Mundarija: Kirish 1 bob. Odil Yoqubovning yangi o’zbek taraqqiyotidagi o’rni va Odil Yoqubov ijodiga pafos masalasi


II BOB. “OQ QUSHLAR OPPOQ QUSHLAR” ROMANIDA PAFOS MASALASI



Download 122,5 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2022
Hajmi122,5 Kb.
#600625
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 bob. Odil Yoqubovning yangi o’zbek taraqqiyotidagi o’rni va Od

II BOB. “OQ QUSHLAR OPPOQ QUSHLAR” ROMANIDA PAFOS MASALASI
2.1. “Oq qushlar oppoq qushlar” romanida davr muhiti va qahramon ruhiyati talqini
Epik maydonning tasavvuriy tezkorligi va ongdagi turlanish asar uslubiy manerasini belgilaydi. Zero, xalq etiqodi, inson irodasi va shaxs manaviyati davr umumruxiyatining mag’zini tashkil etadi. Odil Yoqubov uslubi ruxiy tahlilga moyillikning mag’zini tashkil etadi. Odil Yoqubov uslubi ruhiy tahlilga moyillikning ustuvorligi, qahramon o’y-fikrlaridagi analistik xarakter, falsafiy mushohada kengligi bilan poetik o’iga xoslik kasb etadi. Adib odatda xarakterning shakllanish bosqichlarini inson ma’naviy dunyosidan axtaradi. Badiiy til tabiatini boyitadi. Va shu bilan birga asardagi insonga hissiy ta’sir qilish yani pafos o’rinlarini ham alohida e’tiborga oladi. Odil Yoqubovning bu asarida pafos nihoyatda yuqori o’rinni egallaganini ilg’ab olish qiyin emas. Muallif nutqidagi monotonizm (muallif ovozi va qahramon bayoni maksimal darajada birbiroiga yaqinlashib ketadi.) adib romanlari uslubiy manerasini belgilab beradi. Yanada aniqrog’i, yozuvchi aksar holatlarda xos nuqtayi nazarini qahramon intelekti tabiatiga singdirib yuboradi. “Diyonat”, “Oq qushlar oppoq qushlar”, “Adolat manzili”, “Osiy banda” romanida ijtimoiy-siyosiy evirilishlarining inson turmush tarziga, shu jumladan, millat psixologiyasiga ta’sirini aks ettiradi. Yangicha aspektda yoritilgan asarda kata ahloqiy-falsafiy muammoning gumanistik mohiyati ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, harakter mantig’I, qahramon ruhiyatining yoritilishida adib teran ijtimoiy-badiiy umumlashmalar yaratadi. Mazkur xususiyatlar- ichki nutq , hatti harakat, situatsiyalar, badiiy shtirixlar, hayotiy, tafsilotlar, pafos, birligi tarzida epic makon kategoriyasidan oziqlanadi. Adib uslubida namoyon hissiy tovlanishlar tizimi tasvirda xolislik, xarakteraro mantiqiy izchillikka yo’l ochadi. Adib tarix, bugun va kelajak uchligini falsafada markazlashtiradi. Qahramon tabdilidagi keskinlik talqin va tahlil tezkor o’rin almashinuvlarini taminlaydi. Muallif hayotiy ziddiyatlar falsafiy teranligini umumlashtirishga intilarkan, ijtimoiy-ruhiy munosabatlar mutanosibligi inqirozi inson faoliyatdan ibtidolanishiga etiborni qaratadi. Kichik muloqot qatida asrlar mobaynida insoniyatni mudom tashvishga solib kelayotgan muammolar o’z ifodasini topgan. Yozuvchining aynan “Oq qushlar oppoq qushlar” asarida ham obrazlar porterini, tashqi qiyofasini chizishda xolislik tamoyili yetakchilik qilganligi asoslanadi. Yozuvchining “Oqqushlar, oppoq qushlar” asari gʻoyaviy muammolari jihatidan “Diyonat” romaniga birmuncha yaqin turadi. Bu romanda oʻlkamizda oʻzboshimchalik, koʻzboʻyamachilik illatlariga qarshi boshlangan ayovsiz janglar, poklanish deb atalgan va hamma sohada ijtimoiy adolatni barqaror etish uchun borgan 80-yillar oʻrtalaridagi shiddatli kurashlar qalamga olinadi. Roman markazida Shorahim shovvoz, Rasul va Muzaffar timsollari turadi. Shu uch qahramonni yonma-yon tasvirlab borish va hayotning turli tarmoqlarini, muammolarini, insonning rang-barang ruhiy dunyosini qamrab olish yoʻli bilan O. Yoqubov zamonaviy polifonik roman yaratishga uringan. Oq qushlar oppoq qushlar romanini o’qishni boshlar ekanmiz unda boshlanishidayoq berib o’tilgan epigiraf ning o’zdan pafosni his qilishimiz mumnkin asar shunday boshlangnan:
Tirigimda qadrim bilmadingiz, jo’rajon,
O’lgandan so’ng xoh biling, xoh bilmangiz jo’rajon
Asarning shu jumlalaridanoq biz pafos namoyon bo`la boshlanganini ko’ramiz. Yani asar davomida insonning qadr qimmatining ustuvorligi qanchalar qadrlanish yoki qanchalar oyoq osti qilinishi yuqori ruhiy kechinmalar bilan berib o’tiladi. Yuqorida aytib o’tilgan fikrlarga qo’shimcha qilgan holda A.B. Esinning bir fikrini aytib o’tsak: "Pafos" atamasi mafkuraviy va hissiy baholash sohasini, yozuvchining o'zi tomonidan qayta ishlab chiqarilgan va tushunilgan ob'ektiv haqiqat bilan baholash munosabatlari sohasini qamrab oladi. Pafosda yozuvchining u yoki bu ijtimoiy-madaniy vaziyatdagi qiymat yo'nalishi eng katta darajada mujassamlangan" Odil Yoqubov Esinning bu fikridan “Oq qushlar oppoq qushlar” asarida to’laqonli foydalangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Pafos - bu asarning asosiy hissiy ohanglari, asosiy emotsional kayfiyati, shuningdek, muallif tomonidan ma'lum bir belgi, voqea, hodisani hissiy va baholovchi yoritishi.... Ushbu ta'rifdan pafos muallifning pozitsiyasi va asarning g'oyaviy ovozi bilan bevosita bog'liqligi darhol aniq bo'ladi. Pafos yozuvchiga o'zi yaratgan badiiy dunyoni jonlantirishga yordam beradi va o'quvchini adabiy asar badiiy olamida sodir bo'layotgan personajlar va hodisalarni u yoki bu hissiy idrokiga moslashtiradi. Odil Yoqubov bu asarida ichki pafosning turli xil shakillaridan foydalangan. Yani u inson ong oqimining tartibga keltirilgan uzundan uzoq yirik, bir necha obrazidan iborat matn ko’rinishidagi variantidan tortib, bir so’zdan iborat bo’lgan ichki pafosning replikigacha foydalangan.

2.2. Adibning “Oq qushlar oppoq qushlar” asarida pafos masalasi


Har bir badiiy asar muallifning ichkli tug’yoni , kechinmalari, orttirgan hayotiy tajribasi mahsuli bo’lib dunyo yuziniko’rar ekan, tabiiyki, unda hayot haqiqati mujassam bo’ladi. Chinakam badiiy asar haqqoniyatni tasvirlash bilan bir qatorda, inson, uning taqdiri, ruhiyatidagi jarayonlar, qalbining tubidagi tuyg’ularini ham teran gavdalantira oladi. Adabiyotshunos M.Baxrtin haqiqiy badiiy kuchga ega asarlar mazmuni haqida fikr bildirib, shunchaki adabiy konteksda “olam” so’ziga tegishli, ammo olam bilan aloqasi bo’lmagan asarlar mavjud ekanini qayd etadi. Bunday ijod namunalari zamonaviy davriy nashrlar sahifalarida tug’iladi., yashaydi va baho beradi munaqqid. Yillar, asrlar, o’tsa ham, badiiy qimmatiga putur yetmaydigan, insonlarga to’g’ri yashash, insoniyliga sodiq qolish singari xulosalarga kelishida tayanch bo’la oladigan asarlar o’lmasdir. Odil Yoqubovning “Oqqushlar oppoq qushlar” romanlari insoniy fazilatlar bilan birga odamlararo ziddiyatlarni mohirona yorita olgan ana shunday so’z san’ati namunalari sirasiga kiradi. Asardagi har bir qahramon o’zgacha bir ruhiyatda tasvirlangan. Ayniqsa asar qahramonlari bo’lmish “Oysuluv” va “Shorahim” obrazlarida hissiy tuyg’ular, yani pafos yuqori o’rin egallagan. Asarni o’qib borar ekanmiz bu qahramonlarga bevosita achinib, gohida esa qalbimiz qattiq og’riydi. Odil Yoqubov bu asarida insonlar orasida bir qator ziddiyatli munosabatlarni tasvirlashda kuchli yomg’ir, bo’ron va sel singari tabiiy ofatlardan foydalanadi. Bu bilan inson hayoti davomida bir qator yovuzliklar sababchisi bo’lsa ham, tabiat oldida ojiz ekanini, uni to’xtatuvchi kuch mavjudligini takidlaydi. Takidlash joizki, tarixiy shahslar siymosini gavdalantirgan asarlari dunyo yuzini ko’rgach, “Diyonat” ning mantiqiy davomi sifatida mazkur asari “Oq qushlar oppoq qushlar” asari adibning to’rt yillik ijodiy izlanishlari natijasida vujudga keldi. Bu asarda inson qalbini ijtimoiy muhit bilan bog’likda yoki ziddiyatda aks ettirilgan bo’lib, bunday asarlarda inson va jamiyat munosabati voqealarni haraktlantiruvchi va rivojlantiruvchi mazmun sifatida qahramonlarning o’sishi, harakatlanishi, turli vaziyatlarni boshdan kechirishi va natijada o’zi tegishli muhit haqida fikr bildirishiga omil bo’ladi. Odil Yoqubov bu romaniga majoziy ma’noda sarlavha tanlaydi. Romanga sof va pok insoniy faszilatlarni saqlay olgan insonlar gard ham yuqmagan, osmonda erkinb parvoz qilib, sadoqat timsoli bo’lib kelgan oppoq qushlarga mengzatlanafi. Asardagi Shorahim Shovvoz va Oysuluv o’rtasidagi samimiy munosabati ikki oqqushning mehri va vafosiga qiyoslanadi. Hayotda bitta bo’lsa ham haqiqiy halol inson bpo’lsa, u davom etishi, bunday odamlar jamiyatni tutib turuvchi kuch ekani adib tomonidan betakror tarzd takidlanadi. Odil Yoqubov ham jahon adiblariga monand ravishda, insoniyat yovuzlashsa, har anaday shavqat5sizlikga qodir ekanligi, aksincha, chin odamiylik hislatlari sohiblarini hech qanday taqdir zarbasi yo’ldan og’dira olmasligini uch do’st va ularning oilalari taqdiri misolida eks ettirgan. Muallif ham avtobiografik elementlardan mohirona foydalanadi. Qismatning mashaqqatli nuqtasida bir-biriga hamdard bo’laolgan Rasul, Shorahim, Muzaffarning taqdiri tasvirida o’zi guvoh bo’lgan voqealarni yoritadi. Hayotning sinovli ko’chalarida mardona kurashi- Yapon janglarida qatnashgan chog’larida Gobi cho’llarida kechirgan mashaqqatli kunlari, ikkinchi jahon urushi yo’llarida qurbon bo’lganlarning ayanchli qismati, otasi blan bog’liq murakkab vaziyatlar bois yozuvchining boshidan o’tkazganb og’ir yillari badiiy maydonda teran gavdalantiriladi. Darhaqiqat romanda ijodklor o’z maqsadiga erishgan. Har qanday vaziyatda ham halol ishlab, halol yashagan pok-pokiza bo’lgan odamlarimizning realistic obrazlarini samimiy mehr muhabbat va ixlos bilan tasvirlab bergan.asardagi bunday qahramonlar orasida mahsulot tayyorlashga ko’zbo’yamachilik qilishdan bosh tortgani, nopoklikdan hazar qilgani uchun ishdan boi’shatilgan sofdil brigadier Shorahim Shovvoz, bugun borlig’ini ilm fanga bag’ishlagan, doimo adolat va haqoniyat uchun kurashib kelgan professor Rasul Nuriddinov, sobiq kombat respublika xalq nazorati qo’mitasio raisining muovini Ivan Beloborodov obrazlari alohida ajralib turadi. Yapon samuiraylarini tormor etishda qatnashib, o’z vatanparvarlik burchlariini sharaf bilan do etgan bu azamatlar urushdan so’ngi davrda ham fidokorona mehnat qiladilar,halol ihlab halol yashaydilar. Na boylik van a mansab, na shon shuhrat va na bemani maishat bu haqiqiy insonlarni to’g’ri yo’ldan toydira olmaydi. Lekin urush yillarida bular bilan birga armiyada xizmat qilgan va ulardan ko’p yaxshiliklar ko’rib, “ Do’stim Shorahim! Rasuljon! Bu yaxshiligingizni unutgan nomartd! Elga omon qaytib borsak abadul abad xizmatlaringda bo’laman! To’yda, ham azada ham birgamiz deb qasamiyod qilgaN Muzaffar Farmonov urushdan sog’ salomat elga qaytib kelgach, o’z ahdini buzadi, do’stlikka xiyonat qiladi. Muzaffar Fdarmonov oshna og’aynilari yordamida “Dashstroy” taminot bo’limin ing boshlig’I lavozimiga ko’tariladi. Shundan so’ng u bosar-tusarin bilmay qoladi. Mansabni suistemol qiladi. Manaviy jihatdan buziladi.: Yoshi anchaga borib qolganiga qaramay, Toshkentdagi qudag’ayi Klara Jamolovna bilan, hattoq qizi qatori yosh kotibasi bilan ayshi ishrat qiladi. RSUL VA Shorahim singari sodiq do’stlarini nazar psiand qilmay qo’yadi. Xususan Shorahimlar oilasiga nisbartan juda adolatsizliklar va shavqatsizliklar qiladi. Ivan Belovorodovni esa pora bilan qo’lga olmoqchi bo’ladi. Muzaffar Farmonov shaxsiy boylik yig’idshiga mukkasidan ketadi. Biroq bu nopok shaxs kechikib bo’lsa-da, oxir-oqibaqtda o’z qilmishiga pushaymon yeydi.
Ko’rinadiki, “Oq qushlar oppoq qushlar” romanida hozirgi voqeligimizning ibratli tomonlari, odamlarimizning ajoyib fazilatlari tasviri bilan bir qatorda, hayotda uchrovchi har xil illatlar, nopoklik va qing’irliklar ayovsiz fosh etilgan. Shu bilan birga asarning xuddi shu qismlarida pafosning ichki intim shakllari juda mohirlik bilan tasvirlangan. Romanda 80-yillar adabiyotida xos bo’lgan xususiyat –tanqidiy ruh kuchli, borpq adib asarda salbiy tomonlar tasviriga ortiqcha berilib ketmagan, romanni har xil salbiy hodisalar va salbiy tiplar bilan to’ldirib tashlamagan. Aksincha adolat va haqqoniyat yo’lidan borib, jamiyatimizobrazlarini birinch planga qo’yib yorqin tasvilagan. Asardagi Shorahim, Rasul Nuriddinov, Ivan Berloborodov singari asosiy obrazlar qatorida mwehribon ona Oysuluv, shifokor Sohibahon, agronom shoqosim, yosh artxeolog Nigora istedotli haykaltarosh Behzod kabi ikkinchi darajali obralar ham jonli, real chizilgan.
Bu romanda ayrim nuqsonlar ham mavjud. Asar yechimi yanada teran va tasirli bo’lib chiqsa , asopsiy salbiytip Muzaffar Farmonovning nopok ishlari, inqirozi va fojiasi yanada chuwurroq aks ettirilsa, har jihatdan maqul bo’lardi.


XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki: Ma’lum katta davr va katta syujetni qamrab olishi bilan boshqa epik tur janrlaridan farq qiladi. Roman mavzusiga ko’ra ko’rib o’tganimizdek bir-necha turlarga ajratiladi. Ushbu romanda ham insoniyat qadri juda ehtirosli ravishda yoritilgan. Odil Yoqubovning yuqorida aytib o'tganimizdek nafaqat "Oq qushlar, oppoq qushlar" asarida balki boshqa asarlarida ham pafos ni ko'rib o'tishimiz mumkin. Masalan adibning yana bir romani "Ulug'bek xazinasi"ga etibor qaratadigan bo'lsak, Shahzodalar o`rtasidagi dahanaki janglar, zindondagi tortishuvlar, olimning Abdullatif bilan takror-takror to`qnashuvlari — bular shunchaki olishuv, tortishuvlar bo`lmay, bir-biriga zid harakatlarning, ashaddiy raqiblarning, turli g`oya, e`tiqodlarning to`qnashuvidir.
Adibning Romanlari badiiy qurilish jihatdan puxta ishlangan. Voqealar, xarakterlar silsilasi izchil, bir-biri bilan mantiqan puxta bog`langan, bir voqea ketidan ikkinchisi oqib kelaveradi.
Tarixiy romanning vazifasi faqat tarix haqiqatini jonli, haqqoniy gavdalantirish emas, balki o`tmish saboqlarini yodga tushirishdan ham iboratdir. Odil Yoqubov fikricha, insoniyat hamisha o`zi bosib o`ggan yo`lga bot-bot nazar tashlab turishi, undan tegishli saboqlar chiqarishi lozim. «Ming afsuski, o`tmishning achchiq saboqlari goho unutiladi, tarixda yo`l qo`yilgan xatolar takrorlanib turadi», — deydi adib.
Keyingi yillarda ulug` ajdodlarimiz merosini chuqurroq o`rganishga kirishildi. Adib yaratgan asarlar ilm fanga, adabiyotga ulkan hissa qo’shdi. Odil Yoqubov o'z romanlarida buyuk tarixiy shaxslarga daxldor bo`lgan davr haqiqatini nozik ilg`ay olgani uchun ham umriboqiy asarlar yarata oldi. U tarixiy obrazlarni ham mukammal darajada yoritib beraolgan, masalan, tarixiy romanlarida Ulug`bek o`zidan oldin o`tgan podsholardan tubdan farq qilib, toju-taxt oltinu-kumushlarni emas, balki nodir kutubxona, rasadxona va yozgan ilmiy asarlarini haqiqiy xazina deb tushungan. Romanda Ulug`bek davrining ana shu otashin tarixiy haqiqati o`z badiiy ifodasini topgani uchun ham adolatli va ma`rifatparvar shoh adabiy tipi yaratilgan.
Anglashiladiki, yozuvchi insoniyat va uning shaxsiga aloqador bo`lgan ma`lumotlarni obrazli o`zlashtirgan. Natijada o`ziga xos badiiy manzaralarni shu qadar ishonarli qilib chizib berganki, obrazli o`zlashtirilgan hayotiy fakt va hodislarni kitobxon o`sha davr haqiqati tarzida juda katta mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Yozuvchi o`z davri odamlarining adabiy tipi yuksakligida yaratishga intilib, uning turmush tarzi va ilmiy faoliyati tasvirida, "Oqqushlar oppoq qushlar" romanida ilmiy muhitining, ijtimoiy shart-sharoitlarni mohirlik bilan ochib beradi. Bu vosita shogird xotirasida ustodlar buyukligi, ularning ilm-fan ravnaqi yo`lidagi rahnamoliklari hamda ilmlar xazinasining egasi bo`lib yetishgan shogirdlar sadoqatining haqqoniy mezonidir.
Asardagi personajlar o'ziga xos nutqi bilan namoyon bo'ladi. Ularning o'ziga xos qiyofasi, qarashlari ko'zga tashlanadi. Voqelikni to'laqonli tasavvur qilishda personajlar tilining o'rni katta bo'lgan.
Odil Yoqubovning “Oq qushlar oppoq qushlar” asarini olib qaraydigan bo`lsak, roman inson taqdiri haqida hikoya deyiosh mumkin. Ijodkor asarida insonlar orasida yo’qolib borayotgan odamiylik xususiyatlarini saqlash muhim ekanini uqtirdi, o’zaro sadoqat, ishonch va samimiy rishtalar hayotda ahamiyatliligini takidladi. Bunday fazilatlar ijodiy muhitda rivoj topishi, aksincha salbiy jamiyatda yovuzlar ko’payishi qahramonlar misolida ko’rsatib berildi. Samimiy munosabatlar asosiga qurilgan olada vijdonli farzandlarning voyaga yetishi, ularning jamiyatga keltirgan nafi”Oq qushlar oppoq qushlar” asari qahramonlari Shorahim Shovvoz Va Oysuluvning mehr bulog’idan bahraman o’sib, cho’lni bo’stong aylantirgan zurriyodlarning foydasi bilan mushtarklik kasb etadi.



Download 122,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish