Mundarija kirish 1 Yon


Kontrrezervuarli suv uzatish sxemasi



Download 420 Kb.
bet26/31
Sana23.01.2022
Hajmi420 Kb.
#403357
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
bahodir kurs ishi

Kontrrezervuarli suv uzatish sxemasi

2–rasm


Shaharlarda yong‘in o‘chirishga suv tarmoqlarda o‘rnatilgan gidrantlar orqali yong‘in o‘chirish avtomobillari yordamida amalga oshiriladi. Kichik shaharlarda yong‘in o‘chirish uchun suv sarfi ikkinchi ko‘taruv nasos stansiyasida o‘rnatilgan qo‘shimcha nasoslar yordamida ta’minlanadi, katta shaharlarda esa yong‘in o‘chirishga uzatiladigan suv sarfi xo‘jalik-ichimlik suv sarfining arzimas qismini tashkil etishi bois suv uzatish tarmog‘ining ish rejimiga deyyarli ta’sir etmaydi.

Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish suv ta’minoti sxemalari ishlab chiqarish xarakteriga, quvvatiga va suv manbasining joylashishiga bog‘liq bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri; suvni sovutib qaytadan ishlatish; suvdan ketma-ket foydalanish sxemalari bo‘lishi mumkin (ҚMҚ 2.04.02-97 ning 4.2-bandi va 11-bo‘limi).

Bitta korxonaning o‘zida yuqorida ta’kidlangan tizimlarning bir nechtasi har xil sexlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Masalan: ayrim sexlar uchun suvni sovutib qaytadan ishlatish tizimi, boshqa birlarida esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizim yoki ketma-ket foydalanish tizimlari qurilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun butun korxonaning ishlab chiqarish suv ta’minoti tizimi to‘g‘risida gapirilganda, u ko‘pincha aralash suv ta’minoti tizimi bo‘lishi mumkin.

Sanoat korxonasining xo‘jalik-yong‘inga qarshi suv uzatish tarmog‘i suvni shahar yoki tuman umumiy suv uzatish tarmog‘idan olishi yoki ular mavjud bo‘lmagan hollarda alohida (mustaqil) suv ta’minoti manbai sxemasi qabul qilinadi. Qulay gidrogeologik sharoitlarda, aksariyat hollarda, suv manbai sifatida artezian quduqlaridan foydalaniladi.

Obyekt ichki xo‘jalik-yong‘inga qarshi suv uzatish tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar suv ta’minoti tarmog‘idan suv berilishi shahar tarmog‘idagi erkin bosim suvni kerakli bosimda korxona suv iste’moli grafigi asosida ta’minlanishi uchun yetarli bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Korxonalar suv ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida shahar suv o‘tkazish tarmog‘ining turli magistral (bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan) chiziqlaridan kamida ikkita kirish quvuri tortilishi shart.

Agar ichki zavod suv uzatish tarmog‘i uchun talab qilingan bosim shahar magistral suv uzatish tarmog‘idagi erkin bosimdan katta bo‘lsa, suv uzatish tarmog‘idagi bosimni ko‘tarish uchun mahalliy kuchaytirish nasos stansiyasi quriladi. Ular suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar suv uzatish tarmog‘idan olishi mumkin. Bunday hollarda korxonaning xo‘jalik-yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimida tarmoqdagi talab qilingan bosimni bir maromda ushlab turadigan va suvni sarflash grafigiga rioya qilinishini ta’minlaydigan alohida (mustaqil) bosim rostlash inshootlari (pnevmatik uskunalar) ko‘zda tutilishi lozim. Shahar magistral suv uzatish tarmog‘idagi kafolatli bosim korxonadagi xo‘jalik-ichimlik maqsadidagi suv iste’moli uchun yetarli, ammo yong‘in o‘chirish ehtiyoji uchun talab qilingan bosimdan kichik bo‘lsa, yong‘in o‘chirish vaqtida bosimni kuchaytiruvchi qo‘shimcha nasoslar o‘rnatiladi.

Sanoat obyektlarining yong‘inga qarshi suv uzatish tarmoqlari past yoki yuqori bosimli bo‘lishi mumkin. Oxirgisi yong‘in o‘chirish deposi korxonadan 2 km dan uzoqda joylashganda va ko‘chma yong‘in o‘chirish vositalari imkoniyati yetarli bo‘lmaganda o‘rnatiladi. Shuni inobatga olish joyizki, yuqori bosimli suv uzatish tarmoqlarida, yong‘in sodir bo‘lgan paytda, bosim suv minorasini tarmoqdan uzib qo‘yish ko‘zda tutilishi lozim. Yong‘in o‘chirish samaradorligini oshirish maqsadida yong‘inga qarshi suv uzatish tarmoqlari qo‘shimcha ravishda suv va ko‘pik yordamida yong‘in o‘chirish uskunalari, statsionar va ko‘chma lafet dastaklari bilan jihozlanishi mumkin.

Agar xo‘jalik-yong‘inga qarshi suv uzatish tarmog‘i ortib borayotgan suvga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmasa, ba’zan ishlab chiqarish suv uzatish tarmog‘ida ham yong‘in o‘chirish gidrantlarini o‘rnatishga boriladi. Yong‘in o‘chirish zarurati uchun hovuz-sovutgichlar, sochma-basseynlar va gradirnyalar (issiq suvni sovutadigan minorasimon qurilma)dan foydalanish mumkin

Hozirgi me’yorlarga asosan aholisi 5000 kishigacha bo‘lgan, asosan qishloq hududlarida joylashgan aholi maskanlarida xo‘jalik-ichimlik, ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish maqsadlaridagi suvni ta’minlovchi yuqori bosimli birlashgan suv uzatish tarmog‘i qurilishi lozim.

Kichik aholi maskanlari xo‘jalik-yong‘inga qarshi suv ta’minoti uchun odatda yer osti suv manbalari (shaxta qudug‘i va skvajinalar) dan suv oluvchi mahalliy suv ta’minoti tizimi qo‘llaniladi. Suv ko‘tarish moslamalari sifatida asosan markazdan qochma va porshenli nasoslardan foydalaniladi. Yong‘in o‘chirish maqsadida suv olish uchun suv uzatish tarmoqlarida gidrant yoki gidrant-kolonka o‘rnatiladi.



Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish