalarning tahlili va umulashtirilishiga asoslanadi. Olamni, borliqni, hodisalarni va jarayonlarni idrok etishdagi bunday tafovutlarning dastlabki ko‘rinishlari ilk bor maktabgacha yoshidagi bolalarda namoyon bo‘la boshlaydi. SHuning uchun ham aynan bolalarni idrok etish tipi badiiy yoxud tafakkuriga qarab ularda dunyoqarash elementlarini shakllantirish muhim pedagogik ahamiyatga molik masaladir.

Kuzatishlarning tahlilicha, voyaga etayotgan bolalarning ko‘pchiligi birinchi signallarga asoslangan idrok mexanizmlariga ega. Jumladan, ularning dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili - estetik tasavvur komponentlari

rang, shakl, ohang, mazmun va h.k. ko‘p hollarda obrazlar orqali shakllanadi. Bular asta-sekin estetik tasavvurdan estetik extiyojga aylanib boradi. Bu ehtiyojni shakllanish jarayonini mazmun jihatidan to‘g‘ri yo‘naltirish maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda dunyoqarashni tarkib topishida muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizdagi dunyoqarashni shakllanishi aqliy tarbiya bilan bog‘liq ta’limiy va tarbiyaviy jarayon bo‘lganligi uchun tevarak olam haqidagi bilimlar tizimining eng oddiy asoslari haqidagi tasavvurlar.

YOsh avlodning estetik tasavvur, dunyoqarashni shakllanishida muntazamlik, bardamlik etakchi tamoyil bo‘lishi lozim.

YOsh avlodning rivojlanishi jarayonida o‘sib ulg‘ayar ekanlar kattalarning ko‘magida buyumlarni ishlatishni o‘rgana boradi. Masalan, masofadan boshqarish pulti orqali televizorni ulash, bir kanaldan ikkinchi kanalga o‘tish. Xuddi shuningdek, bir rangdan ikkinchi rangni ajratishi, san’at turlari haqidagi elementar tasavvurlarga ega bo‘lish (bu teatr, bu kino, bu tasviriy san’at asari, bu ashula va h.k.) ham estetik mazmun vositasida dunyoqarashni shakllantirish vositasidir. Zero, ularning har birida ijtimoiy hayotning muayyan qirralari aks etgan bo‘ladi.

Bu jarayonda umumiydan xususiyga o‘tish, buyum, hodisa va jarayonlarning tarkibiy komponentilarini anglashga o‘tish, estetik tasavvurlar vositasida dunyoqarashni shakllantirishda N.YA.Galperin, N.F.Talizinalarining ta’limiy g‘oyalaridan bosqichma-bosqich shakllantirish foydalanish imkonini beradi.

YOsh avlodning estetik tasavvurlari, bilimlari asosida dunyoqarashni shakllantirishning turli shakllari bor. Ulardan tasviriy san’atni san’at turi ekanligini, unda muayyan mazmun va mohiyat mavjudligini tasavvur etish, anglash birinchi jihati bo‘lib, tasviriy san’atning turlaridan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik mavjudligini, ularning bir-birlaridan farqining ajrata olish ikkinchi jihat, uning har bir turining o‘z yo‘nalishi manzara, portret, natyurmort, batal, maishiy, animalistik, mavjudligini bilish va muayyan asarni qaysi yo‘nalishga taalluqli ekanligini ajrata bilish uchinchi jihat va x.k.. Bularning barchasi ma’lum sistemadagi bilimlar majmuasini tavsiflaydi.

Yana bir misol, rang tasvirning natyumort janrida ko‘p hollarda buyumlar tasvirlanadi. Ularning o‘ziga xos shakllari mavjud: choynak, olma, tarvuz, anor va

h.k. sharsimon; kitob - to‘rtburchak; lagan - yassi, aylanasimon; piyola, kosa - gumbazsimon, yarimshar; qovun - ovalsimon; ko‘za - sharsimon va silindrsimon va h. k. SHu tariqa nisbatan tuzilishi jihatidan murakkab bo‘lgan buyumlarning tuzilishini idrok etish, anglash, ularni qismlarga ajratish bo‘yicha malakalar shakllantirib boriladi.

Taniqli psixolog olim A.V.Zaporojets bu jarayonni psixologik jihatlarini ochib berar ekan, buyumlar hodisalar, jarayonlarning tashqi jihatlari shakli, rangi, tuzilishi ma’lum darajada uning mohiyatini ham anglatishini, shu bois bolalarni buyumlarning tashqi xususiyatlari bilan ichki mazmunining mushtarakligini anglatishga o‘rganish aqliy rivojlanishning muhim jihatlaridan biri sifatida tavsiflaydi.

YUqorida keltirilgan xulosani umumiy jihatdan davom ettirgan holda aynan bizning tadqiqotimiz nuqtai nazaridan qaraganda tasviriy san’atning rangtasvir turining manzara janrida yil fasllarini tasviri vositasida yuzaki qaraganda aynan uning rangi orqali manzarani qaysi faslga tegishli ekanligini anglash mumkin, bu tashqi xususiyat. Yil fasllarini almashish tartibi uning ichki mazmunini, ya’ni ranglar qariga yashiringan mazmunni anglashga o‘rgatadi. Bola tabiat va olamning almashinishi haqidagi ob’ektiv qonuniyatni anglab boradi. Bu estetik tasavvurlarning shartli ravishdagi tashqi xususiyat bo‘lib umuman bola shaxsini tarkib toptirish, uning dunyoqarashining shakllanishida shartli ravishda ichki xususiyatdagi ahamiyatini yana bir karra ta’kidlaydi.

Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy- tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat.

Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni etishtirib chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rn ibeqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga tayanishi kerak.

Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifat- samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishga yo‘naltirildi. Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. SHuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar.

Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Bu yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini echishda katta ahamiyatga ega. CHunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat

hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.

“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:


  1. Badiiy didni tarbiyalash;

  2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;

  3. Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;

  4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;

  5. Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan

“Bolajon” tayanch dasturining tuzilishi va mazmunining tahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng ko‘p vaqt tasviriy faoliyatga ajratilgan.

Agar tasviriy faoliyatning turlari


  • rasm (2soat),

  • applikatsiya (0,5 soat),

  • qurish-yasash (0,5 soat)

  • loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.

Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda

bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik

va dekorativ san’at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida keltirilgan mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi.

Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalam hamda mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar. Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil,erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakl, kattalik, proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, predmetning kattaligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga , ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlar bolalarda diqqatni va ko‘rish xotirasini rivojlantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma- ketligini ko‘rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy shaklni xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida geometrik shakllarni topa olishga yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Qurish-yasash mashg‘ulotlarida materiallardan qurish yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni

maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o‘zlashtirishga yordam beradi. SHunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi.

CHunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog‘lanadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o‘z hayotida, jamiyatda bo‘layotgan voqea- hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo‘ladilar, hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari ; ishni baholash jarayonida, ularda o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish, to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bo‘lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.

Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta- kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog‘liqdir. Bola rangni, shaklni, uning xilma- xilligini sezsa, shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishni rivojlantiradi. Ularda tasviriy san’at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg‘uni, munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy ijodiy o‘sishida muhim o‘rin egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash

hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki istirohat bog‘iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish.

Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofni kuzatishda kelib chiquvchi estetik his- tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri baho berish, Vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish - bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yullarini izlab topish bu o‘quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o‘ynaydi. SHuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi.

Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin.

Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali taщkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan materiallar quyidagilar: qog‘oz, qalam, mo‘yqalam,bo‘yoq, elim, qaychi, plastilin va xokazo.

Bolalar asosan yorqin ranglarni yoqtirishadi, ularni bo‘yoq va qalamlar to‘plami o‘ziga jalb etadi. Bo‘yoqlarni xar xil rangdaligi bolalarning dunyoni yorqin tasvirlashga imkon yaratadi va mazmunli rasm solishga turtki bo‘ladi.



    1. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI TURLARI VA MAZMUNI

Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvoffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlarini bajarish jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintiz, takrorlash, aniqlashtirish kabilar shakllanadi. SHuningdek bu jarayonda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar.

Maktabgacha ta`lim muassasasi tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Bular : Topshirikni tinglash va edda tutish malum vaqt orasida bajarish o‘z ishini rejalashtirish va baholashga, boshlangan ishni oxiriga etkazishga, xato va kamchiliklarini topishga va uni to‘zatishga material qurollarini va ish joyini tartibga saqlash va boshqalar.

Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko`rsatadiki maktabgacha ta`lim muassasasida ta’lim-tarbiyaning bunday tizimi bolalarni maktabga tayyorlashga ta’sir ko`rsatadi. SHuningdek boshqa psixologlar E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab bolalarining tasvirlash faoliyatini urganish jarayonlari shuni ko`rsatib utadi, maktabda tasviriy san’at darslarini tuzilishi, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, sa’nat asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish kitobdagi ilyustratsiyalarni ko`rib chiqish jarayonida tanishadilar, maktabda tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, xaykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlar bilan yanada chuqurroq tanishadilar.Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir, rasm, mazmunli dekorativ va loy

applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi.

Bunda predmetli rasm bo`yicha naturaga karab rasm chizish o‘quv predmeti ahamiyatiga ega bo`ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo`yicha amaliy ishlar maktabda ishlar qo‘l mehnatiga kiritiladi. Boshlangich sinf tasviriy san’at dasturini analizi, ishni ko`rsatadiki, predmetli, rasm bo`yicha o‘quv vazifalarini ancha murakkablik qilishidan tashqari bolalar maktabgacha ta`lim muassasasi dasturi bo`yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi.

Bolalar doira, kvadrat, turtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni aniqlashga o‘rganadilar, bolalar oldiga maktabgacha ta`lim muassasasida qo`yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallash bo`yicha quyiladi. Bunga sabab, hamma bolalar maktabgacha ta`lim muassasasidan maktabga kelmaydilar va shu sababli bolalar bilan ishni maktabga kelguncha tayyorlov guruhda olgan bilimlaridan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta`lim muassasasisida o‘tkaziladigan mazmunli rasmni davomi sifatida o‘tkaziladi. Bolalar tevarak -atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. Bolalar obektlar o‘rtasidagi mazmunli bog‘lanishlarni tasvirlashga uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar.

Dekorativ rasm maktabda texnik tartiblar bo‘yicha vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasvirlash bilan birgalikda yordamchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ishlarda xalq amaliy dekorativ san’at elementlaridan foydalanishga san’at xakida o‘tkaziladigan dars suxbat jarayonida urganadilar. Bolalarni tasviriy sanatga o`rgatish metodlaridan bolalarni xususiyatlarini hisobga olgan xolda foydalanish lozim. Katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar va kichik bolalarining ish xususiyatlari o‘rtasida kup yakinlik bor. SHuning uchun u yoki bularni o`rgatish metodikasi o`rtasida ham ko`p o`xshashlik bor. Maktabda o`qituvchining rasmini ba’zi bir elementini ko`rsatish va shu jarayonda tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning

ketma-ketligi tartibli ko`rinishda bo`ladi Agar tasvirlanadigan predmetning tuzilishi sodda bo`lsa, tartib tushintirilgandan sung, o‘chirib tashlanadi. Agarda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan predmetni tasvirlanganda esa, o`qituvchining doskada ko`rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlaydilar. O`qituvchi predmetni umumiy konturini qalamning uchi bilan engilgina belgilab chiqib, uning kengligini balandligini ham belgilab ko‘rsatadi.

So‘ng bola predmetni xomaki rasmi bilan naturani solishtirib uning qismlarini, shaklini va aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va analiz qilish uchun rasmlar to‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv harakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlaridan foydalanadi. Rasm bo‘yicha o‘tkaziladigan har bir dars ukituvchining suhbatidan va tushuntirishdan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishni amaliy bajarilishga o‘tishda o‘qituvchi bolalarining tartibli ravishda chizishi va qoida va yullarni eslatib turadi. Katta maktabgacha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini analiz qilishda diqqatni predmet proporsiyasi, konstruksiyasi, qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion to‘zilishiga tortish lozim. SHunday qilib maktabgacha ta`lim muassasasida ta’lim-tarbiya masalalarining muvoffaqiyatli hal etilishi, bolalar maktabgacha ta`lim muassasasida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruxdagi Kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayerlashda etap hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi. Bolalar guruxdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z harakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.

Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil, erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli

proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Bolalar bog‘chasida olib boriladigan tasviriy faoliyat materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar ularni toza saqlashga faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu mashg‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.

Maktabgacha ta`lim muassasasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi . Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy formani xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar bog‘chasining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishda doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi. Bolalar naturaga qarab tasvirlash bularning barchasi bolalarni barcha darslarda ayniqsa mehnat darslarida o‘quv faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishiga ta’sir etadi.

Bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni maktabni 1-sinfda elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida kerakli materiallardan qurish, yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o‘zlashtirishga yordam beradi. Bolalar maktabgacha ta`lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga asosiy ajratib ko‘rishga predmetni fazoviy xususiyatlarini analiz qilishga o‘zlari mustaqil ravishta tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rganadilar. Bularning hammasi esa maktabda o‘qish protsessida zarurdir. SHunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga

tayyorlanib boriladi .

Tasviriy faoliyat (rasmda, loy ishi, applikatsiya) bolalarda nafaqat qiziqish uyg‘otadi, balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z ishida aks ettirishda, olamni ko‘z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman xar tomonlama shakllanishiga (estetik, aqliy, axloqiy) turtki bo‘ladi.

Birinchi sinfning o‘quv dasturiga tasviriy faoliyat darslari kiritilgan, Ushbu faoliyatda bolalar rasm chizishga o‘rganishadi.

Qog‘oz va loy bilan ishlash qo‘l mexnati dasturiga kiritilgan.SHuning uchun uyida hamkorlikda rasm chizgan, loy bilan ishlash, qirqib yasashga o‘rgangan bolaning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, qo‘lda bajarish ko‘nikmalari yanada mustaxkamlanadi.

Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin.

Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali tashkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan materiallar quyidagilar: qog‘oz, qalam, mo‘yqalam,bo‘yoq, elim, qaychi, plastilin va xokazo.

Bolalar asosan yorqin ranglarni yoqtirishadi, ularni bo‘yoq va qalamlar to‘plami o‘ziga jalb etadi. Bo‘yoqlarni xar xil rangdaligi bolalarning dunyoni yorqin tasvirlashga imkon yaratadi va mazmunli rasm solishga turtki bo‘ladi.SHuning uchun rasmga yaxshi bo‘yoq materiallarini tanlash muxim.

Rasm chizish uchun xar xil materiallardan foydalanish mumkin, lekin bu hamma material ham muhim degani emas.

12 xil rangdagi qalamlar to‘plami, oddiy qalam (2m 3m) mo‘yqalam, akvarel bo‘yoqlari va rasm uchun qog‘oz kabi materiallarsiz bola mashg‘ulotini tashkillashtirib bo‘lmaydi. Albatta turli materiallar rangli mel, bola ishini yanada

boyitib ko‘rsatadi va bu rasm chizish jarayoniga katta e’tibor talab qiladi, bola syujetga xos rang tanlashga o‘rganib qoladi, rasm va meteriallar o‘rtasidagi aloqa kabi masalalar bolani fikrlashga da’vat etadi. Har gal yangi-yangi rasm syujeti bilan bog‘liq materialni tanlash ham kerak emas. Bola bir material ustida ishlab uni to‘liq anglab olishi kerak.

Kattalar tasviriy faoliyatni uyda tashkillashtirishi, bola ishlashi uchun va material, uskunalar uchun aloxida joy, mashg‘ulot uchun kerak bo‘ladigan materiallarni tayyorlashi zarur. Bu bola mustaqil tarzda ishlashi uchun, kerakli narsalarni, chin dildan tayyorlashi va ish oxirida o‘z joyini yig‘ishtirib qo‘yishi uchun zarur.

Bolalarni mashg‘ulot uchun materiallarni oldindan tayyorlashga o‘rgatish kerak: qalamlarni o‘tkirlash, akvarel bo‘yoqlarini namlash ya’ni yumshab mo‘yqalamga oson yig‘ilishi uchun.

Bo‘yoq bilan ishlash uchun, bankada toza suv, yumshoq latta, mo‘yqalam suvini shimishi uchun kerak bo‘ladi. Bundan tashqari rangni aralashtirib, zurur rangni tanlash uchun palitradan foydalanish kerak bo‘ladi. Qog‘ozni rasm albomi va rasm daftaridan olishi kerak. YUpqa yozma varoq va oddiy daftar varoqlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Loy o‘rnida eng qulayi bu plastilin. Uni kaftlar orasida xarakatlantirib, qizdirib, yumshatib olish lozim. Buni bolani o‘zi bajarsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Applikatsiya uchun rangli qog‘ozdan foydalangan ma’qul. Daftar muqovasidan foydalanish ham mumkin. Eng muximi bola ishiga xurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chizayotgan vaqtda unga xalaqit qilishi, xatosini to‘g‘rilash, e’tiborini boshqa narsalarga qaratish kerak emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jarayonlarni buzadi.

Rasm va loy ishida: Qalamni to‘g‘ri ushla, qattiq bosma, rasmni extiyotlik bilan bo‘yagin, shoshilma kabi gaplar bilan tanbex berishning o‘zi etarli. Buni bola jig‘iga tegmasdan sekin murojaat qilgan xolda bajarish kerak.

Mashg‘ulot paytida stolga tushadigan yorug‘lik muxim va bolani o‘tirishiga e’tibor qilish lozim. Agar bola biror narsani o‘xshatib chizgisi kelsayu lekin o‘xshatishga qiynalsa, odatda kattalarga yordam so‘rab boradi. Bunday xolatda qalam ushlab, rasm chizishga shoshilmaslik kerak, chunki bu xar doim ham yaxshi camara bermaydi. Rasmni xar safar kattalar chizib ko‘rsataversa, bunday bolalar engillikka o‘rganib qolishadi va qiyinchilikni engib o‘ta olmaydilar. Qiyinchilikni yuzaga kelish sababi, bu bolada ko‘rgazmali narsa xaqida aniq tasavvurning yo‘qligidadir. SHuning uchun bola shu narsa xaqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Agar shu narsani kitob va o‘yinchoqlar orqali ko‘rish imkoniyati bo‘lsa, albatta undan foydalanish kerak. Bola kerakli narsani rasmlar orqali o‘zi topsin. Kattalar esa bola rasmni topishi uchun ketgan vaqtni xisobga olishi kerak. Qidiruv uchun ko‘p vaqt sarf qilinishi kerak emas, chunki bola diqqati va xayoli boshqa faoliyatga ko‘chib, boshlagan ishni oxiriga etkaza olmay qoladi. Bolaga yordam berish, rasmni qidirib topib, diqqat bilan kuzatish kerak. Bola rasm detallarini tushirib qoldiradimi yoki qo‘shadimi bu o‘ziga xavola. Eng asosiysi bola o‘z xolicha rasm chizsin.

Biz bolada asosan maqsad sari intilish xissini shakllantirish va doimo o‘z ishini oxiriga etkazish kabi xislatlarni tarbiyalab borishimiz darkor. Har doim ham bola bir masho‘zida boshlagan rasimni oxiriga etkaza olmaydi, sababi, vaqt etmaydi yoki charchab qoladi. Bunday xolda bolaga rasmni keyin davom ettirishini maslaxat beriladi.

Ba’zida esa bola boshlagan ishini oxiriga etkazmay turib, «CHizishni xoxlamayman» deb turib oladi. Sababi, ko‘pincha bola rasmni biron bir detalini chiza olmay qolsa, shunday qila boshlaydi. Aynan nima bolaga qiyinchilik tug‘dirayapti, shuni aniqlab, eng ma’qul bo‘lgan maslaxatni berish kerak. Agar gap bunda emas, balki bola hamma boshlagan ishini ham oxiriga etkazmasligini aniqlansa, unday xolda bolaga yumshoq muomalada turib, ishni oxiriga etkazish zarur ekanligi tushuntiriladi.

Tasviriy faoliyat natijasi bola tomonidan bajarilgan materiallarda (rasm, applikatsiya, yasalgan figuralar) namoyon bo‘ladi.

Iloji boricha ota-onalar bolaning qiziqishi, bajarayotgan ishi xaqida suxbatlashishi kerak. Eng avvalo boladan o‘z ishida nimani aks ettira olishi, aynan qaysi detal ustida qiynalayotgani va bajargan ishidan qoniqqanligi xaqida gaplashish zarur.

Eslatib o‘tish joizki, xaddan tashqari qattiqqo‘llik bolani ijodiy faoliyatini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi. SHuning uchun tanbexni maslaxat tarzida berish maqsadga muvofiqdir.Ko‘p maqtov esa bolada o‘zboshimchalikni yuzaga keltiradi.

Hamkorlikda bajarilayotgan ish xaqidagi muxokama bolada o‘z ustida qayta- qayta ishlash o‘ziga to‘g‘ri baxo berish va kamchiliklarni to‘g‘rilash kabi xislatlarni tarbiyalaydi. Bu nafakat maktabda balki xayot davomida ham askotadi.

Rasm mashg‘ulotini xaftasiga 1-2 marta o‘tkazish kerak. Loy ishi ham xuddi shunday fakat applikatsiyani xaftasiga bir marta o‘tkazgan ma’qul. Agar bolada mashg‘ulotdan tashkari rasm chizish, kirkish, yasash istagi tug‘ilsa, unga imkoniyat yaratib berish lozim.

Mashg‘ulot vakti 25-30 daqiqadan oshmasligi lozim. SHunday paytlar bo‘ladiki, bola o‘z ishini oxirigacha etkaza olmaydi. Agar bunga vaqt sabab bo‘lsa, albatta bolaga o‘z ishini tugatishi uchun vaqt ajratish kerak. Bola bajarayotgan ish uchun ancha vaqt sarf bo‘lsa, unday xolda bolaga ishni boshqa payt tugatish kerakligini sekin va mayin ohangda tushuntirish lozim.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat xayotidagi xodisalar xaqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib borish kerak. Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat xodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqarl kitoblar o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Kattalar bolani atrofga nisbatan qiziqishini va mexr-muxabbatini oshirishlari kerak.

Ota-onalarning bolani o‘rab turgan olam, nimalarga e’tiborini qaratish, bo‘layotgan xodisalarga berayotgan baxosi ko‘p xolda bolani olamga nisbatan bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.

Bolani olam xaqidagi tasavvurini kengayishida bolalar kitobi va kinofilm, diafilmlarni o‘rni katta. Rasm mashg‘ulotini o‘tkazish yo‘llari turli xil bo‘lishi zarur.

Birinchi xolda bola aniq bir predmetni chizsa:(masalan o‘simlik) ikkinchi xolda o‘qilsa kitobga illyustratsiya qilinadi, unda o‘rab turgan olamni tasvirlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy mavzusi – insonlarni o‘rab turgan olamga oid bo‘lishi kerak. Bolalarga hamma narsa qiziq ko‘rinadi, shuning uchun ular o‘zi uchun xar kuni yangilik yaratishadi. Bolalar o‘z tasavvuridagi olamni qog‘ozga tushirib, bundan katta zavq olishadi.

Ota-onalar esa bolaning texnik qobiliyati, tasavvuri va olam to‘g‘risidagi tushunchasini xisobga olib qiziqarli mavzu tanlashida yordam berishlari kerak.

Tayyor ko‘rgazmani qog‘ozga to‘g‘ri tushira olish ham bir mahorat. Bola bilan esa kompozitsiyani rasm qog‘oziga to‘g‘ri tushira olish haqida qog‘ozga to‘g‘ri tushira olish haqida gaplashish juda muxim. Bolalar kitobidan ilyustratsiyali rasmlar va rassomlar ishini bolalarga ko‘rsatib o‘tish zarur. Bolaga shunday materialdan foydalanishni maslaxat berish kerakki, rasmda u yoki bu mavzular aniq ko‘rinishga ega bo‘lsin. Masalan qish tasvirini bolalar bo‘yoq yoki guash orqali aniq tasvirlab bera oladi.Baxor peyzajini akvarelda yoritib bergan ma’qul.

Bola xayotidagi biror bir voqea yoki umumiy bir ko‘rinishdagi bola qalam yoki bo‘yoqlar yordamida qog‘ozga tushirishi kerak.

SHuni esda tutishi kerakki, qalam bilan chizish o‘zoq vaqtni oladi va qalamni kuch bilan bosib bo‘yash, uni qattiqligini xisobga olganda bolaga biroz qiyinchilik tug‘diradi. SHuni hisobga olib, bolaga katta hajmdagi qog‘oz berish tavsiya etilmaydi va bo‘yash uchun qalamdan foydalanmagan ma’qul. Agar bola rasmni shoshilib, e’tiborsizlik bilan chizayotgani yoki charchaganini sezsak, unga rasmni keyin davom ettirish ham mumkinligini tushuntirish lozim.

Agar syujet ko‘rsatmasi yorqin ranglardan foydalanishni talab qilsa, bunday xolda guash va temperdan foydalanish kerak.

Bola kitobda tasvirlangan illyustratsiyaga xos rasm chizayotganda, ma’lum personajlar xarakatiga kirishib ketadi. Ular bilan birga ham xayajonlanadi ham xavotirga tushadi.

Syujetdagi ko‘pgina personajlarni xarakatdagi xolatini tasvirlash bolaga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ota-ona bola imkoniyatini hisobga olib qo‘lidan kelgan personajni tasvirlab chizishni tavsiya etishi zarur. Bolalar uchun ertakning syujetli-ko‘rgazmali tomonini yoritib berish oson kechadi. Masalan: quyon va bo‘g‘irsoq uchrashuvi, Zumrad va Qimmat uchrashuvi va xokazo. Lekin bolaga xar safar ertakni faqat syujetli tomonini yoritib chizdirsak noto‘g‘ri bo‘lar edi.

Bolalarda fantastik obrazlarni tasvirlash kuchli bo‘ladi va ular fantaziyasini o‘stirish o‘ta muximdir. SHuning uchun bolaga sexrli daraxt. Afsonaviy bog‘, sexrli qush rasmini chizish tavsiya etiladi. Bu rasmlarda bola ijodiy yondoshishi kerak. Bola bilan oldin suxbat o‘tkaziladi: «Ishni nimadan boshlash kerak? Tasavvuringdagi obrazni qog‘ozga qanday tushirasan?» kabi savollar beriladi. Bunday savollar bolaga ko‘rgazmaniko‘z oldiga keltirib ko‘rishiga va anglab etishiga yordam beradi.Rassomchilik san’atining foydali bir ko‘rinishi – naturadir.

Natura bolani qabul qilish doirasini atrofga nisbatan diqqat va tasavvurini boyitib, ko‘zatuvchanligini oshiradi. Buning uchun oddiy bir predmet tanlanadi. Masalan barglari aniq bo‘lgan alohida-alohida joylashgan uy gullari yoki guldastadagi gul. Tanlangan predmet hammaga yaqqol ko‘rinarli qilib qo‘yiladi.

Bolaga ob’ektni diqqat bilan Kuzatishtaklif qilinib,ayniqsa gul va barglarning joylashishi ketma-ketligiga, gul, guldon formasiga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi. Iloji boricha guldon shaklini qo‘l bilan silab ko‘rsin.

Bolalar o‘yinchoq rasmlarini chizishni yaxshi ko‘rishadi. Agar bola mavzuga xos rasm chizishga qiynalsa, bunday xolda o‘yinchoq rasmini chizishga maslaxat bering. Buning uchun bolaga chizish oson bo‘lgan va bola o‘zi tanlagan o‘yinchoqni beriladi. Avvalo o‘yinchoqni tuzilishiga, shakliga, ranggiga e’tibor berish, o‘yinchoq qismlariga diqqatini qaratish kerak.

Eng qadimgi san’at asarlaridan biri bu dekorativ san’atdir. Odamlar uy, idish va kiyimlarini ushbu san’at ko‘rinishi asosida yasatishga urinishgan.

Bolalarni ushbu san’at turi bilan tanishtirish o‘ta muxim. Ko‘pgina shaxar va tumanlarda maxsus san’at muzeylari mavjud. Bola ijodkorligi va estetikasini oshirish uchun albatta mo‘zeyga olib borib, san’at turlari bilan tanishtirish zarur.

Naqsh va dekorativ kompozitsiyalar yaratishni ko‘proq qizlar xush ko‘rishadi. O‘g‘il bolalarni ham bu qiziqarli rasm turi bilan tanishtirish maqsadga muvofiq. Bolani ushbu san’at turi orqali tasavvurini yanada kengaytirish uchun dekorativ mato, ma’lum dekoratsiya asosida yasalgan idishlar, dastro‘mol va boshqa turli xil narsalarni ko‘rsatib baxo berish tavsiya etiladi. Bola diqqatini naqsh elementlariga (geometrik forma, gul, barg, qush) qaratish va ularni naqshda ritmik joylashtirishga ko‘maklashish zarur. Bola rasmlarni qalam va bo‘yoqlar bilan bezatishi kerak va ko‘ngliga yoqqan dekorativ bezakni tanlashi mumkin. Bola uchun qiyin bo‘lmagan naqshni tanlab, xudi shunga o‘xshatib, naqsh chizishni taklif qilish lozim. CHizilayotgan naqsh elementlari, chiziqlari uzunligi 15-20 sm, eni 5-6 sm ni ko‘zdan kechirib chiqiladi. Agar bu bolaga qiyinchilik tug‘dirsa, bolaga naqsh elementlarini ma’lum shaklga keltirishni taklif qilinadi. Masalan: to‘rtburchak (dastro‘molcha, salfetka) misolida keltirilib, ushbu shakl chet qismi va o‘rtasini naqshlar bilan bezatiladi. Doira (likopcha) shaklida esa naqshni o‘rtaga yoki o‘rta va chetga joylashtirish mumkin.

Dekorativ kompozitsiyani yaratishda bolalar ma’lum shakl va shakllarni bir necha marta takrorlab chizishi mumkin, lekin undagi naqshlar turli xil bo‘lishi shart.

Bola tanlagan rasm mavzulari turlicha bo‘lishi kerakligi haqida gapirildi. Bolalar odatda bilgan rasmlarini qayta-qayta takrorlab chizishadi. Bunday xolatda bolaning chizish malakasi boyimay, tasavvuri o‘smaydi. SHuning uchun xar xil mavzu va turli mazmundagi rasmlarni chizdirish foydadan xoli emas.

Tasviriy faoliyat estetik tarbiyani shakllantirish bilan birga bolani chizish malakasini oshirib, hamda maktabga tayyorlaydi va shu asosda qo‘l muskullarini shakllantirib yozishga o‘rgatadi.

Nafaqat rasmchilik balki tasviriy faoliyatning barcha turlari: applikatsiya, loy, to‘qish, qurish-yasash bolani qo‘l musqo‘llarini shakllantiradi. Lekin rasm

chizish faoliyati boshqa tasviriy faoliyatdan farqli o‘laroq, bolani yozishga nisbatan tayyorgarligini oshiradi, sababi ruchkaga yaqin qurollardan (qalam, mo‘yqalam) qurollardan foydalanish xisoblanadi.

Psixologlar fikricha, yozishni o‘rganish uchun grafik va texnik malakalarni ko‘zatib, bajarish muhim, bunda xarf elementini to‘g‘ri o‘xshatib chizish yoki ma’lum xarf formasini bir-biri bilan to‘g‘ri birlashtirish hisobga olinadi.Mashg‘ulot paytida ruchkani to‘g‘ri ushlab, qo‘lni oxista xarakatlantirish muhim.

Sanab o‘tilgan ko‘pgina malakalar rasm chizishda qo‘llaniladi. Agar bola diqqat e’tiborini to‘g‘ri o‘tirgan xolda rasm chizishga o‘rgatsak, ya’ni qog‘ozni buklamay, suyanmasdan, qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, boshlagan ishini oxiriga etkazish kabi faoliyatlarni namoyon qilsak, bola maktabga chiqqach, ma’lum talab va qoidalarga tez ko‘nikib ketadi va yozishga qiynalmaydi. Agar kattalar bolalar kattalarga o‘tirish va yozish texnikasini o‘rgatishmasa, bola maktabda ham noto‘g‘ri o‘tirish va ruchka, qalamni noto‘g‘ri ushlash oqibatida o‘z ishini bilmagan xolda barmoqlari bilan yopib qo‘yadi. YOzuvga o‘rgatish uchun bola qo‘l xarakatlarini tekis yo‘naltirishga o‘rgatish kerak. Rasm chizishda bu xarakatlarni naqsh elementlarini namoyon etishida ko‘rish mumkin. Masalan:rasmni bo‘yayotganda qalamni bir tomonga yo‘naltirish. Bolaga rasmni shoshilmasdan, ozoda bajarishga o‘rgatish kerak. Bola o‘z ishi va xarakatini boshqara olishi kerak. Masalan: katta guruh tarbiyalanuvchilari rasmni bo‘yayotganda belgilangan chiziqdan chiqarmasdan bo‘yashlari kerak. Harflarini bir tekisda yozish uchun bolalar barmoq xaraktlarni mashq qilish kerak. Bu xarakatlar har mashg‘ulotda takrorlab va mustahkamlanib boriladi.

Mashg‘ulotdan tashqari kattalar bolaga oq qog‘oz berib, dekorativ san’at turiga xos turli chiziq burma shakllarni chizish taklif qilishlari mumkin.

Bolani qo‘li qancha ko‘p xarakat qilsa, uning mustaqil, tekis va chiroyli yozishi ham shuncha oson bo‘ladi.

YOzuv – o‘z qonun-qoidalari va afzalliklariga ega bo`lgan o`ziga xos faoliyatdir.

Bolalarni yozishga o`rgatish uchun, ma’lum mashqlar yordamida har mashg‘ulotda yozdirishimiz kerak.Buning uchu nota-onalarga yordam tariqasida yozuv daftarini olishimiz mumkin.Bola bu mashqlarni tez-tez takrorlab yozish malakasiga ega bo`lishadi.YOzuv daftaridagi nuqtalarni birlashtirish asosida harflar yigindisini yoki qisqa so‘zni hosil qilishadi.

So‘zni yozib bo`lgach, bola yozishdan to`xtaydi. Qo‘l va ko‘zlar dam oladi. Bu esa o‘z navbatida yozgan mashqlarini ko`rib, taxlil qilishga va to`girlashga imkon yaratiladi.

Bola qilgan xatolikni ota-onalar ota-onalar to`girlab borishi kerak. Bola yozayotgan paytda uning qo‘l xarakatiga, qalam, ruchkalarni to‘g‘ri ushlab yozishga e’tibor berish kerak.

Bola yozuv haqidagi ma’lum ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgandagina bolani yozishga o`rgatgan ma’qul. Yozishni yanvar va fevral oyidan boshlagan ma’qo‘l. Mashg‘ulotni xaftada 1-2 marta o‘tkazish kerak. Tasviriy faoliyatni barcha turlarini ota-onalar o‘zi oilada olib borishlari mumkin. Bu bolani estetik tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi.

Bo‘yoq bilan ishlash uchun, bankada toza suv, yumshoq latta, mo‘yqalam suvini shimishi uchun kerak bo‘ladi. Bundan tashqari rangni aralashtirib, zurur rangni tanlash uchun palitradan foydalanish kerak bo‘ladi. Qog‘ozni rasm albomi va rasm daftaridan olishi kerak. Yupqa yozma varoq va oddiy daftar varoqlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Applikatsiya uchun rangli qog‘ozdan foydalangan ma’qul. Daftar muqovasidan foydalanish ham mumkin. Eng muhimi bola ishiga xurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chizayotgan vaqtda unga xalaqit qilishi, xatosini to‘g‘rilash, e’tiborini boshqa narsalarga qaratish kerak emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jarayonlarni buzadi.

Rasm va loy ishida: Qalamni to‘g‘ri ushla, qattiq bosma, rasmni extiyotlik bilan bo‘yagin, shoshilma kabi gaplar bilan tanbex berishning o‘zi etarli. Buni bola jig‘iga tegmasdan sekin murojaat qilgan xolda bajarish kerak.

BIRINCH BOB BO`YICHA XULOSA

Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin.

Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali tashkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi.

Dekorativ kompozitsiyani yaratishda bolalar ma’lum shakl va shakllarni bir necha marta takrorlab chizishi mumkin, lekin undagi naqshlar turli xil bo‘lishi shart.Bola tanlagan rasm mavzulari turlicha bo‘lishi kerakligi haqida gapirildi. Bolalar odatda bilgan rasmlarini qayta-qayta takrorlab chizishadi. Bunday xolatda bolaning chizish malakasi boyimay, tasavvuri o‘smaydi. SHuning uchun har xil mavzu va turli mazmundagi rasmlarni chizdirish foydadan xoli emas.

Tasviriy faoliyat estetik tarbiyani shakllantirish bilan birga bolani chizish malakasini oshirib, hamda maktabga tayyorlaydi va shu asosda qo‘l muskullarini shakllantirib yozishga o‘rgatadi.Nafaqat rasmchilik balki tasviriy faoliyatning barcha turlari: applikatsiya, loy, to‘qish, qurish-yasash bolani qo‘l musqo‘llarini shakllantiradi. Lekin rasm chizish faoliyati boshqa tasviriy faoliyatdan farqli o‘laroq, bolani yozishga nisbatan tayyorgarligini oshiradi, sababi ruchkaga yaqin qurollardan (qalam, mo‘yqalam) qurollardan foydalanish hisoblanadi.

Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin.

Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali tashkillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi.



      1. BOB KICHIK YOSHDAGI TURLI YOSH GURUHLARIDA APPLIKATSIYA ISHIGA O‘RGATISHNING VAZIFALARI VA TURLARI

    1. KICHIK VA O‘RTA GURUHDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH TARTIBI.

Bolani rasm chizishga qiziqtirish, atrof-olam haqidagi tasavvur va taassurotlarini tasvirlashga o‘rgatish. Yil davomida bolaning ranglar (qizil, ko‘k, sariq, yashil, oq, qora) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlab borish lozim.

Bolaga qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishda davom etish. Qalamni bosh, o‘rta va ko‘rsatkich barmoq bilan uchi ochilgan joydan yuqoriroqdan, mo‘yqalamni temir bilan qoplangan qismidan yuqoriroq joyidan (yog‘och qismidan) to‘g‘ri ushlagan holda barmoqlarini siqmasdan, qog‘oz sathida erkin, bemalol harakatlantirib rasm solish, turli ko‘rinishdagi gorizontal, vertikal, to‘lqinsimon, egri chiziqlarni chizish, dog‘larni surkab yubormasligiga alohida e’tibor berish shart.

Bolada rasmni (qalam va mo‘yqalam bilan) bo‘yash malakasini tarkib toptirish. Qalamni qattiq bosmay bir tekisda harakatlantirib yuqoridan-pastga, chapdan-o‘ngga yoki qiyalatib; mo‘yqalamda esa tuklarini faqat bir tarafga yo‘naltirib yuqoridan, chapdan o‘ngga uzib-uzib bo‘yash. Mo‘yqalamga etarli bo‘yoqni surkash, ortiqchasini suvli idish chetiga surib, siqib tashlash; boshqa rangdan foydalanish uchun mo‘yqalamni suvli idishga solib yaxshilab yuvish. Mo‘yqalamni qog‘oz salfetka yoki doka bo‘lakchasi yordamida quritishga odatlantirish lozim bo`ladi.

Bolani rangli qalam va mo‘yqalamda ketma-ket takrorlanib keluvchi harakatlarni tasvirlayotganda so‘z va o‘yinga bog‘lab (“Tomchi tomar – chak- chak”, “Barg to‘kilar – shitir-shitir”, “Qor yog‘adi – gup-gup”) ifodalashga o‘rgatish kerak.

Doira va kvadrat shakllarni tasvirlash bo‘yicha tushuncha berish. Qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash ko‘nikmasini tarkib toptirish: bolaga turli hajmdagi (katta-kichik) kvadart va doira shakllarni qo‘lida ushlab ko‘rish, kvadratning tomonlari bo‘ylab qo‘lni yurgizish, burchakda to‘xtab, yana davom etishni; doira (yoki koptok)ning silliq sathi bo‘ylab aylanali, ohista, sirg‘aluvchi harakat orqali shakl va mutanosiblikni his qilish, chamalash malakasini hosil qilish joiz bo`ladi.

Doiradan – katta-kichik sovun ko‘piklari, rangli pufaklar, koptok, olma; kvadratdan – dastro‘mol chizishni o‘rgatish kerak.

Bolani rasmda ranglardan to‘g‘ri foydalanishga, turli narsalar yoki tabiat hodisalari (quyosh – sariq, archa – yashil, qor – oq)ni tasvirlash uchun muvofiq rang tanlashga o‘rgatish. Rang tanlashga qiynalayotgan bolaga yordam berish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Tabiat go‘zalligi (ko‘m-ko‘k osmonda oppoq bulutlar, charaqlab turgan quyosh); fasllarning o‘zgarishi: kuzda rang-barang yaproqlar; qish faslida qor bola, qor parchasi; bahor faslida gullar, kamalak; yozda o‘rik, olcha, olmalarni tasvirlashga o‘rgatish hamda murakkab bo‘lmagan voqeaband rasmlar chizish (“O‘tloqda sariq va qizil koptok”) ga o`rgatish lozim.

Xohishiga ko‘ra o‘yinchoq va turli tabiat manzaralarini chizish, jamoa bilan ishlashga o‘rgatish (“Ko‘m-ko‘k maysalar va gullar”) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, o‘sma, sabzi, turp suvi)dan foydalangan holda noan’anaviy usullarda (barmoqlar, kaftlar, tayyor shakllar asosida) rasm solishga qiziqtirishni davom ettirish kerak.

Tasviriy faoliyatda foydalaniladigan ish qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlantirish.

Rasm chizishda qomatni to‘g‘ri tutishni shakllantirishga (erkin o‘tirish, qog‘oz varag‘i ustida boshni juda past egiltirmaslik), barmoq va qo‘l harakatlarini rivojlantirishga doimo e’tibor berish. Qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalangach, qo‘llarini tozalab yuvish va suvdan to‘g‘ri foydalanishga odatlantirish lozim.

Loy, plastilin (tuzli hamir va rangli shamcha)lar bilan ishlash. Bolada loy, plastilin (tuzli hamir, rangli shamcha)lardan narsalar yasashga qiziqish uyg‘otish. Plastik material (loy, plastilin, tuzli hamir, rangli shamcha)larning xususiyatlari haqida tushuncha berish, bola narsani qo‘llari bilan ushlab, his qilishiga erishish; ikkala qo‘lidan foydalangan holda narsa yasash usullarini o‘rgatishda davom etish. Qo‘l kaftlari orasidagi loy bo‘lagini ishqalash harakati bilan – qo‘g‘irchoq uchun konfet, sabzi, tayoqchalar hosil qilish; aylanali harakatlar bilan ritmik tarzda dumaloqlash va bo‘g‘irsoq, olma yasash, yumaloqlangan loyni ikkala qo‘l kafti bilan ezib yapaloqlab – kulcha non, holva; barmoqlar bilan yassilangan guvala o‘rtasida chuqurcha qilib – kichkina va katta likopcha, piyola yasash va ular bilan turli o‘yinlar o‘ynash samarali natija beradi.

Loy yoki plastilin bo‘lagidan tayyorlangan bir necha yumaloq shakllarni birlashtirib, turli buyumlar va o‘yinchoqlar (qorbola, sarak-sarak qo‘g‘irchoq, jo‘jacha)ni yasash. CHimdish usulidan foydalanib o‘yinchoqlarning xarakterli jihatlari (burni, tumshuqchasi, quloqchasi)ni hosil qilishga o‘rgatish shart.

Qaysi plastik materialdan qanday predmetlar yasash mumkinligini tushuntirish, to‘g‘ri va aylanali harakat, yassilash, yulish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish, barmoq uchi bilan chetlarini chimchilab tugib qo‘yish usullaridan foydalangancha 2-3 qismli bir xil yoki har xil shakldagi predmetlarni mustaqil yasashga qiziqtirib boriladi.

Bolada loydan yasalgan o‘zbek xalq o‘yinchoqlaridagi go‘zallikni ko‘ra olish va yasalgan narsalarni bezashga havas uyg‘otish kerak.

Applikatsiya. Bolani applikatsiya bilan tanishtirish, applikatsiyali tasvir tayyorlashga qiziqish uyg‘otish. SHakl (doira, kvadrat, uchburchak)lar va ranglar bo‘yicha tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Bolani tarbiyachi tomonidan kesib tayyorlangan bitta shaklni (olma) qog‘oz sathiga to‘g‘ri qo‘yish va elimlashni o‘rgatish. Tayyor shakllar (hajmi bir xil, ranglari har xil bo‘lgan qizil, sariq, yashil koptoklar)ni qog‘oz sathiga oraliq masofani hisobga olib, rangiga ko‘ra navbatma-navbat joylashtirish va elim surtilgan shaklni bosma qog‘oz yordamida qattiq bosib, yaxshilab elimlashga o‘rgatish lozim.

Bolada turli shakllardan naqsh yasash, shakl va ritmning o‘zaro mosligini his qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish. SHakli bo‘yicha doira va kvadratni qog‘ozda tartib bilan qo‘yish va elimlash orqali muayyan tasvir hosil qilishga erishish. Rangiga ko‘ra geometrik shakllarni (doira,uchburchak va kvadratlar) va o‘simliklarni (gullar va yaproqlar) navbatma-navbat qo‘yish yo‘li bilan 2-3 qismli naqsh hosil qilish. Yaxlit tasvir tuzish va qog‘oz sathiga elimlash kerak.

Bolaga tabiiy materiallardan bezakli kompozitsiyalar (qizil va sariq gullar, yashil barglar) tuzishni; uchburchak, kvadrat va yumaloq shakldagi (archa,bo‘g‘irsoq) narsalarni tasvirlashni, qog‘ozni yirtish yo‘li bilan turli applikatsiyalar hosil qilishni o‘rgatish lozim.

Jamoa bo‘lib sodda kompozitsiyalar tuzish, masalan, “YAproqlar o‘yin tushar” mavzusi bo‘yicha tarbiyachi katta (vatman) qog‘ozga daraxt shaklini elimlaydi. Bolalarga ko‘p miqdorda qirqib tayyorlangan har xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) barglar siluetini daraxtga va uning atrofiga elimlashni taklif qilish orqali kuzgi go‘zal manzarani aks ettirishga yoki noan’anaviy usuldan foydalanib, qizil, sariq, yashil rangli qog‘ozlarni yirtish yo‘li bilan barg yasash va elimlashni o‘rgatish mumkin bo`ladi.

Bolaga ijodiy applikatsiya ishlarini amalga oshirishiga imkon berish va o‘zi yasagan ishdan zavqlanish, quvonish hissini uyg‘otish.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish