MUNDARIJA
KIRISH 2
I WEB ILOVALARNI YARATISH TAMOYILLARI 4
1.1 Web sayt haqida tushuncha 4
1.2 HTML, CSS, PHP haqida tushuncha 4
II Pazandachilik forumi tipidagi(ham o’rgatuvchi) WEB SAYT YARATISH 12
2.1 Web saytning strukturasi 12
2.2 Web sahifani yaratish 12
2.3 Foydalanuvchi uchun qo’llanma 22
III XULOSA 23
IV FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 24
FOYDALANGAN INTERNET RESURSLAR 25
ILOVA(dastur kodi) 26
KIRISH
Ta'lim inson tabiati va uning rivoji bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Bu xoxlagan bir ta'limning asosiy va ustun qonunidir (Disterveg A.). Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi - yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Hayot tajribalaridan ma'lumki, ko‘pincha yangi kashfiyot ma'lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi.
Biz so‘zsiz kompyuterning yaratilishini XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz.
XXI asr esa axborot texnologiyalari asri. Yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida bir qancha farmon va qarorlar qabul qilingan.
Barcha ishlab chiqarish, boshqaruv, ta'lim va boshqa barcha jarayonlarni avtomatalashtirish (kompyuterlashtirish) hamda undan samarali foydalanish zamon talablaridan biridir.
Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim sohasida foydalanish juda katta samara beradi hamda ta'lim sifatini oshiradi.
Darslarni virtual laboratoriyalar, masofaviy ta'lim hamda zamonaviy interaktiv vositalardan foydalangan holda olib borish ta'lim sifatini oshiribgina qolmasdan tinglovchi (o‘quvchi, talaba)da katta qiziqish uyg‘otadi. Bu albatta ularni tinglab dars o‘tgandan ko‘ra, ular ko‘rgan holda darsni olib borish ma'lumotlarni eslab qolish jarayonini osonlashtiradi.
Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib axborot texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma'lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Shuni hisobga olgan holda axborot texnologiyalaridan to‘liq va samarali foydalanib va o‘rganib chiqqan holda, voyaga yetayotgan yosh avlodning ongini, bilimini o‘stirish uchun axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish kerak.
Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar uning bir qismi bo‘lgan elektron darsliklarni yaratish sohasiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta'sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va bilim jihatidan boyib bormoqda.
Ushbu kurs ishining maqsadi Web texnologiyalari asosida Web dasturlash fani kesimida multimediali Pazandachilikni o’rgatuvchi web sayt yaratish.
Kurs ishini bajarish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
· web ilovani yaratuvchi texnologiyalarni o‘rganish;
· web ilovani yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar bilan ishlashni o‘rganish;
· web - ilovani tarkibini ishlab chiqish;
· dasturiy ta'minoti uchun foydalanuvchi qo‘llanmasini ishlab chiqish;
I WEB ILOVALARNI YARATISH TAMOYILLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |