ABSTRACT This master's dissertation discusses the role of the family as a key link in society and the importance of properly shaping the relationship between a mentally retarded child and a parent in the family. Scholars have commented on the upbringing and spiritual development of children in the family. It is safe to say that the proper management of the relationship between the parents of a mentally retarded child in the family can help mentally retarded children find their place in society and prevent many crimes in society
KIRISH Mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda «sog’lom ona — sog’lom bola» masalasi davlat siyosatining ustuvor yо’nalishiga aylandi. Farzandlarimizning hech kimdan kam bо’lmay ta‘lim-tarbiya olishlari, о’z bilim va iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada bugungi yosh avlod о’zining intellektual va jismoniy salohiyatlarini ishga solgan holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonib, yuksak marralarni qо’lga kiritmoqda.
Davlatimiz siyosatida nafaqat meyorida rivojlanayotgan bolalar, balki rivojlanishida muammolari bо’lgan bolalarga ham e‘tibor juda kuchli. Buni biz yurt boshimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlar va ularning ijrosida xam ko’rishimiz mumkun. “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari” to’g’risida qonun .
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan bo’lib Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma’qullangan bu qaror asosida xar bitta nogironligi bo’lgan shaxslarning xuquqlari qonun tomonidan himoyalanganligini ko’rishimiz mumkun.
“Alohida ta’lim extiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim –tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari” to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida birnechta shu kabi qarorlar qabulqilingan bo’lib ularning ijrosini amalda xam ko’rishimiz mumkun.
Bugungi kunda respublika boʻyicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda 21,3 ming nafar, 22 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan 13,8 ming nafar oʻquvchilar uyda yakka tartibda oʻqitilmoqda. 5,9 mingdan ortiq umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 64,6 ming nafarga yaqin oʻquvchilar inklyuziv taʼlim bilan qamrab olingan. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni sogʻlom bolalar qatorida umumtaʼlim maktablarida oʻqitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning umumtaʼlim maktablariga integratsiyalashuvi tajribasi qoʻllanilishi natijasida soʻnggi yillarda 500 nafarga yaqin alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qaytarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori bilan 2020–2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiya doirasida: umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 51%da (umumiy soniga nisbatan) inklyuziv taʼlim tizimi joriy etiladi; maxsus taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalarning (umumiy soniga nisbatan) 40% umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻqitiladi; uyda taʼlim olish uchun alohida ehtiyojga ega bolalar soni (umumiy soniga nisbatan) 11 %gacha kamayadi.
Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi» hamkorligini yanada kuchaytirish bо’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasi doirasida farzand tarbiyasida va ta‘lim olishida ota-onalarning mas‘uliyatini oshirish chora tadbirlarixam ko’rilib kelinmoqda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lmish oilaning o’rni haqida Oilada aqli zaif bola va ota –onalarning munosabatlarini to’g’ri shakillantirilish qanchalik muxum ekanligi xaqida fikr yuritilgan. Oilada farzand tarbiyasi va ma’naviy-ahloqiy shakllanishi borasida olimlarning fikrlari talqin qilingan. Oilada aqli zaif bola ota –onalarning munosabaatlarini to’g’ri yo’lga qo’yilishi jamiyatda aqli zaif bolalarning o’z o’rnini topishga xamda jamiyatda ko’pgina jinoyatlrning oldi olinishi mumkunligini bemalol aytib o’tsak bo’ladi .