2021 yilgi kutilayotgan ijrosi
Konsolidatsiyalashgan byudjetning 2021 yilgi balansi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjeti kutilayotgan taqchilligi (umumiy fiskal balans) 40,1 trln. so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,5 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.
2021 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi 17,8 trln. so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi taqchilligi 21,6 trln. so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini, shuningdek, 7,8 trln. so‘m miqdoridagi asosiy qarzni qaytarish xarajatlarini qoplash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilishi kutilmoqda:
xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz mablag‘lari va yevroobligatsiyalar chiqarish hisobidan – 12,4 trln. so‘m;
ichki bozorga davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan – 4,0 trln. so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan – 21,6 trln. so‘m;
Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan – 10,1 trln. so‘m.
Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yilda kutilayotgan ijrosi.
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichlari 147,2 trln. so‘m bo‘lib, haqiqatdagi ijrosi 170,9 trln. so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi bo‘yicha 129 trln. so‘m daromadlar shakllantiriladi, Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘yicha esa 33 trln. so‘m mablag‘ undiriladi.
Joriy yilda soliq-bojxona siyosatini takomillashtirish orqali pandemiya sharoitidan keyin iqtisodiy faollikni tiklashga, aholi turmush farovonligini yaxshilashga hamda soliq ma’murchiligini yaxshilashga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Shu tadbirlar doirasida byudjet daromadlari bazasini mustahkamlash hamda soliq solishning adolatlilik tamoyilini ta’minlash maqsadida, jumladan:
2021 yilda quyidagi soliqlarning stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi – 15 foiz;
foyda solig‘i – 15 foiz;
ijtimoiy soliq – 12 (byudjet tashkilotlari uchun 25 foiz) foiz;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12 foiz;
aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi – 4 foiz;
dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan soliq stavkasi –
Do'stlaringiz bilan baham: |