Oxirgi yillarda tabiiy gaz, mis va oltinning jahon narxlari o‘zgarishi tendensiyasi
Tabiiy gaz narxi dinamikasi Mis narxi dinamikasi
Табий газ нархи (АКШ доллари 1000 м3)
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
157,3
144,0
157,3
113,4
124,2
8 827
9 245
141,8
99,0
134,3
94,3
90,7
107,6
81,7 5
Нархлар тоннада (АКШ доллари)
92,2
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
Manba: Henry Hub natural gas prices (https://tradingeconomics.com/commodity/natural-gas) COMEX copper prices ( https://www.macrotrends.net/1476/copper-prices-historical-chart-data)
Izoh: 2021 yil narxlari 8 oy uchun o‘rtacha ko‘rsatilgan.
2000
1500
1000
974
1 227
Oltin narxi dinamikasi (doll./tr.uns.)
1 573 1 669
1 410 1 266 1 250 1 258 1 269 1 393
1 160
1 772 1 812
500
0
2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Manba: https://fred.stlouisfed.org/series/GOLDAMGBD228NLBM#0 va Reuters
2022–2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Amalga oshirilayotgan davlat dasturlari va qabul qilingan hukumat qarorlaridan kelib chiqqan holda, 2022–2024 yillarda quyidagilar iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalari bo‘lib qoladi:
a) mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladigan makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
b) real sektor tarmoqlarining jadal o‘sishini, yangi ish o‘rinlari yaratilishini, aholi bandligi va daromadlarining o‘sishini ta’minlaydigan qulay biznes muhitini yaratish;
v) investitsiya muhitini yanada yaxshilash, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
g) davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
d) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha faol siyosat olib borish.
Milliy prognozlarga ko‘ra, ustuvor vazifalarni amalga oshirishni hisobga olgan holda, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atini 6 foizga yetkazish va uning ijobiy dinamikasini keyingi yillarda ham davom ettirish prognoz qilinmoqda (2023 yilda 6,2 foiz va 2024 yilda 6,6 foiz).
2022 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining asosiy omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
sanoat ishlab chiqarish hajmini 7,0 foizga, qurilishni 8,1 foizga, qishloq xo‘jaligini 3,3 foizga, xizmatlarni 6,5 foizga, chakana savdo aylanmasini 9,3 foizga, tovarlar va xizmatlar eksportini 13,4 foizga, ichki ishlab chiqaruvchilarni xomashyo va asosiy vositalar bilan ta’minlash maqsadida importni 0,2 foizga oshirgan holda bajarish, bunda tashqi savdo aylanmasining 1,1 foizga oshishi kutilmoqda;
2022 yilda inflyatsiya darajasi 9,0 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, 2023 yildan boshlab inflyatsiya darajasini bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish ko‘zda tutilgan. Bu, o‘z navbatida, monetar va fiskal siyosatni qat’iylashtirishni taqozo etadi. Xususan, foiz stavkalarini liberallashtirish, kreditlar hajmining talabdan kelib chiqqan holda keskin o‘sishini oldini olish, umumiy fiskal taqchillikni 2024 yilga kelib yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,7 foizgacha pasaytirish maqsad qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |