14-rasm.kirish oynasi. 2.3 Foydalanuvchi uchun qo’llanma
Yaratilgan cooking.uz web sayti foydalanuvchi uchun juda qulay, ya’ni har qanday foydalanuvchi tushuna oladigan darajada soddalashtirilgan. Foydalanuvchi bosh sahifada novigatsiya panelida keltirilgan menyularning har bittasiga tegishli bo’lgan bittadan namuna ko’rishi va bu namunalar bilan namuna nomini bosish orqali batafsil tanishishi mumkin.
Har bir sahifaning chap qismida barcha uchun kerakli bo’lgan foydali maslahatlar va ba’zi bir tavsiyalar keltirilgan. Foydalanuvchi rasm yuqorisida joylashgan nomlarni bosib bu ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin.
III XULOSA Mamlakatimizda hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sifatida yoshlarning bilimlarini oshirish hisoblanadi. Ayniqsa hozirgi axborot texnologiyalari asrida kompyuter sohasiga bo’lgan qiziqishni uyg’otishga e’tibor berish har doimgidek muhimdir. Xususan, internet tizimida ishlaydiganlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Bu esa yoshlarimizning web saytlar yaratish bo’yicha qiziqishlari tabora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda turli xil sohaga oid ma’lumot beruvchi alohida web saytlar juda ko’p. Shuni hisobga olib men ham web ilovalar yaratish fanidan kurs ishimda Elektron qurulmalar savdosi bilan shug`ullanuvchi firma web sayt yaratishga qaror qildim. Men web dasturlash bo’yicha o’rgangan bilimlarim asosida Elektron qurulmalar savdosi bilan shug`ullanuvchi firma web sayt yaratdim.
Ushbu web saytni yaratish jarayonida men web sayt yaratishning bir qancha bilimlarini o’zlashtirdim. Jumladan, avvalo, HTML tilida, unga yordamchi CSS , PHP tillarida ishlash ko’nikmalariga ega bo’ldim. Bundan tashqari ushbu web saytga joylashtirilgan ma’lumotlar va rasmlar ustida ishlash davomida MySQL bo’yicha ham bir qancha bilimlarga ega bo’ldim.
Kurs ishini bajarish uchun quyidagi vazifalar bajarildi:
· web ilovani yaratuvchi texnologiyalar o‘rganib chiqildi;
· web ilovani yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar bilan ishlash o‘rganildi;
· web - ilovani tarkibi ishlab chiqildi;
· Elektron qurulmalar savdosi bilan shug`ullanuvchi firma web saytni asosiy bo‘limlarining web texnologiyalar asosida dasturiy ta'minoti yaratildi;
· dasturiy ta'minoti uchun foydalanuvchi qo‘llanma ishlab chiqildi.
Kurs ishimni bajarishda men HTML, CSS va PHP haqidagi qo’shimcha adabiyotlardan foydalandim.
Ushbu kurs ishimni bajarish davomida egallagan bilimlarimni kelajakda ham ishlatib ularni yanada boyitib boraman deb o’ylayman.
IV FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
Денис Колисниченко “PHP и MySQL. Разработка Web-приложений”
Николай Прохоренок “HTML, JavaScript, PHP и MySQL. Джентльменский набор Web-мастера”