Mundarija kiri sh


Mavzu: «1 sentabr - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni»



Download 231,5 Kb.
bet10/12
Sana11.07.2022
Hajmi231,5 Kb.
#776889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit taʼsirida tarbiyalash

Mavzu: «1 sentabr - O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni»
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi:
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvar, dovyurak, irodali, halol va bilimdon qilib, irodali, halol va bilimdan qilib tarbiyalash.
Mashg‘ulotning borishi:
Salomlashish, yozgi ta’til to‘g‘risida so‘rash.
Yangi mavzuni e’lon qilish:
A) O‘zbekiston madhiyasini tarbiyalanuvchilar bilan ijro etish;
B) Madhiya, Gerb, Bayroq haqida ikki og‘iz tushuncha-suhbat
o‘tkaziladi.
«Mustaqillik», «Ona-Vatan», «Istiqlol» erkinlikka yo‘g‘rilgan so‘zlar! Kishini orombaxsh tuyg‘ular qamraydi.
Shu tuyg‘ular zaminida o‘zligimiz, o‘zbekligimiz milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz barcha–barchasi jamuljamdir.
Mana, jonajon O‘zbekistonimizning mustaqillikka erishganiga 15 yil to‘ldi. Xalqimizning necha yillardan beri orzu qilib kelgan istaklari ruyobga chiqdi.
1991 yil 29 dekabrda Mustaqil O‘zbekiston Respubli-kamizning birinchi Prizdenti etib I. A. Karimov saylandi. Endilikda Yurtboshimizning olib borayotgan dono siyosati tufayli barchamiz buyuk istiqlol ne’matidan bahramand bo‘lmoqdamiz. Mustaqillik tufayli o‘z yerimiz, boyliklarimizga o‘zimiz ega bo‘ldik. Dunyo xaritasining Markaziy Osiyo regioni o‘rtasiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bizning Respublikani tanidi, tan oldi.
O‘zbekistonning o‘z davlat ramzlari - bayrog‘i, tamg‘asi, madhiyasida o‘zbek xalqining shon-sharafi, g‘ururi, tarixi va orzu-istaklari mo‘jassamlashgan.
Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklana boshladi. Millatimizga xos bo‘lgan ajoyib udumlar, a’nanalar yosh avlodga singdirish uchun, ularni kelajagi buyuk bo‘lgan mustaqil O‘zbekistonning munosib vorislari qilib tarbiyalash borasida xayrli qadamlar dadil tashlanmoqda.
«... o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi bo‘lmaydi», - deydi yurtboshimiz.
Mustaqillik tufayli Amir Temur tuzuklari, Al-Buxoriy hadislari, At-Termiziy, Naqshbandiylarning adab durdonalari, Ahmad Yassaviy hikmatlaridan yoshlarimizni bahramand etish sharafiga muyassar bo‘ldik.
A. Navoiy, Xorazmiy, Lutfiy kabi allomlarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari kengroq talqin etila boshladi.
Inson uchun eng oliy tuyg‘u, eng oliy hislat bu Vatan tuyg‘usidir. U har qanday insonning kindik qoni to‘kilgan maskanini e’zozlashga ilhomlashtiradi. Inson uchun Ona-Vatandan ulug‘roq, o‘z oilasidan sevikliroq makon yo‘q.
Bobolarimiz: «Kishi o‘zga yurtda sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l!»- demishlar. Buyuk mutafakkirlarimizning fikricha biz tug‘ilgan yurtimizdan uzoq ketsak, bizni tortib keladigan quvvat vatanimizning, ona tuproqning mehru muhabbatidir.
Alisher Navoiy demishlar: Vatan tarkini bir nafas aylama, yana ranju g‘urbat havas aylama. «Vatan ostonadan boshlanadi», -deydi donalar. Haqiqatdan ham ostonadan buyog‘i o‘z uyimiz, o‘lan to‘shagimiz.
Go‘dakligimiz, bolaligimiz shu uyda kechgan, shu yerda onamiz allasini eshitganmiz, uning mehr-shafaqatini, muhabbatini dilimizga jo qilganimiz.
Biz hayotda vatanparvar so‘zini ko‘p ishlatamiz. «Vatanparvar bo‘ling» deb ataymiz. Ularni vatanparvarlikka undaymiz. Vatanparvar – o‘zi kim? «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da bu so‘z Vatanini, xalqini cheksiz sevuvchi, Vatan manfaatlari uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi, deb izohlangan.
Payg‘ambarimizning hadislarida ham «Vatanni sevmoq iymondandir» - deyilgan.
Milliy qahramonimiz Shiroq o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, Vataniga bostirib kelayotgan Eron askarlarini jazirama cho‘lu-biyobonlarga boshlab borishini eslang. Dushmanlar cho‘lning qizib yotgan qumlarida qattiq ozob tortadilar, qum bo‘ronlari yuzlab eronliklarni halok qiladi. Shiroq dushman askarlarini sahro iskanjasiga boshlab boraveradi. Dushmanlar: «Shiroq, sen aqldan ozibsan, bizni qayerga boshlab kelding?» deb baqiradilar. Shiroq mag‘rurlik bilan turib: «Yo‘q, boylik orttirish maqsadida qurol ko‘tarib begona yurtga bostirib kelayotgan, tinch xalqlarni talayotgan kishilar aqldan ozgan» - deydi.
Dushmanlar unga qimmatbaho buyumlar va’da qiladilar, oyog‘i ostiga tilla tangalarni bisyor sochib, bizni qutqargin, deya iltijo qiladilar, lekin Shiroq bu boyliklar uchun iymonini sotmaydi. Vatan uchun jonini fido qiladi.
Ota-bobolarimiz vatanidan uzoqqa ketayotganlarida shu yurt to‘prog‘idan bir chimdim ro‘molchaga tugib olib, yonlarida olib yurganlar. Chunki ular Vatan ishqi bilan yashadilar.
«Vatanni astoydil himoya qilgan kishi - qahromon. Mehnatda sidqidildan o‘zini ko‘rsatgan va yangilik yaratgan kishi mehnat qahromoni. Tarbiyalanuvchilar-chi? A’lo o‘qib, odobli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasasini imtiyozli shahodatnoma bilan tugatgan tarbiyalanuvchi ham chinakam qahromondir, u ajoyib vatanparvar hisoblanadi».
Biz Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qish mashg‘ulotlarida milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhda tarbiyalashning nazariy asoslarini ko‘rib chiqdik. Endi uni mashg‘ulot jarayonida amalga oshirish omili sifatida 4-guruhda o‘qish mashg‘ulotidan o‘tkaziladigan bir soatlik mashg‘ulot jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Katta guruh tarbiyalanuvchilarida umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini olib borildi.
Bunda biz asosiy e’tiborni katta guruhlarni barcha mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchi egallagan bilim bilan birga umuminsoniy qadriyatlar yuzasidan olingan bilimlarini qay darajada o‘zlashtirganliklariga qaratdik.
Tajriba-sinov ishlari qo‘yidagi guruhlarda olib borildi.
Jadval-1





Download 231,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish