Sementning haqiqiy va to’kma zichligini aniqlash. Sementning haqiqiy zichligini aniqlash, qumning haqiqiy zichligini aniqlash kabidir, ya’ni Le-Shatel’e kolbasi yordamida aniqlanadi. Sementning suv bilan gidrotatsiya, ya’ni kimyoviy birikishi jarayonining oldini olish maqsadida suv o’rniga kerosin ishlatiladi (2-amaliy mashg’ulotga qarang). Sementning to’kma zichligini 3- amaliy mashg’ulotda keltirilgan uslubda aniqlanadi va uni bajarish uchun 5-rasmda keltirilgan uskunadan foydalaniladi Kerakli asbob va uskunalar: 008 nomerli elak, tarozi va toshlari, Le-Shatel’e kolbasi, sement- namuna, kerosin, kurakcha, voronka, shisha tayoqcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |