Mundarija kirish 2
budjetnoma 2
Fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 2022 yilda 1,5 trln. so‘m yoki 2021 yilgi tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 27,1 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi ilmiy-tajriba stansiyalari va uchastkalarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, qishloq xo‘jaligida mavjud 58 ta ilmiy tajriba stansiya, 14 ta viloyat agroxizmatlar markazi va 13 ta ilmiy institutlar davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirishga o‘tkazilmoqda. Mazkur maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 2022 yilda qo‘shimcha 60,0 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan. Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar 2022 yilda 600,0 mlrd. so‘mga yetkazilib, 2021 yilga nisbatan salkam 17 foizga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tayanch doktorantura va doktoranturada ilmiy darajali kadrlar tayyorlash kvotasini magistratura qabul kvotasining kamida 30 foizigacha oshirish xarajatlari 453,6 mlrd.so‘m; Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 110 mlrd.so‘m mablag‘lar ko‘zda tutilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi byudjet siyosati:2023 yildan boshlab oilalarni kambag‘allik holatidan chiqarish maqsadida davlat ijtimoiy yordamini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yo‘lga qo‘yish. Ijtimoiy shartnoma tuzish tizimi kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan davlat mablag‘larini (ijtimoiy nafaqalarni) samarali sarflanishini ta’minlash. Ya’ni, ijtimoiy shartnoma tuzishda, mablag‘larni inson kapitalini rivojlanitirishga yo‘naltirish maqsadida nafaqalar taqdim etilishida bolalar ovqatlanish ratsionini yaxshilash, ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash (davlat tomonidan ajratiladigan bepul kitoblar va qishgi kiyimdan tashqari xarajatlar), maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnashini, vaksina olishini, doimiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishini ta’minlash, bazaviy gigiena mahsulotlarini xarid qilish kabi shartlarini ishlab chiqish. 2023 yildan boshlab davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini bosqichma-bosqich amalga oshirish. Bunda: bosqich: kam ta’minlangan oilalarni Ijtimoiy himoya yagona reestri orqali aniqlash; bosqich: oilalar muammolari, kambag‘allikka tushish sabablari va ularning ehtiyojlarini individual tarzda o‘rganish; bosqich: oilani kambag‘allik holatidan chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy yordam va xizmatlar dasturlarini o‘z ichiga olgan individual ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish orqali oilani ijtimoiy himoya qilish. Bu orqali: mahalliy darajada ijtimoiy ishchilar institutini joriy etish; oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan zaifligi sabablari va ularning ehtiyojlarini o‘rganish, aniqlangan sabablar va ehtiyojlar asosida oilani kambag‘allikdan olib chiqishga qaratilgan individual ijtimoiy himoya dasturlarini tuzish; davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini o‘z vaqtida tayinlash va ko‘rsatish orqali oilaning ijtimoiy ahvoli yomonlashshishi va kambag‘allikka tushib qolishini oldini olish va dasturlarning oilaning qiyin hayotiy vaziyatdan chiqarib olishga qaratilishini ta’minlash; mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi bilan integratsiyalash. 2026 yilgacha “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimini aholining barcha ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari hamda ularga ko‘rsatilgan barcha ijtimoiy yordam va xizmatlar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasiga aylantirish. Bu orqali: davlat xizmatlarini raqamlashtirish; ijtimoiy nafaqalar tayinlashga murojaat qilish taribini soddalashtrish; “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari” ma’lumotlar bazalarini “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga o‘tkazish; ijtimoiy himoya taqdim etish tizimida korrupsion faktorlarni yo‘q qilish. Barcha turar joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rish. 2022 yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish, bolali oilalarga barcha turdagi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, bolalikdan nogironlarga nafaqalar to‘lovlarini amalga oshirish uchun 13,0 trln. so‘m yoki jami xarajatlarning 6,0 foizi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu 2021 yil tasdiqlangan parametrga nisbatan 26,7 foizga ko‘p mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu xarajatlar quyidagilarga yo‘naltiriladi: har oyda o‘rtacha 78 mingdan ortiq bola tug‘ilgani uchun nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarga – 546,1 mlrd. so‘m; har oyda o‘rtacha 303 mingdan ortiq bolalikdan nogironlar uchun 2 384 mlrd. so‘m; har oyda o‘rtacha 134 mingdan ortiq pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsizlarga nafaqa xarajatlariga – 762 mlrd. so‘m; har oyda o‘rtacha 70 mingga yaqin fuqarolarga uy-joy kommunal to‘lovlari imtiyozlari o‘rniga joriy etilgan kompensatsiya to‘lovlariga – 101 mlrd. so‘m; har oyda o‘rtacha 19 mingdan ortiq fuqarolarga dafn marosimi uchun nafaqa to‘lovlariga – 258 mlrd. so‘m; 1 413 ming nafar 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarga – 7 278 mlrd. so‘m; kam ta’minlangan 27 ming kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam uchun – 222 mlrd. so‘m. 2022 yilda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar sonini o‘rtacha yiliga 2021 yilgi 1 200 ming nafardan 1 440 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. 19-rasm Download 4,95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |