Iqlimoy
Qobil Hobil
Sevgi Olloh tomonidan ikki insonga, ularning yuragiga solingan ilohiy ishq.
Ishq bo’lganda ham g’ayritabiiy hislarga, inja tuyg’ularga o’ralgandir. Har bir inson dunyoga kelibdiki, bu tuyg’uni o’zida qandaydir holatda ma’lum bir vaqtda boshdan kechiradi.
Muhabbat iztiroblari bu qadar ko’pligining sababi nimada? Ko’pchilik insonlarning hayotida aksariyat “sevgi uchburchagi” hatto ko’pburchaklari ro’y beradi, chunki ular savqitabiiy ravishda (ong osti qatlamida) shu jarayonga moyildirlar. Muhabbat munosabatlari g’aroyib geometrik shakllarni hosil qiladi. Bunda klassik uchburchaklar, jiddiy kvadratlar va turli shakldagi ko’pburchaklar ham uchraydi1.
Tadqiqotchilar shunday xulosaga keldilarki, odamning bir necha “roman”ga bir vaqtda intilishi bu patalogiya bo’lmay, uning ong ostida kechadigan tabiiy jarayonlarning natijasidir. Shunday qilib, ishqiy munosabatlar ikkitadan ortiq odamlar o’rtasida ro’y bersa, buni xalqda “sevgi uchburchagi” deydilar. Uning ko’rinishlari ham bir talay bo’lib, ikkita odam bir kishiga nisbatan muhabbatni his qiladi yoxud ularning barini yaqin munosabatlar bog’lab turadi.
Jamiyatda “sevgi uchburchagi” konflikt xolatini yuzaga keltiradi, chunki xuddi qonuniy bo’lganiday uchala shaxsdan hech bo’lmasa birida yoki ikkitasida norozilikni tug’diradi. “Sevgi uchburchagi” tufayli adabiyotda, teatr va kinomatografiyada buyuk asarlar dunyoga kelgan. Bunday asarlar ijodkorlarining o’zlari ham ana shunday sevgi taqdirini boshdan kechirganlari ham oz emas. Ular asarlarining qahramonlarini o’zlaridan kelib chiqib tasvirlaganlar.
Inson miyasida uchta markaz borligi, bu markazlarning ishqiy munosabatlarning uchta aspektiga: iliq munosabat, samoviy romantik kechinmalar va jo’shqin ehtirosga javob berishini shu sohaning olimlari aniqlaganlar. Agar uchala markaz bir kishiga qaratilsa, muhabbat juftligi baxtiyor bo’lishiga hamma imkonlar topiladi. Biroq hayotda samoviy romantik tuyg’ularni boshqa bir kishiga nisbatan his qilish, g’amxo’rlik va mehribonlik hislarining ikkinchi bir shaxsga qaratilishi, uchinchi bir kishiga nisbatan jo’shqin ehtiros tuyish holatlari uchraydi. Bunday munosabatlar albatta xavfli. Muhabbat bobida murakkab geometrik figuralar hosil qilishga yengiltak fe’l-atvorga ega kishilar intiladilar. Ularni sof muhabbat emas, nafs boshqaradi.
Uchinchi bir kishining paydo bo’lishi sevishganlardan biri qaysi holat va martabada bo’lishidan qat’iy nazar qalbini parokanda etadi, jarohatlaydi. Istisno emaski, rashk hislarini boshqarishga, haqoratlanganlik va xiyonatni boshdan o’tkazishga to’g’ri keladi. Xiyonatga uchragan kishining o’zigagina havolaki, u bu holatni qanday qabul qiladi: nadomat va g’azab yoinki “sevgi uchburchagi”ni hayot darsi deb qabul qilish hamda o’z qadrini ko’rsatishga harakat qiladi. Munosabatlardagi uchburchak, ya’ni “sevgi uchburchagi” inson hayoti uchun tipik hodisa hisoblanadi. Uning qaysidir shakl va holatda paydo bo’lishidan ham birov ihotalangan emas. Mabodo paydo bo’lgan taqdirga unga salbiy munosabatda bo’lishga moyildirmiz. Qaysi mavqeda tursa ham odamda bu holat salbiy tuyg’ularni uyg’otadi. Yoki boshqa tomondan ikkinchi odamga nohaq munosabatda bo’layotganimiz, qalbiga chuqur jarohat yetkazayotganimiz ayon bo’ladi. Uchburchak munosabatlar ostida paydo bo’ladigan his –tuyg’ular ko’pincha ortiga qaytadi va aksariyat butkul yo’qoladi. Bu o’rinda juda qiyin holatga duch kelinadi, bunday munosabatlarning yuzaga kelishida kimnidir ayblashga moyilmiz yoki o’zimizni o’zimiz yoxud ikki kishidan birini ayblaymiz. Biroq, uchburchaklar arxetip xarakterga ega, bizni insoniy munosabatlarning universalligi to’g’risidagi masala qiziqtirsa, uch ming yillik adabiyotni o’qish kifoya qiladi. Nafaqat romanlarda lirikada ham “sevgi uchburchagi”na emas, ko’pburchaklari ham tasvirlanadi:
Sen meni sevasan, men esa uni,
O’zgani sevadi biroq sevganim,
Uni ham sevmaydi, axir, sevgani
SHu zanjirlar balki sevgi degani... (Rahim Karim)14
Mazkur she’r bandida sevgi beshburchagi namoyon bo’lmoqda. Bu shakldagi burchaklar biri ikkinchisi bilan uchrashmaydigan zanjirlar singaridir:
sen
men u
o’zga sevgani
Bunday munosabatlar qurshovidagi har bir odam og’riqli tuyg’ukechinmalarni boshdan kechiradi, uning olamida yoqimsiz o’zgarishlar bo’lishi tabiiy. Agar kimningdir hayotida “sevgi uchburchagi” paydo bo’lsa, bunda o’ziga xos maqsad mujassam. Agar bu holatda nadomat va g’azab tanlansa, bu tanlov tabiiydir.
Uchburchaklarning turli xildagi ko’rinishlari bor. Ayrim uchburchaklarda burchaklarning uchalasi ham qat’iydir. Ikkita qahramon va ularning biri bilan bog’langan uchinchi odam bor bo’lib, munosabatlarning davom etishiga umid yo’q. Ular statik holatda bo’lib, bu munosabat o’n yillar davom etishi mumkin, toki uchalasidan biri halok bo’lmaguncha. Boshqa sevgi uchburchaklarida yuqoridagi burchak doimo o’zgarib turadi.
Aslida tabiatdagi aksariyat narsalar, buyumlar, hatto hodisalarning ham juftlikda yaratilganini ko’rish mumkin. Insoniy munosabatlarda ham juftlikdagi suhbatning oqlanishini maqol, matallarda ham kuzatiladi. Masalan, o’zbeklar
nutqida fors-tojik tilidagi “Suhbati chor, anda maza bor, Suhbati panj anda maza lanj” kabi maqol qo’llanishi bejiz emas.
Yana shunday turdagi uchburchaklar borki, ularning burchaklarida otaonalar va bolalar joylashadi. Uchburchak do’stlik munosabatlari asosiga ham quriladi. SHunday uchburchak turlari borki, ular nisbatan murakkabdir, odamlar qatorida boshqa jonzot va narsalar mavjud bo’ladi. Qahramon sevgilisini uning o’z mashg’ulotiga berilganligi uchun qizg’anadi, bu mashg’ulot ijodiy ish, san’at bo’lishi ham mumkin, holbuki, mashg’ulot unga ma’naviy ozuqa beradi. Bunday uchburchaklar qahramonda xuddi insonlar qatnashgan uchburchaklarda bo’lgani singari rashkni uyg’otadi. Ijodga berilgan odam yonidagi odamni yolg’iz qoldiradi va bu holat yolg’izlatilganning kuchli rashkini keltirishi tabiiy. Hatto shunday sevgi uchburchaklari borki, ularda uy hayvonlari ham qatnashadilar. Bu ehtimol bo’lmag’ur gapdek tuyular, biroq jabrlanuvchi, ozorlanuvchi kishi kuchli rashkni his qiladi, qalbi jarohatlanadi, o’zini yolg’iz qoldirilgan hisoblaydi, muhabbatining egasini biror uy hayvoni, iti yoki mushugiga bog’langanidan qayg’uradi. Uchburchaklarning bu turlari bir-biriga aloqador emasday tuyulishi mumkin. Lekin barchasiga birday bo’lgan xususiyat sevgi masalasidir. Sevgisiga uchinchi bir shaxs tomonidan ega chiqilishi holatiga sevuvchi o’zini xiyonat ko’rgan, aldangan, haqoratlangan, inkor etilgan his qiladi.
Uchburchakning birinchi cho’qqisi. Xiyonatkor deb boshqa bir inson bilan munosabatga kirishgan kishi tushuniladi. Bunda uning tanlovi to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat’iy nazar sevgi tuyg’ulari ikki xil ob’ektga qaratilgani ma’lum bo’ladi. Aksariyat insonlar garchi ongli ravishda liberal qarashlarga ega bo’lsa-da, ko’nglining tubida insonning sevgisi faqat bir kishiga qaratilgan bo’lishi kerak, deb his qiladi.
Deyarli barcha xalqlarda sevgi masalasidagi tushuncha va saqlanib kelinayotgan qadriyatlar mohiyati shundaki, inson bir kishini sevishi kerak. Xiyonatga, xatoga yo’l qo’ygan kishining “Men qalbimda pushaymonlik sezyapman, abgor ahvoldaman”, degan so’zlarini eshitmaymiz. Balki ular: “Meni u umuman qadrlamayapti, u menga A,V,S va yana boshqa narsalarni bermayapti, bular esa mening baxtli bo’lishim uchun kerak. SHu bois ham men uni boshqa joydan qidiryapman”.
Uchburchakning ikkinchi cho’qqisi. Markazdagi shaxs jabrdiyda singari namoyon bo’ladi. U o’zini shu holatga boshqalar sababli tushib qolganini ro’kach qiladi.
Uchburchakning uchinchi cho’qqisi. Bu ikki sevishganning o’rtasiga tushadigan raqib: “qorabotir”lik qiyofasidagi odam. Bunday raqib odatda qoralanadi. CHunki u mavjud munosabatlarni barbod qiladi. SHunday odamlar yoki asar qahramonlari borki, ular uchburchakning har uchala holatida ham o’z rollarini bemalol o’ynay oladilar.
Roman kompozitsiyasida “sevgi uchburchagi”ning paydo bo’lishi katta ahamiyat kasb etadi. CHunki asarda tugun tugilishi “uchinchi odam”ning voqealarga kirib kelishi bilan bog’liq, bu esa konfliktni yuzaga keltirib voqealar rivojiga turtki beradi va o’z navbatida xotimaga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |