Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va ofitserini qirib tashladi. Gvardiyachi general- mayor S.Rahimov 1945-yil 26-mart kuni Polshadagi Gdansk (Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan. O‘zbek xalqining shonli farzandiga 1965- yil 9-mayda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
O‘zbekistonlik jangchilar 1943-yil yozida bo‘lgan Kursk va Oryol rayo- nidagi janglarda, Dnepr daryosini kechib o‘tishda oldingi saflarda bo‘lishdi. Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun 26 nafar o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Ular safida buxorolik
Sharif Ergashev va
Xalloq Aminov bor edi. Belorusiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarning birida 1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofida iste’dodli o‘zbek shoiri
Sulton Jo‘ra 33 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi.
O‘zbekistonlik jangchilar 1944-1945-yillarda Belorusiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalari va Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy viloyatlarini ozod qilishda ishtirok etdilar. O‘zbe- kistonliklar yevropadagi Qarshilik ko‘rsatish harakati saflarida, Polsha, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Italiya, Gretsiya, Avstriya, Yugoslaviya, Fransiya va boshqa davlatlarni fashizmdan ozod etishda faol qatnashdilar, partizan qo‘shilmalarida jang qildilar. 1945-yil 9-mayda gitlerchilar Germaniyasi butunlay tas- lim bo‘ldi. Berlinni zabt etgan jangchilar orasida Sovet It- tifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan toshkentlik
Botir Boboyev va
Solih Umarov, marg‘ilonlik
Tojiali Boboyev ham bo‘lgan.O‘zbekistonlik jangchilarning1 706 nafari “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun” jangovar medali bilan taqdirlandi. Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklarning hissasi. Yaponiyaga qarshi urush 1945-yil avgustda sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi. O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tor- mor keltirishga katta hissa qo‘shdilar. Ular orasida leytenantlar N.Latipov, A.Karimov, U.Doniyorov, yefreytor U.Asanov va boshqa jasur o‘zbek o‘g‘lonlari bor edi.
Manjuriyadagi yapon qo‘shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya
1945-yil 2-sentyabrda so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaldi.
O‘zbekiston o‘g‘lonlari va qizlarining jangovar frontlarda ko‘rsatgan mislsiz mardlik va jasorati SSSR va yevropadagi ko‘plab mamlakatlar hukumatlari tomonidan yuksak taqdirlandi. O‘zbekistonlik jangchilardan 120 000 nafari turli sovet orden va medallari bilan mukofotlandi. O‘zbekistonlik 280 nafar jangchi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, ulardan 75 nafari o‘zbek edi. 52 nafar o‘zbekistonlik jangchilar uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandilar.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, urush yillarida Germaniyaga asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln kishini tashkil qilgan. Sovet-german urushida 5,7 mln kishidan ortiq sovet askarlari Germaniya konslagerlarida tutqunlikda bo‘lishgan. Asir tushishga majbur bo‘lgan sovet jangchilari orasida ko‘plab turkistonlik asirlar ham bo‘lgan. Ana shunday asirlardan biri va sobiq legioner, keyinchalik Germaniyada yashagan namanganlik tarixchi olim Boymirza Hayit fikrlariga qaraganda, 1941-yil yozidan to 1942-yil bahorigacha 1,7 mln turkistonlik jangchilar nemislarga asir tushgan hamda ularning ko‘pchiligi harbiy asirlar konslagerlarida bo‘lishgan. 1942-yil yozida ulardan faqat 400 000 kishi tirik qolgan, xolos. Fashist konslagerlarida harbiy asirlar juda og‘ir ahvolda yashagan, ocharchilik va turli kasalliklardan ularning ko‘pchiligi halok bo‘lgan.
Turkistonlik muhojirlardan
Mustafo Cho‘qay va toshkentlik o‘zbek
Vali Qayumxon tashabbusi bilan 1942-yil martda
Turkiston legioniga asos solingan. Legionni siyosiy va mafkuraviy jihatdan boshqarish Milliy Turkiston Birligi Qo‘mitasiga yuklatilgan. Vali Qayumxon qo‘mita prezidenti edi.
Jang harakatlari davrida harbiy asirlikda bo‘lganlar, xususan, Turkiston legioni qatnashchilarining taqdiri ham nihoyatda og‘ir kechdi. Urush tugagach, ular hamma joyda ta’qib etildi, SSSRga qaytarilgan harbiy asirlarning ko‘pchiligi maxsus lagerlarga joylashtirilib, turli qiynoqlarga duchor qilindi.
2.4 O‘zbekiston fani va madaniyati – g‘alaba uchun xizmatda O‘zbek adabiyoti va san’ati fashizmga qarshi kurashda.
Urush yillarida O‘zbekiston shoirlari, yozuvchilari, rassomlari, musiqachilari yaratgan asarlarda vatanparvarlik xislatlari asosiy o‘rinda turdi. Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Sadriddiy Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Sulton Jo‘ra, Amin Umariy, Oydin va boshqa yozuvchilar hamda shoirlarning she’rlari va dostonlarida, publitsistik asarlarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, xalqimizning jangovarlik ruhi qo‘llab-quvvatlandi, dushman ustidan g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonch mustahkamlandi.
Urush yillarida O‘zbekiston san’ati ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo‘- linib, frontdagi jangchilarga 35 000 ta va gospitallarda 26 000 ta konsert ko‘rsatdilar.
Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim,