Mundarija kirish 2


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga



Download 4,95 Mb.
bet50/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 2022 yilda respublika byudjetidan 4 146,6 mlrd. so‘m, ju jumladan vazirlikning joriy xarajatlariga 3 969,9 mlrd. so‘m, ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga 176,7 mlrd. so‘m ko‘zda tutilgan.
2021–2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari soni 110 ta, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalar filiallari 10 ta, ularda ta’lim oluvchi talabalar soni 606 mingga yaqinlashishi kutilmoqda.
2022 yilda:
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma- bosqich oshirilishi munosabati bilan Davlat byudjeti parametrlarida qo‘shimcha 471,3 mlrd. so‘m;
yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijara asosida yashayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarining 80 mingdan ortiq talabalarining ijara xarajatlarini bir qismini qoplab berish mablag‘lari 120,4 mlrd.so‘m;
oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yotoqxonalar qurish qiymatinining 30 foizi uchun subsidiya ajratish xarajatlari 149,8 mlrd.so‘m; davlat xususiy-sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari talabalari
uchun yotoqxonalar qurish va jihozlashning bir qismi uchun subsidiya ajratishga

28,8 mlrd.so‘m;


oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim krediti uchun davlat byudjetidan tijorat banklariga maqsadli resurslar ajratish xarajatlari 1 000,0 mlrd.so‘m;
kasb-hunar maktablariga 2021–2022 o‘quv yilida qabul kvotasi qo‘shimcha xarajatlariga 312,3 mlrd.so‘m;
kollej va texnikumlarda davlat buyurtmasi asosida qabul qilingan o‘quvchilarni o‘qitish xarajatlari 195,0 mlrd.so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2022 yilda respublika byudjetidan 3 064,7 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan vazirlikning joriy xarajatlariga 2 606,0 mlrd. so‘m, ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga 458,7 mlrd. so‘m ko‘zda tutilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun mahalliy byudjetlar xarajatlari bilan birga 2022 yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga ajratiladigan mablag‘larni oshirish siyosati davom ettirilib, dori vositalari, tibbiyot buyumlari, vaksina va bakpreparatlar uchun xarajatlar 2,3 trln. so‘mni yoki 2021 yil tasdiqlangan rejaga nisbatan 29 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Buning natijasida, masalan:
tuman markaziy shifoxonasida 2021 yilda bir o‘rin-kunga o‘rtacha dori uchun xarajat 13 220 so‘mdan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2022 yilda 14 542 so‘mga;
shoshilinch tibbiy yordam muassasalarida 2021 yilda bir o‘rin-kunga o‘rtacha dori uchun xarajat 48 315 so‘mdan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2022 yilda 53 147 so‘mga yetadi yoki 10 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Tibbiyot muassasalariga oziq-ovqat xarajatlari uchun 2022 yilda 686,1 mlrd. so‘m yoki 2021 yilga solishtirganda 14 foizga ko‘p mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Buning natijasida:
tuman (shahar) shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida bir o‘rin-kunga o‘rtacha oziq-ovqat uchun xarajat 2021 yilgi 21 000 so‘mdan 23 100 so‘mga;
silga qarshi kurashish muassasalarida bir o‘rin-kunga o‘rtacha oziq-ovqat uchun xarajat 2021 yilgi 25 000 so‘mdan 27 500 so‘mga;
yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bir o‘rin-kunga o‘rtacha oziq-ovqat uchun xarajat 2021 yilgi 21 000 so‘mdan 23 100 so‘mga;
bolalar shifoxonalarida bir o‘rin-kunga o‘rtacha oziq-ovqat uchun xarajat 2021 yilgi 22 000 so‘mdan 24 200 so‘mga va boshqa tibbiyot muassasalarida ham oziq-ovqat uchun xarajatlar sezilarli darajada oshirish rejalashtirilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi Davlat dasturlarini amalga oshirish maqsadida quyidagilar uchun Davlat byudjetidan mablag‘lar ko‘zda tutilgan. Jumladan:
koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 1 700 mlrd. so‘m;
birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida dori va tibbiy buyumlar uchun biriktirilgan aholi jon boshiga ajratilgan mablag‘ miqdorini o‘rtacha 3 baravarga oshirish xarajatlariga mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha 369 mlrd.so‘m;
bolalarni vaksinalar bilan ta’minlashga 205,0 mlrd. so‘m;
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda boshqa davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni bepul davolanish (tibbiy yo‘llanma) xarajatlari 279,1 mlrd.so‘m;
iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishga 50,0 mlrd.so‘m;
oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar uchun qo‘shimcha 20 mingta shtat birliklari ajratish xarajatlariga sog‘liqni saqlash tizim tashkilotlariga mahalliy byudjetlarda 451,1 mlrd.so‘m;
bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash dasturi bo‘yicha
2022 yilda 58,1 mlrd. so‘m;
odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishga 95,4 mlrd. so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish xarajatlari 101,6 mlrd.so‘m;
neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazish uchun 30,6 mlrd. so‘m ko‘zda tutilmoqda;
kam uchraydigan va boshqa irsiy genetik kasalliklari bo‘lgan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish hamda jismoniy va ruhiy ijtimoiy rivojlanishda orqada qolish xavfi bo‘lgan, orqada qolgan bolalarga erta yordam berish maqsadida 35,5 mlrd. so‘m;
endokrinologik kasalliklariga chalingan bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash xarajatlari 28,4 mlrd.so‘m;
buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash xarajatlari 19,0 mlrd.so‘m;
gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 100,5 mlrd.so‘m;
onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari 150,0 mlrd.so‘m;
onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar 125,0 mlrd.so‘m;
onalar va bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini ta’minlash uchun zarur dori va onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar 28,6 mlrd.so‘m;
6–23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukuni bilan, 2–10 yoshli bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan, homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3–5 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan, 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlash uchun 91,0 mlrd.so‘m;
“Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini yaratish uchun 30,0 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish