Mundarija kirish 1-bob jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning g’oyaviy nazariy asosi


-BOB JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHNING G’OYAVIY NAZARIY ASOSI



Download 119 Kb.
bet2/8
Sana10.06.2022
Hajmi119 Kb.
#650930
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdumurodova Bahora

1-BOB JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHNING G’OYAVIY NAZARIY ASOSI.
1.1 Boshqarish nazariyasining asosiy tushunchasi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon davlatni boshqarish va jamiyat taraqqiyotini izchillik bilan rivojlantirish masalasiga xukumat rahbarlik qiladi. Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash g’oyalari idora qilish tashkillashtirish va boshqa faoliyatlarda unga tayyorlanadi. Vatanparvar ruhida barkamol qilib tarbiyalashda o’quvchi yoshlar va mehnatkashlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni asosiy vazifa qilib qo’yadi. Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ajralmas qismi kishilarni jismoniy jihatdan tarbiyalash hisoblanadi.
Mamlakatimiz kishilarining hayotida fizkulьtura sport va turizm tobora ehtiyojga aylanib bormoqda. Eng kichik yoshdan boshlab keksalikkacha bo’lgan davrda sog’liqni mustahkamlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mudofaagacha tayyor bo’lish va uzoq umr ko’rish masalalariga davlat, kasaba uyushma va boshqa tashkilotlar g’amxo’rlik qilib keladi. Oliy kengash va Vazirlar maxkamasi mamlakatda fizkulьtura va sport ishlarini rivojlantirish mamlakatimiz kishilariga shug’ullanish uchun shart -sharoit yaratish, jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash mamlakatimiz sportchilarining mahoratini oshirish va shunga o’hshash muhim masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi. Sobiq ittifoq davrida 1959 yil 9- yanvarda mamlakatda fizkulьtura va sport ishlariga rahbarilk qilish to’g’risida birinchi qaror qabul qilingan. Bu qarorda fizkulьtura va sport qo’mitasi o’rniga sport tashkilotlari va jamiyatlari kengashi ta’sisi tashkil qilindi, ya’ni fizkulьtura va sport ishlariga rahbarlik qilish, jamoatchilikka aylandi.
1966 yil 11 –avgustda Sobiq ittifoq davrida xukumat tomonidan fizkulьtura va sportni yanada rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu qarorda mutaxassis kadrlar tayyorlash, sport buyumlarini ko’plab ishlab chiqarish ommaviy tadbirlarni o’tkazish masalasi shu qarorga asosan pedagogika oliygohlari va universitetlarda jismoniy tarbiya fakulьtetlarida tashkil etila boshlandi.
1968 yil 17- oktyabrdan fizkulьtura va sport ishlariga rahbarlik qilish Davlat yo’liga o’tkazildi. Vazirlar Maxkamasi qoshida fizkulьtura va sport tashkilotlari qayta tiklandi.
1972 yil 17- yanvarda Butunittifoq fizkulьtura GTO majumasini joriy qilish to’g’sirida qaror qabul qildi.
1981 yil 11- sentyabrda xukumatning fizkulьtura va sportning ommaviyligini yanada oshirish to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Bu qarorda asosan kalendarь rejani ixchamlashtirish, moliyaviy xarajatlarni maqsaddagidek ishlatish, ommaviy fizkulьtura va sport ishlari bo’yicha mutaxassis kadr tayyorlash. O’quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalarining yotoqlarida ertalabki gimnastikani tashkil qilish va shunga o’xshash tadbirlar, barcha idoralar va tashkilotlarga vazifa qilib qo’yiladi.
1985 yil 12 iyunda Oliy kengash klub muassasalari va sport inshootlaridan foydalanishni yaxshilash degan to’g’risida qaror qabul qilindi. shu qarorga asosan madaniyat sport majmualarini qurish va tashkil qilish axoli uchun o’tkaziladigan barcha tadbirlardan sport dasturlarini kiritish. Barcha sport inshootlaridan unumli foydalanish. Mustaqillikka erishganmizdan keyin ham bir nechta farmon va qaror qabul qilindi.
Fizulьtura va sport yoshlarni garmonik jihatdan rivojlantirish mehnatkashlarni ish qobilyatini ishirish kishilarni mehnat va mudofaga tayyorlashda tabiiy ravishda rivolantirib boradi. Bu esa jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish qonuniyatlarini vujudga keltiradi. Chunki, sport inshoatlari mutaxasis kadarlar, jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish uni hayotga singdirishda maxsus soha bo’lib hizmat qiladi. Kundalik turmush sharoiti, madaniyati, bilimi va g’oyaviy- siyosiy tushunchalar oshib bormoqda. Bo’sh vaqtlari ko’paymoqda, rejali ravishda sport tadbirlari o’tkazilmoqda, bularning hammasi qonuniyatga aylangan faoliyatdir. Mamlakatimiz yoshlari va mehnatkashlarning ehtiyoji, qiziqishi va zaruriyatligiga qarab, jismoniy tarbiya va sport va turizm bilan shug’ullanish ularga sharoitlar yaratish alohida e’tiborga olingan.
Mamlakatimiz mexnatkashlarining mexnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnatini muxofaza qilish, ish unumdorligini takomillashtirishda g’amxo’rlik qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Kasaba uyushmalar faoliyatida madaniyat va sport, sog’likni saqlash maorif va boshqa sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport hamda turizm alohida o’rin tutadi. Chunki mamlakatimiz kishilarini dam olishi, xordiq chiqarishi va turli sport tadbirlarida ularning faol qatnashishiga bevosita yordam beruvchi tegishli sharoitlar yaratuvchi tashkilotlar hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini yo’lga quyish, sport inshootlarini qurish, sog’lomlashtirish va sport oromgohlarini tashkil qilishda kasaba uyushmalarni katta xizmat qilib kelmoqda. Natijada jismoniy tarbiya va sport hamda turizm bilan shug’ullanuvchi kishilar ommasi butun aholining (ishga yaroqli) ma’lum qismini tashkil etadi Bu esa jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi butun axolining yarmidan ko’pini tashkil etadi. Shu sababli mehnatkashlarga moddiy texnik bazalarini yaratib berish, jamoatchi instruktorlar, trenerlar tayyorlash sport musobaqalarini o’tkazish aholi o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ibot qilish vazifalari kasaba uyushma tashkilotlarining zimmasiga yuklatiladi. O’zbekiston mustaqilligi davrida tashkil topgan dastlabki kunlaridanoq kasaba uyushma tashkilotlari mamlakatimiz kishilarining sog’ligi, bilim olishi, turmush farovonligini yaxshilash bo’yicha g’amxo’rlik qiladi. Yirik kasaba uyushma tashkilotlarida sport klublar, sport jamoalari tashkil qilingan. Kasaba uyushmalar sport musobaqalarni alohida qilib o’tkazib kelmoqda. Bu faoliyatlar domiy ravishda o’tkazilib borildi. Bu faoliyat har xil musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazishga olib kelindi. O’tkazilayotgan sport musobaqalari kasaba uyushmalarga bo’ysunadi. Musobaqalar o’tkazish uchun musobaqa nizomi tuziladi va unga amal qilinadi. Jismoniy tarbiya va sport rivojlanishida kasaba uyushma tashkilotlaridan tashqari turli tashkilotlar ham ishtirok etadi.
Mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama jismoniy yetuk, barkamol qilib tarbiyalash maqsadida “Alpomish va Barchinoy” test me’yorlarini topshirish uchun nizomlar ishlab chiqildi va shu asosda test me’yorlarini topshiradilar.
Turizm va ekskursiya ishlari bo’yicha mustaqil tashkilot sifatida ish tutadi. Turizm kengashlari o’quvchi yoshlar, mehnatkashlar va aholi o’rtasida turli sayoxatlar ekskursiyalar va turistik poxodlarni tashkil qilishda rahbarlik qiladi. Mamlakatda havaskorlik va sport ishlariga rahbarlik qilishda davlat va xukumat tomonidan chiqarilgan qarorlarni amalga oshirish, davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarning kundalik turmushga jismoniy tarbiya va sport, turizmni tobora singdirishga kasaba uyushma va turistik tashkilotlar bilan birgalikda faol olib boradi. Vatanimiz yoshlarini va xarbiy xizmatdagi yoshlarni Vatanni mudofaa qilishga taaluqli bo’lgan sohalar buyicha xizmat qiladi. Bunda sportning texnik turlari (parashyut, o’q otish, radio texnika va x.k) sport texnik bo’yicha musobaqa o’tkazish, moddiy texnik bazasini yaratish va shu sohalar bo’yicha aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini olib borish.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish