Mundarija kirish 1 bob. “O'tgan kunlar'' romanida milliy qadriyatlarning badiiy



Download 0,62 Mb.
bet18/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#452529
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O\'tkan kunlar

XULOSA


Roman janri paydo bo’lgandan buyon inson va uning hissiy kechinmalari, tuyg’ulari, shuningdek, sevgisi tarixi yoki taqdiri masalasi birlamchi markazda turadi. Sevgi mavzusi roman shakli uchun qadimdan mos, chunki sevgi voqealarini keng ko’lamli tarzda epik planda badiiy aks ettirish ana shu janr qulay hisoblanadi. Roman janrining tadrijiy takomiliga nazar tashlansa dastlabki romanlar ko’ngil ochish uchun, yengil sevgi voqealarini aks ettirish vositasi bo’lganini ko’rish mumkin. “Roman” atamasining o’zi ham “sevgi bobida shov-shuv bo’lmoq” ma’nosida qo’llanadi. Aytish kerakki, romanlar uchun an’anaviy bo’lgan sevgi mavzusi ham insoniyat uchun Odam Ato va Momo Havodan merosdir.
Har bir kishilik jamiyati uchun sevgida ikki qalbning tutashuvi qadrlanadi, xayrixohlik bildiriladi. Bu munosabatlarga uchinchi, to’rtinchi, beshinchi va h.k. kishining aralashuvi muammoni paydo qiladi. Ana shu muammoni hal etishga urinish asar qahramonlari o’rtasidagi konfliktni paydo qiladi. “Sevgi uchburchagi” yoki ko’pburchagi asosiga qurilgan romanlar dunyo adabiyotida, xususan, o’zbek adabiyotida ko’pchilikni tashkil qiladi. Bugungi kunda “sevgi uchburchagi” asos bo’lgan kinofilьmlar, spektakllar, teleseriallar ham talaygina. Syujetning dramatik xarakterga ega bo’lishi, voqealarning shiddatli kechishini ham xuddi ana shu “sevgi uchburchagi” ta’minlaydi.
Romanning tarixiy tadrijiga razm solinsa, uning asosiy mavzusi azaldan sevgi bo’lib kelgan. Milliy romanchiligimizdagi A.Qodiriyning “O’tgan kunlar”, CHo’lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Qutlug’ qon” romanlarida asosan tariximizdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar tasvirlanadi. Romanning o’zagi esa “sevgi uchburchagi” yoki ko’pburchagi asosiga qurilganini kuzatish mumkin. Har uchala roman uchun umumiy jihat shundaki, jaholat urchib turgan jamiyatda ikki sevishganlar baxtli bo’lolmaydi, degan g’oya birlashtirib turadi. Farqli xususiyatlar esa shundaki, Qodiriy Kumush timsolida o’ziga to’q oila ayolining umumlashtirilgan tipini ko’rsatsa, CHo’lpon turli bo’g’indagi xotin-qizlar taqdirini qalamga oladi. Oybek ijodida ham zulm ko’rgan ayollarning mash’um fojeasi tasvirga olinadi.
Inson shaxsiyatidagi xudbinlik va g’arazliklar uni yaxshi oqibatga olib borilmasligi bor gap. Aytadilarki, odam yomon bo’lib tug’ilmaydi, u o’sib ulg’ayar ekan, tarbiyani atrof-muhitdan oladi. Abdulla Qahhorning “Sarob” romani bosh qahramonlari Saidiy va Munisxonlarning muhabbatlari ana shunday yomon muhitda yemirilib tugaydi. Ular o’zlarining g’arazli maqsadlari tufayli meshchanlik kayfiyati quliga aylanib sevgilarini barbod qiladilar, majburiyat yuzasidan har ikkisi boshqa boshqa turmush quradilar. O’zlarining intilganlari bari sarob ekanliklarini bilib jonlariga qasd qiladilar.
Sovet-german urushi davri mavzusi qalamga olingan “Ufq”, “Ikki eshik orasi” romanlaridan urushning inson irodasi va muhabbatini sinaydigan jarayon ekanligi anglashiladi. “Ufq” romanida bir necha “sevgi uchburchagi” bor bo’lib, ulardan Nizomjon – Dildor – A’zamjon uchligi nisbatan ijobiy hal qilingan bo’lsa, “Ikki eshik orasi”dagi uchliklarning taqdiri bari fojeali yakunlanadi. Ikkinchi romanning muallifi garchi urush yigirma yillar narida qolgan bo’lsa ham uning fojeiy oqibatlari bugunimizga ham soya solmoqda, degan fikrlarni xulosa qiladi go’yo. Xiyonat va sadoqat, irodalilik va irodasizlik, nomus, vijdon, oriyat singari tushunchalarning hech qachon inson qalbidan yo’qolmasligiga ishonch bildiradi.
Tinch zamonda yashasa ham o’z hayotidan minnatdor bo’lmay ko’ngil ko’chasiga kirib so’ng pushaymon bo’lgan ayol iztiroblari va kechinmalari O’ktam Usmonovning “Girdob” romanida tasvirlanadi. Asarda Saltanatning eriga xiyonati kitobxonni g’azablantiradi, shuningdek, o’ziga xos xulosa chiqarishga undaydiki, asarning tarbiyaviy ahamiyati katta.
Hozirgi davr o’zbek romanchiligi shakl va uslubning rang-barangligi, mavzu va g’oyalarning turfaligi, qahramonlar hayotining romantik-taxayyuliy hamda realistik tasvirlash asosiy xususiyattlardan hisoblanadi. Ulug’bek Hamdamning “Sabo va Samandar” romanida sevgi masalasi ko’p motivliligi bilan o’ziga xos.
Asarga kiritilgan rivoyat, dostonlarlarda ham “sevgi uchburchagi” masalasining mavjudligi syujetning qiziqarli, o’qishli chiqishini ta’minlagan. Roman qahramonlari xarakterining romantik bo’yoqlarda tasvirlanishi, ular qismatining fojea bilan yakunlanishi, sevgi borasidagi fikrlarning serko’lamligi kitobxonni o’ziga tortadi, asar voqealari bu zamonda ham Layli va Majnunlar borligiga ishontiradi go’yo.
Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa” romanida esa sevgining mansabparastlik, manfaatparastlik oqibatida barbod bo’lgani tasvirlanadi. Abdulla Hakim va Sadir obrazlari orqali yozuvchi shoirona qalb sohiblarining sevgida sobitligini ko’rsatsa, Halima misolida taqdiri palaxmon toshiday bo’lgan bir o’zbek ayol tasvirlanadi, Gulxumor esa yo’ldan adashgan, davr to’fonida oq-qorani ajrata olmaydigan holga tushgan ayol, Kabirov xarakterida esa sobiq sho’rolar hokimiyatining soxta g’oyalari tashabbuskori, amalidan ayrilishdan qo’rqib ko’r-ko’rona buyruqlarni bajaruvchi shaxslar qiyofasi ro’y-rost ochib tashlanadi.
O’zbek romanchiligi uzoq yillik tarixiy taraqqiyot yo’liga ega. Ana shu davrlar mobaynida roman janrida turli izlanishlar amalga oshirilgan. Inson ruhiyati va qalbi qanchalik murakkab va qiziqqarli bo’lsa, uni ifodalashdagi turfalik ham shu qadardir. Sevgi tuyg’usi haqida qarashlar, munosabatlar, nazariyalar barcha davrda turlicha bo’lgan. SHuning barobarida uning badiiy asardagi ifodasi ham shu qadar qiziqarli va jozibalidir. O’zbek romanlaridagi “sevgi uchburchagi” masalasi bugungi davr o’quvchisining ma’naviy olami haqida o’ylashga, pok tuyg’ularni e’zozlashga, sevgida sobit bo’lishga, sadoqat tushunchasini qalban his etishga undaydi. Zero, insonlarni bu hayotda muhabbat tuyg’ulari tutib turarkan, hech qachon hech bir kishi “sevgi uchburchagi”dagi “uchinchi odam” bo’lib qolmasin. SHundagina adabiyot ham ezgulik oldidagi vazifalaridan birini uddalagan bo’lar edi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish