KURS ISHI
MAVZU: Sement mahsuloti sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda foydalaniladigan o’lchov vositalarini metrologik tekshirish va nazorati.
.
O’qituvchi:
Mundarija
KIRISH._ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _3-4
ASOSIY QISM
1.Nazariy Metralogiya _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 5-8
2. Amaliy metralogiya_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 9-12
3. Qonunlashtiruvchi metralogiya _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 13-21
XULOSA _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 22-23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR _ _ _ _ _ _ _ _ _ 24-25
Kirish
Rеspublikamiz kapital qurilishining jadal rivojlantirishni eng
muxim sharti qurilish matеriallarining sifatini oshirish, ulardan
unumli foydalanish va xossalarini yaxshilashdan iborat. Qurilishga kеltirilgan turli-tuman qurilish matеriallari va buyumlarini laboratoriyada sinovdan o’tkazmay turib ularning samarali ishlatilishiga erishib bo’lmaydi.
Quruvchi-muxandis qurilishining raxbari va qurilish ishlarining tashkilotchisi hisoblanadi. Shuning uchun u xamma nomdagi qurilish matеriallarining xossalari va samarali ishlatilishi soxalarini, shuningdеk ularni laboratoriyada Davlat standartlarida ko’zda tutilgan talablarga muvofiq sinash usullarini bilishi zarur.
Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati zamonaviy asbob-uskuna, ilg'or texnoiogiya va ishlab chiqarishning potok-konveyer usullari, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalaridan foyda-lanishga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan sanoat tarmog'iga aylanmoqda. Natijada qurilish materiallari sanoatining hozirda bir qancha muhim tarmoqlari, ya'ni sement, yig'ma temir-beton, asbosement ishlab chiqarish vujudga keldi.
Eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri - sement qurilish «noni»dir. Yuqorida qayd qilib o'tilgan murakkab vazifa - sement sanoatini texnik jihatdan qayta qurollantirish va shu yo'l bilan texnologik jarayonlarning yuqori samaradorligiga erishish, bu sohaning jadallik bilan rivojlanishiga olib keladi.
Ushbu tarmoqning texnikaviy bazasini quyidagi muhim omillar bo'yicha yanada rivojlantirish mumkin:
Yangi va yanada unumli pechlar, tegirmonlar, shuningdek, boshqa turdagi asbob-uskunalar (agregatlar, mashina, mexanizm va apparatlar)ni joriy etish va o'zlashtirish.
Asbob-uskunalarni modemizatsiyalash.
Mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi texnologik jarayonlarni joriy qilish.
Ishlab chiqarishdagi og'ir va sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish hamda kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish.
Materiallar va yonilg'ilarning yangi turlarini ishlatish, asosiy hamda yordamchi materiallar xomashyosining sifatini yaxshilash.
Sement sanoati korxonalarining texnik darajasini oshirishning asosiy yo'nalishlaridan biri yangi, ko'p quvvatli asbob-uskunalar yaratish va o'zlashtirishdir. Kurs ishlaridan asosiy maqsad – talabalarning nazariy darslarda mazkur fandan olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kеngaytirish va
mustaxkamlashdir. Bu kurs ishini bajarishda men qurilish
matеriallarning xossalari xamda ularni laboratoriyada sinash
usullari, bu vaqtda qo’llaniladigan asboblar, moslamalar, mashinalar bilan, shuningdеk, matеriallar sifatiga qo’yiladigan standartlar talablari bilan tanishaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |