I. YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY - MEYORIY ASOSLARI VA YONG‘INLAR TО‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1. YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY - MEYORIY ASOSLARI.
Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi sub’ektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |