Sement bo’tqasining meyoriy quyuqligini aniqlash. (QMQ 178-2003ga) asoslanadi. Sement toshining mustahkamligi, asosan undagi suv, sement nisbatiga bog’liq. Shu sababli, bu amaliy mashg’ulotda sement bo’tqasining quyuqligi me’yorda bo’lishi uchun unga qancha suv quyish kerakligini aniqlaymiz, suv miqdori sement og’rligiga nisbatan (% hisobida) olinadi. Sement bo’tqasining me’yoriy quyuqligi VIKa asbobida va diametri 10 mm, uzunligi 50mm li po’lat tayoqcha (pestik )yordamida topiladi. Kerakli asbob va uskunalar: Sement- namuna, VIKА asbobi (to’la jihozlari bilan), po’lat idish, satandart pestik, kesiq konusli po’lat xalqa, o’lchamli shisha silindr (menzurka), texnik tarozi toshlari bilan, po’lat pichoq, mashina moyi, sekundamer va kurakcha. Ishning bajarilish tartibi: Texnik tarozida 400 g. sement tortib, tagi yassi, chuqurligi 100 mm, po’lat idishga solinadi va sement yuzasi tekislanib, o’rtasida kurakcha bilan chuqurcha hosil qilinadi. Suv o’lchamli-silindr idishga yoki tarozida 0,5g.gacha aniq tortib sementga quyiladi. Suv miqdori sement og’irligiga nisbatan 25-30% da olinadi. Quyilgan suv ustiga sement tortiladi va kurakcha bilan asta-sekin qoriladi. Qorishmani avval sekin, keyin tez ezib, 5 daqiqa davomida qorishtiriladi. Mashina moyi kesiq konus xalqa (9) shisha plastinkaga quyiladi va u tayyorlangan sement qorishma bilan to’ldiriladi. Shisha plastinkasi namuna bilan stolga 5-6marta ohista urilib, sement bo’tqasi zichlanadi. Qorishma bo’tqaning ortiqchasi esa ho’llangan pichoq bilan sidirib olinadi. Shisha plastinkasidagi xalqaga solingan sement qorishma VIKA asbobiga joylashtiriladi, bunda siljuvchan po’lat sterjen (2) xalqadagi sement bo’tqasining markaziga tushishi kerak.
6-rasm. VIKA asbobi
Keyin pestik (7) ning quyi uchi sement qorishma yuzasiga tekkiziladi va vint (6) tezda bo’shatiladi. Umumiy og’irligi 800 grammli yuk (sterjen va pestik) erkin holatda bo’tqaga bota boshlaydi. Vint bo’shatilgandan 80 soniya o’tgach shkaladan pestikning bo’tqaga botish chuqurligi aniqlanadi (shkala sinashdan avval “0” ko’rsatgichga keltirib qo’yilgan bo’lishi shart). Agar pestik tezda bo’shab xalq atagiga tegsa, u holda qorishmaga suv ko’p solingan bo’ladi, agar pestik 5-7mm yuqorida to’htasa, u holda qorishmaga suv kam solingan bo’ladi. Ikkala holda ham suv miqdorini ko’paytirib yoki kamaytirib, yangi sement bo’tqasi tayyorlanadi va qaytadan sinaladi. Agar pestik 3 marta bo’tqaga tushirilganda shkala ko’rsatkichi 33-35mm orasida to’htasa, bu sement bo’tqasining quyuqligi me’yoriy bo’ladi. Shunday qilib, oxirgi marotaba olingan suv miqdori, sement bo’tqasining me’yoriy quyuqligini ko’rsatadigan qiymat hisoblanadi. Tajriba natijalari quyidagi jadavalga yozib boriladi.
Xulosa; sinalayotgan sementning me’yoriy quyuqligi quyidagi ifoda bilan topiladi.
bunda; MQ - me’yoriy quyuqlik (%).
-suv- sement nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |