Mundarija kirish 2



Download 4,95 Mb.
bet25/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

24,6 mlrd. so‘m;


gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarga davolash va dori vositalari bilan ta’minlashga 84,9 mlrd. so‘m;
kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish xarajatlariga 30,0 mlrd. so‘m;
sil va o‘pkaning nospesifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlariga 24,6 mlrd. so‘m;
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturida belgilangan sog‘liqni saqlash va aholi genofondini asrash uchun kutilayotgan xarajatlar 8,5 mlrd. so‘m;
neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazishga yil oxirigacha 65,1 mlrd. so‘m, ya’ni aniqlangan rejaga nisbatan 37,3 mlrd.so‘m ko‘p mablag‘ ajratilishi;
Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash mikronutrient kukuni bilan, “A” vitamini bilan, gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan, homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-5 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan, 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlash xarajatlariga 24,1 mlrd.so‘m;
oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish uchun 2021 yilda qo‘shimcha 20 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari uchun qo‘shimcha 237,6 mlrd.so‘m;
“Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar
bazasi majmuasini yaratish uchun xarajatlarga 28,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga 2021 yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan 1 032,3 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan vazirlikning joriy xarajatlari
735,5 mlrd. so‘mni, kapital qo‘yilmalar miqdori
296,8 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Shu jumladan, Madaniyat vazirligi va uning tizim tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘lar asosan:
2021 yilda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini shakllantirish va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash ishlariga – 55,8 mlrd. so‘m;
2018–2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga asosan 2021 yilda teatrlar binolarini mukammal ta’mirlash xarajatlariga – 8,5 mlrd. so‘m;
2017–2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan 2021 yilda muzeylar binolarini mukammal ta’mirlash va jihozlash xarajatlariga – 7,9 mlrd. so‘m yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan madaniy meros ob’ektlarini tiklash va restavratsiya qilish, shuningdek arxeologik ishlari xarajatlariga joriy yilning oxiriga qadar 73,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi qo‘zda tutilgan.
Yil oxiriga qadar milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora- tadbirlari dasturi doirasida 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy- ommabop, o‘quv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish, multiplikatsion filmlar suratga olish, shuningdek qisqa metrajli va bolalar yumoristik filmlarini suratga olish, davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlarni jahon bozoriga chiqarish va festivallarda namoyish etish uchun chet tillarga subtitrlashtirish va dublyaj qilish, milliy kinematografiyaning eng sara asarlarini tiklash, restavratsiya qilish va zamonaviy formatga o‘tkazish sarf-xarajatlari uchun 81,4 mlrd. so‘m miqdorida Davlat byudjeti mablag‘lari yo‘naltirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga 2021 yil oxiriga qadar 302,2 mlrd. so‘m mablag‘ (tasdiqlangan reja 1 313,1 mlrd.so‘m), ju jumladan vazirlikning joriy xarajatlari 266,4 mlrd. so‘mni, kapital qo‘yilmalar miqdori 35,8 mlrd. so‘mni tashkil
etishi kutilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimi bo‘yicha 2021 yilda jami quyidagi maqsadlar uchun mablag‘lar ishlatilgan:
Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va qatnashish uchun xarajatlar –
110,0 mlrd.so‘m;
2021 yilning kalendar rejasiga muvofiq sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari uchun xarajatlar – 25,9 mlrd.so‘m;
Kutilayotgan rejaning tasdiqlangan rejaga nisbatan kamayishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son farmoni bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etilib, qoldiq mablag‘lar yangi tashkil etilgan vazirlik hisobraqamiga o‘tkazilganligi bilan tushuntiriladi.

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish