Mundarija Kirish 1-bob ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi



Download 106,65 Kb.
bet5/8
Sana21.04.2022
Hajmi106,65 Kb.
#568391
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mundarija

Qishloq xo‘jaligidagi ahvol. Barcha qiyinchiliklarga qaramay o‘zbek
dehqonlari frontni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash uchun fidokorona mehnat
qildilar. 1941-yili davlatga 1,6 mln tonnadan ziyod paxta topshirildi. Sabzavot va poliz ekinlari, meva, pilla, jun, go‘sht topshirish majburiyatlari oshig‘i bilan bajarildi. Don va texnik ekinlarni ko‘paytirish harakati natijasida 1942-yil bahorida qo‘shimcha 220 500 gektar yer o‘zlashtirildi. Urush yillarida paxta yetishtirishni oshirish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan.
Kolxozchi dehqonlar va butun O‘zbekiston mehnatkashlarining kuchlari bilan Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg‘ona, So‘x-Shohimardon, Uchqo‘rg‘on kanallari, Kosonsoy va Rudasoy suv omborlari qurildi. Kattaqo‘rg‘on suv ombori suvga to‘ldirila boshlandi. Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajratilib, 1943 yili 1,5 mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga topshirildi. Qand lavlagini qayta ishlovchi Zirabuloq, Krasnogvardeysk, Qo‘qon va Yangiyo‘l qand zavodlari qurildi. Urush yillarida O‘zbekiston butun mamlakatda ishlab chiqariladigan qandning chorak qismini berar edi.
Aholi turmushi va qiyinchiliklar.
Urush O‘zbekistondagi har bir oilani moddiy jihatdan ham qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Shaharlarda oziq-ovqatga kartochka tizimi tashkil etilib, ishchi va xizmatchilarga kuniga 400-500 grammdan, oila a’zolariga 300-400 grammdan non berildi. Rahbar xodimlar esa maxsus oziq-ovqat (payok) bilan ta’minlab turildi. Qiyinchiliklar jamiyatning ijtimoiy ruhiy holatida keskinlikni vujudga keltirdi, biroq fashizm ustidan qozoniladigan g‘alabaga ishonch aslo susaymadi. Xususan, urush yillarida o‘zbek qishloqlarida ahvol og‘ir bo‘lgan.
Kolxozlarda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun majburiy ish kuni
normasi 1,5 marta oshirilgan. Belgilangan mehnat normasini bajara olmagan kolxozchilar shafqatsiz jazolangan. Qishloqlarda turli kasalliklar va ocharchilik natijasida o‘n minglab kishilar hayot bilan vidolashgan. Urush yillarida ocharchilik yirik sanoat markazlariga ham tarqalgan.
O‘zbek xalqining bag‘rikengligi va bay- nalmilal yordami. Urush yillarida aholi tarki- bida harbiy xizmatchilar oilalari, evakuatsiya qilinganlar, urush nogironlari, yetim bolalar deb nomlangan yangi ijtimoiy guruhlar paydo bo‘ldi. O‘zbekistonga 1 mln nafardan ortiq

kishi, jumladan, 200 000 bola evakuatsiya qi- lindi. Turli millatga mansub yetim bolalarni
Sh. Shomahmudovlar oilasi

o‘zbek xalqi o‘z farzandiday ardoqlab, ularni voyaga yetkazdi. Masalan, toshkentlik oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 bolani, kattaqo‘rg‘onlik urush nogironi Hamid Samadov 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani olib tarbiyaladi. Respublikaga urush davrida 30 dan ortiq harbiy gospital joylashtirildi. Jarohatlanganlarning talaygina qismi jangovar safga qaytarildi. Urush nogironlarining ko‘pchiligi ishga joylashtirildi.
Urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo‘lmas zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yil- di. Totalitar tuzum rahbarlarining farmoyishi bilan Kavkaz xalqlari (chechenlar, ingushlar, qorachoylar, mesxeti turklari, bolqorlar va b.), qrim tatarlari va Volgabo‘yi nemislari 1943–1944-yillarda zudlik bilan mamlakatning sharqiy hududlariga ko‘chirilib yuborildi. Qrimdan 151 604 nafar qrim tatarlari, Gruziyadan 110 000 nafar mesxeti turklari, Shimoliy Kavkazdan 175 000

nafar chechenlar, 20 000 nafardan ortiq ingushlar, 4500 nafar bolqor va greklar O‘zSSRga ko‘chirildi. Mahalliy aholi jabrdiydalarga xayrixohlik bildirdi va samimiy yordam berdi.
Xullas, urush yillarida o‘zbek xalqi o‘zining bag‘rikengligi, mehmon- navozligi, sabr-toqati va bardoshini yana bir marta namoyish etib, dunyo xalqlarini hayratga soldi.

Download 106,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish