Zuhra
Eri Askar yigit
Asarning bosh qahramonlaridan Munavvar sevgan yigiti Muzaffarning qondosh aka ekanini onasidan eshitgach, nomussizlikka chidolmaydi, bir hovuch tabletkalarni ichib yuboradi. Bu vaqt zilzila ro’y berib Munavvarni uyning to’sini bosib qolib o’ladi. Muzaffar uning o’limidan o’ziga kelolmaydi, o’qishni tashlab yuboradi, uylanmay yuradi.
Munavvarning onasi Bashorat Muzaffarga “Munavvar sening singling”, degan so’zlarni ming iztiroblar bilan aytarkan, urushni la’natlaydi, Muzaffarning onasi Ra’no va Umar zakunchini qarg’aydi. Darhaqiqat, agar Muzaffar Munavvarga aka bo’lib chiqmaganida ular turmush qurishlari va baxtli bo’lishlari mumkin edi-ku!
Asar davomida yozuvchi urushning oqibatlari necha necha yillarga ham ta’sir etayotgani, odamlarning baxtlarini o’g’irlayotganini ta’kidlayotganday bo’ladi va bu esa insonlarni hushyor bo’lishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |