Mundarija kiri sh


II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI



Download 231,5 Kb.
bet5/12
Sana11.07.2022
Hajmi231,5 Kb.
#776889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit taʼsirida tarbiyalash

II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI.
2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.
Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish. Qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo‘shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi.
Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o‘lchash mumkin bo‘lmaganidek, har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy sharoitlarni hisobga olib yondashmoq kerak.
Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini to‘g‘ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog‘liq. Jamiyat a’zolarida yetuk ijtimoiy, milliy ong bo‘lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi qadriyatlarning rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini oshiruvchi omildir.
Qadriyat va meros tushunchalari o‘zaro yaqin bo‘lsa ham ular bir xil ma’noni bildirmaydi.
Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishiga qaramay, har qanday meros qadriyat bo‘la olmaydi. Meros tushunchasining mohiyati qadriyatga nisbatan kengdir. Bundan tashqari, qadriyat faqat o‘tmishdan qolgan merosgina emas. Hozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shaklla-nayotgan ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hodisalar ham qadriyat hisoblanadi.
Hozir O‘zbekistonda milliy istiqlol mafkurasini rivojlantirish uchun katta ishlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning hozirgi vazifalari va millat manfaatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkurani yaratishda o‘tmish merosidan unumli foydalanilsa ham u yangi davrda shakllangan qadriyat sifatida yuzaga kemoqda.
Meros - o‘tgan avlodlar tomonidan yaratilgan, bizgacha yetib kelgan ijtimoiy-ma’naviy, moddiy hodisalar, madaniy boyliklar, urf-odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqqiyot uchun ham zarur omil bo‘lgandagina, qadriyat darajasiga ko‘tarila oladi.
Meros bilan qadriyatlarni baholash mezonlari bir-biridan farq qiladi. Moddiy va ma’naviy merosni baholashda uning tarixiy shakllanishi sharoitlari va imkoniyatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Merosning hozirgi kun uchun ham bo‘lgan ahamiyatini bilish uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir.
Qadriyat turlari.
Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘linadi. Inson kuchi, aqli-zakovati bilan yaratilgan tabiat go‘zalliklari, arxitektura, san’at va madaniyat asarlari - barchasi moddiy, ya’ni noosfera qadriyatlar jumlasiga kiradi. Axloq odob, bilim, ilm, malaka, iymon, insof, e’tiqod va boshqalar ma’naviy qadriyatlar. Moddiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan bog‘liqdir. Ular o‘z navbatida, quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
Qadriyatlarning bu turiga iqlim sharoiti, tabiat go‘zalliklari, milliy-davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan qo‘riqxonalar, tabiatning inson yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlari kiradi. Tabiiy muhit sharoiti va imkoniyatlari ham inson ehtiyojlari, yashash imkoniyatlari bilan taqozolangan taqdirdagina qadriyat, deb baholanadi. Shu ma’noda olib qaraganda, tabiat sharoitlarini qadriyat deb qarash unga ma’lum maqsad va manfaat asosida yondashayotgan inson tomonidan berilgan bahodir. Tabiatning inson manfaati asosida o‘zlashtirilgan, o‘zgartirilgan qismi ham qadriyatdir.
2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar.
Bu qadriyatlar asosan obyektiv taraqkiyot va subyektiv ruhiyatning ifodasi bo‘lib kishilarning o‘zaro munosabatlarida, turmush tarzi va faoliyatida, yurish-turishida, axloqi va odobida ko‘zga tashlanadi. Axloq, insonning ichki ruhiy e’tiqodi, odob esa uning amalda namoyon bo‘lishidir. Turli urf-odatlar, marosimlar kishilarning kundalik turmush tarzida, axloqiy qadriyatlar esa ularning yurish-turishi, o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy kamolotni o‘zida mujassamlashtirgan inson ham oliy qadriyat hisoblanadi.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko‘nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.
Bu qadriyatlar insonning mehnat malakalari, ijtimoiy qiziqishlari, mehnat mahsuloti turlarini yaratish sohasidagi amaliy imkoniyatlari, bilimi, iste’dodi va qobiliyatlaridir. Rassom qo‘linda qalam ushlagani uchun emas, balki tajribada shaklangan bilim va iste’dod egasi bo‘lgani uchun ham buyuk san’at asarlarini yarata oladi.
4. Odamlar o‘rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo‘layotgan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
Albatta, qadriyatlarning bu turkumini alohida ajratib olib qaramasa ham bo‘ladi. Lekin inson hayotining turli davrlari, faoliyat sohalariga nazar tashlar ekanmiz, bu sohalarda ham e’tiborga sazovor bo‘lgan qadriyatlar va ularning mezonlari borligini ko‘ramiz.
Yoshlar va keksalar, erkaklar va ayollar, turli kasb egalari uchun xos bo‘lgan qadriyatlar ham mohiyati jihatidan jamiyat va inson kamoloti uchun xizmat qiladigan ma’naviyatdir.
Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‘z navbatida, umuminsoniy, mintaqaviy, milliy, diniy qadriyatlarga bo‘linadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog‘langanligining ifodasidir.
Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotning muayyan yo‘llari uchun birgalashib kurashishga, harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlarning madaniyatini yaqinlashtiradi va ularni tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo‘lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat kalish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlash-tirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlik va kalondimog‘likka yo‘l qo‘yish nihoyatda katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy an’analar bilan bog‘langandagina kerakli samara beradi.
Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan.
Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Bu qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rta Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va siyosiy aloqalar o‘rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq qilsada, mohiyat jihatidan yaqindir. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug‘lar, do‘stlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O‘rta Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo‘stlik bilan bog‘liq udumlar mintaqamizning hamma yerida keng tarqalgan yaxshi an’ana bo‘lsa ham ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi.
Keksalarni, ota-onani hurmat qilish ham O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir.
Keksalar ko‘pni ko‘rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o‘rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech vaqt o‘z farzandiga yomonlik ravo ko‘rmaydi. Ular hayotda ko‘p og‘irlik, yengilliklarni ko‘rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko‘ra ko‘proq o‘ylaydilar, Ba’zan ota-onalarning nasihatlari noqobil farzandlarga og‘irroq tuyuladi. Bu hayotni bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-yelpi qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o‘zlari ota-ona bo‘lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko‘p imkoniyatlarini qo‘ldan boy berib qo‘yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy qadriyat bo‘lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo‘lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa hamma joylardagiga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo‘li bilan uy-joy qurishda, uy joylarni ta’mirlashda bir-biriga yordam ko‘rsatish, yetim-yesirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, ularni qarindosh-urug‘lar o‘z himoyasiga olib, xoru zor bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy qadriyat-lardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o‘rtasidagi bir-biriga yaqinlik, o‘zaro hurmatning ifodasi bo‘lib, keng foydalanish mumkin bo‘lgan qadriyatdir.
Qadriyatlarning eng muhim turlaridan yana biri - milliy qadriyatlardir.
Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birlikda mavjud bo‘ladi. Umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar milliy qadriyatlarning ko‘p tomonlarini o‘z ichiga oladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar ta’sirida keng rivojlanish, takomillashish imkoniga ega bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi muntazam davom etib boradigan dialektik munosabat jahon sivilizatsiyasi rivojlanishining muhim omillaridan biridir.
Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi har bir millat-ning o‘ziga xos tarixi, tili, madaniyati, axloqiy va psixologik fazilatlari, yashash sharoiti, turmush tarzi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘langandir. Milliy qadriyatlarning har bir ko‘rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqaligina to‘g‘ri tushunib olish mumkin.
Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi. Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borishi ham milliy qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki kengaytiradi. Umuman olib qaraganimizda, milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biridir.
Har bir millat o‘z qadriyatlarini rivojlantirishi va ularga amal qilishida milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usining ahamiyati kattadir. Milliy ruhiyat va ma’naviyatdan mahrum bo‘lgan kishilardagina o‘z tili, tarixi, an’analariga nigilistik munosabatda bo‘lishi mumkin. Agar shunday ahvol ma’lum siyosat ta’sirida kengayib borsa, millat birligi va kamoloti uchun nihoyatda xatarli bir hol yuzaga keladi.
Albatta, har bir xalq o‘z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib qolmasligi kerak. Bunday yo‘ldan borilganida millatning taraqqiyoti sur’atlari pasayadi.
Milliy mahdudlik va milliy kalondimog‘lik hech vaqt ma’naviy, ijtimoiy kamolot omili bo‘lgan emas. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o‘rganish hamma vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo‘lib kelgan.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko‘rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar bo‘lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo‘ladi.
Xalqlarga yangi ma’naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval, ularga nisbatan ehtiyoj tug‘dirmoq kerak. Ma’naviy ehtiyojsiz, tarixiy an’analarni e’tiborga olmay singdirilmoqchi bo‘lgan qadriyatlar millatning hayotida ma’lum o‘rin olsa ham, uning ruhiyatiga singmaydi, binobarin qalbidan o‘rin olmaydi.
Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi.
Umuminsoniy, mintaqaviy, milliy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlar ham mavjuddir.
Diniy qadriyatlar ham jamiyatning ma’lum tarixiy davr va sharoitlardagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Diniy qadriyatlar umuminsoniy, mintaqaviy qadriyatlarning qandaydir alohida, boshqalardan keskin ajralib turuvchi sohasi emas.
Ma’lumki, har qanday din ham hayot talablari, turmush sharoiti va ehtiyojlaridan ajralgan holda paydo bo‘lmagan. Barcha dinlarning kelib chiqishiga ma’lum tarixiy davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy sharoitlar, ular bilan bog‘langan ehtiyojlar sabab bo‘lgan.
Dinlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarni ijtimoiy hayotning o‘zidan izlamoq kerak. Real hayot voqealari, ehtiyojlari ilohiylashtirilganida, mohiyati, sodir bo‘lishi sabablari ilohiy kuchlarning irodasi bilan bog‘langandagina diniy tus oladi.
Islom dini shakllanayotgan davrda Muhammad alayhissalom arab qabilalari orasida keng tarqalgan ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, axloqiy va huquqiy normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning ajralmas qismiga aylantirdi. Arablarning yurish-turishi, odobi va axloqi, oilaviy va qabilaviy munosabatlari borasidagi ko‘plab qadriyatlari islom dinining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Sha’riy hukmlarga kirgan axloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehr-oqibat, do‘stlik, birodarlik haqidagi ko‘plab g‘oyalar islom dinidan oldin ham qadriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadriyatlar islom dinining tarkibiy qismiga aylanib, ularga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunoh sifatida talqin etila boshlangan. Natijada islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan bu qadriyatlarga ham rioya qilishlik mas’uliyati kuchayadi. Din muqaddas, deb e’tirof qilgan qadriyatlarni tan olmaslik, yoki ularga rioya qilmaslik gunoh, do‘zax singari tushunchachar bilan bog‘landi. Shunday qilib, diniy tus olgan hayotiy qadriyatlarga rioya qilishning zaruriyati ham kuchaydi.
Qadriyatlarga baho berishning bosh mezoni — tarix saboqlari, tajriba, hozirgi davr va istiqlolning talablari ehtiyojidir.
Qadriyatlarga aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko‘r-ko‘rona sig‘inish yo‘li bilan emas, balki sog‘lom aql, fan yutuqlari, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot talablari va imkoniyatlariga asoslanib yondoshmoq kerak.
Qadriyatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Qadriyatlarning mohiyatini bilish, ularga e’tiqod, ixlos qo‘yish yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, mshnatsevarlik. axloqiy poklik fazilatlarini kamol toptirishda katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan hozirgi sharoitda vatanparvarlik tarbiyasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Vatanparvarlik — o‘z vatanini vijdonan sevish, uning taraqqiyot yo‘li va istiqlolini anglab olish, manfaatlarini hamma sohalarda himoya qilishda fidoiylik namunalarini ko‘rsatishdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda o‘zbek oilalarida, jamoatchilik o‘rtasida bola tarbiyasini amalga oshirishda katta tajriba bor. Bu tajriba asrlar davomida sinovdan o‘tib, milliy qadriyatga aylanib ketdi. Bu qadriyatlar bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, halollik, ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, kamtarlik kabi xislatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy pedagogikaning bu boradagi merosi ham buyuk qadriyatdir. Shu sababli ham o‘zbek yoshlari o‘zining tarbiyasi, mehnatsevarligi, kattalarga hurmate’tibori, kamtarligi, andishaliligi, halolligi bilan ajralib turadi
O‘zbek qizlarini mehnatsevarlik, kamtarlik ruhida tarbiyalash borasida ham katta tarixiy an’analarimiz bor. Nomus, iymon, qizlik iffatini yuksak tutish odati ham ulkan milliy qadriyatdir.
Qadriyatlarga xolisona yondoshish, ulardan ijtimoiy, tarbiyaviy masalalarni hal etishda samarali foydalanish hozirgi kundagi ko‘plab dolzarb muammolarni hal etishning muhim shartidir.
Qadriyatlar masalasi falsafiy ta’limotlarda katta o‘rin tutishi ham ularning shu jihatlari bilan taqozo qilinadi.

Boshlang‘ich Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar ruhda tarbiyalashni faqat mashg‘ulot jarayonlarida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu jarayon Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning mashg‘ulotdan keyingi vaqtlarini taqsimlashlarida ham asosiy o‘rinni egallashi zarur.


Katta guruh tarbiyalanuvchilari maktabgacha ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini amaliyotiga mashg‘ulotdan tashqari holatlarda: mahallada, oilada, turli xil bayram va tadbirlarda duch keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasigacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi vatanparvarlik, insonparvarlik haqidagi dastlabki tushunchalarini ham maktabgacha ta’lim muassasasiga borgunlariga qadar oilada oladilar. Shu bois ota-ona tarbiyalanuvchi maktabgacha ta’lim muassasasiga borganda bu vazifani tarbiyachi zimmasiga yuklab qo‘ymasdan, uning oilada bo‘lgan paytida unga befarq bo‘lmasligi, unga ma’naviy bilimlarini oshirishga va mustahkamalashga yordam berishlari zarur. Eng avvalo, bolada o‘z oilasiga, ota-onasiga, opa-singil, aka-ukalariga mehr-muhabbatli bo‘lishini o‘rgatish, keyinchalik bu tuyg‘uni qo‘ni-qo‘shni, mahalla, tuman, shahar miqyosiga ko‘tarib, ona Vatanga cheksiz muhabbat hissini uyg‘otish lozim..
«Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona», - deyishadi dono xalqimiz.
Demak, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ma’naviy kamolotida qo‘ni - qo‘shni, mahallaning ham ahamiyati katta ekan. Katta guruh tarbiyalanuvchisi mahallasidagi do‘stlari bilan bo‘sh vaqtini o‘tkazadi. Uning do‘stlari aqlli, odobli, tarbiyali, ilimli bo‘lsa, ularga o‘xshashga, hatto ulardan oshib ketishiga intiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning umuminsoniy qadriyatlarni shakllanishida guruhdan va maktabgacha ta’lim muassasasidan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarning ahamiyati benihoyat kattadir. Shu bois tarbiyachi ota-onalar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o‘tkazilishi va bu tadbirlarga barcha Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jalb qilish kerak. Agar tadbirlar faqat a’lochi va jamoatchi tarbiyalanuvchilar jalb qilinaversa guruhdan tashqari tarbiyalanuvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularni ruhiyatini tushirishi, hatto tarbiyachilarni xudbinlikda ayblashlari mumkin.
Har bir katta guruh tarbiyalanuvchisini qobiliyatiga yarasha mas’uliyat yuklash, bu mas’uliyat esa uning olg‘a intilishi uchun turtki bo‘lishni esdan chiqarmaslik kerak.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining gazeta, jurnal, radio va telvideniyaning ham ahamiyati kattadir. Har bir ota-ona farzandining qanday kitob, gazeta yoki jurnal o‘qiyotganini, qanday radio tinglab tamosha qilayotganliklarini nazorat qilib turishlari lozim.
Kerak bo‘lsa farzandlari bilan o‘qigan kitoblari, ko‘rgan teleko‘rsatuvlari haqida suhbatlashib, ularni farzandlari ma’naviyatiga qanday ta’sir qilganligini aniqlashlari maqsadga muvofiqdir.
Katta guruh Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar ruhda tarbiyalash kunning bir qismida, faqat maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilmay, u har doim maktabgacha ta’lim muassasasida, oilada ota-ona va tarbiyachilar hamkorligida, ularning ko‘magida amalga oshiriladigan eng dolzarb mavzulardan biridir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar ruhda tarbiyalashda guruhdan va maktabgacha ta’lim muassasasidan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va tadbirlarning ahamiyati benihoyat kattadir.
Ta’lim sifatini oshirishda guruhdan tashqari ishlarning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, tarixiy badiiy qadriyatlarimizdan foydalanish ta’lim va tarbiyaning milliy negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktabgacha ta’lim muassasasilari Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma’naviy, madaniy qadriyatlar bilan tanishtirishda guruhda, guruhdan va maktabgacha ta’lim muassasasidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ajdodlarimiz asrlar davomida shakllantirgan milliy qadriyatlar va an’analarga sodaqat ruhida tarbiyalash masalasi o‘zbek tarbiyachilarini oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Bu borada guruhdan tashqari ishlaro alohida ahamiyatga molik.
O‘quv muassasalarida guruhdan va mashg‘ulotdan tashqari ishlarni tashkil etish vositasida yosh avlodni aqliy tarbiyalash masalasi amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchi bilim sifatining samarodorligini oshirish, uning umumbashariy axloq meyorlari asosida kamol topishini ta’minlash ko‘pincha mashg‘ulotdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotdan tashqari tashkil etilgan tadbirning tabiati, xarakteri va maqsadi axloqiy tarbiyaning ma’lum yo‘nalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi tabiiy. Har qanday tadbirni tashkil etishdan oldin tashkilotchi tarbiyachi o‘z oldiga ma’lum didaktik maqsad qo‘yishi va shu maqsadni amalga oshirish uchun qilinish lozim bo‘lgan vaziflarni to‘g‘ri belgilab olish zarur.
Har yili 9 fevralda buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlari nishonlanadi. Bu tadbirni katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida o‘tkazish ularni a’lo o‘qishga, yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib yetishishlariga imkon yaratadi.
Tarbiyachi sahna uchun Alisherning yoshlik yillarini mavzu sifatida olsa, yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lar edi. Sahna did bilan bezatiladi. Milliy musiqa asboblarimizdan foydalaniladi.
A. Navoiyning bolalikdagi qiyofasi tarbiyalanuvchi ishtirokida tiklanib, uning o‘qishga havasmandligi, Mavlono Lutfiy bilan uchrashuvi va ular orasida bo‘lib o‘tgan suhbat sahnalashtirilsa, tarbiyalanuvchini o‘z ustida ko‘proq ishlashga da’vat etadi.
Katta guruh tarbiyalanuvchilari tomonidan Alisher Navoiyning Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni bilim olishga, odobli bo‘lishiga, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lishga, doimo xalq manfaatini ko‘zlashga undovchi hikmatlaridan yod o‘qib berilsa yanada jonlanib ketadi.
«Navro‘z» umum xalq bayramini nisholashda ham yuqorida qayd etib o‘tganmizdek ketma-ketlikni qo‘llash mumkin. Bu bayramni boshqa bayramlardan farqi shundaki, uning bevosita xalq ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirish, xalqimizning ming yillik an’analarini o‘z bag‘rida kamol topdirish bilan beliglanadi.
Sahnada namoyish qilinayotgan adabiy kompozitsiya buloq suvlarining shildirashi, bobodehqonning dalaga umid bilan chiqishi, mamo yerga ilk urug‘larning qadash, ko‘k tangrisidan farzandlari rizq-ruzini so‘rab olish kabi voqealar tasviri bilan boshlanib, xalqimizning mavsumiy marosimlari, sumalak qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari ijrosi bilan ulanib ketishi kerak.
«Navro‘z» bayrami tadbirida namoyish qilinajak falklor asarlarini imkon qadar Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘zlari yashab turgan mahallalardan, bobo-buvilari og‘zidan yozib olishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Buning muhimligi shundaki, tarbiyalanuvchi ajdodlarimiz og‘zaki ijodi materiallarini o‘zi to‘playdi, marosim jarayonida bajariladigan amallarni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Ularni sahnalashtirish jarayonida ham badiiy rahbarga qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
Mahalliy falklor materiallaridan foydalanishning yana bir muhim jihati shundaki, bunda ishtirokchilar o‘zi yashab turgan muhitdagi milliy an’ana va marosimlarning, bobolari xirgoyi qilib yuradigan qo‘shiqlarning nechog‘li muhimligini, uning teran, falsafiy mazmun kasb etishini anglaydi, uning qalbida xalq ma’anviy merosiga qiziqish, hurmat va muhabbat hissi shakllanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning bunday tadbirlarda bevosita ishtirok etishi faqat ularni milliy urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalab qolmay, ularni qalbida bu an’analarni davom etirish, boyitish, kelajak avlod uchun o‘zlari ham nimadir qoldirish hissini uyg‘otadi.
Tarbiyachi yil davomida reja asosida bunday tadbirlarni ko‘plab o‘tkazish va unga tarbiyalanuvchini ma’naviy barkamollikka eltuvchi maqsadlarni singdirib yuborishi zarur. Farzandga ta’lim-tarbiya berish avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois oiladagi muhit, ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabati oilaviy turmush iqlimiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatda ma’naviyatni shakllantirishga zamin bo‘ladi. Bola tarbiyasi va boshlang‘ich ta’limda jamiyat ma’naviyatining ahamiyati katta.
Farzandlarga milliy qadriyatlar, xususan, sharq allomalari qoldirgan boy meros asosida ta’lim-tarbiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug‘ allomalarimiz asarlarida bolalarga go‘daklik chog‘idanoq kattalarga hurmat, ota-onaga alohida ehtirom ko‘rsatish, o‘zidan kichiklar izzatini o‘rniga qo‘yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko‘rishga chaqiradi. Shu ma’noda ham: «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak, sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq - odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz», - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I. A. Karimov. Bolalarga ilk tarbiya asoslari oilada beriladi. [11]
Farzandlarga boshlang‘ich ta’lim berishda ta’sirchan kuch – oilaviy tartib, ya’ni ularning o‘zaro munosabati, ota-onaning xulq - atvori, ma’naviy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqalardan ibrat bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlar qadimdan o‘tmish allamolarimiz tomonidan ko‘p bora ta’kidlangan va hayotiy hikmatga aylangan.
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida bola ta’lim-tarbiyasiga, dunyoqarashining kengayishiga va shaxsi rivojlanishiga oid qimmatli fikrlar ko‘plab bayon etilgan. Xalqimizga xos bo‘lgan tortinchoqlik, andisha kabi psixologik xususiyatlarni chuqur anglagan ulug‘ bobomiz insonni faol bo‘lishiga, bilim egallashga undab shunday yozadi: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Yana bir hikmatida: Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, qatra - qatra yig‘ilib, daryo bo‘lur - deb yozadilar.
Hadisu sharifda ham quyidagi ibratomuz fikrlar bayon etilgan: «Ilm egallang! Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida-yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda–rahbar, qayg‘uli onlarda-madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», «Beshikdan to qabrga kirguncha ilm izlangiz», «Yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqshdir». Bu nur ma’no fikrlar ham bolalarga ta’lim berishda muhim o‘rin tutadi.[21]
Xalqimiz farzandlarini doimo tabiatga mehrli bo‘lish tevarak-atrof, suv, havo, tuproq hayvonot olamini asrab-avaylash, insonni oliy qadriyat deb bilish, uning haq-huquqlarini himoya qilish ruhida tarbiyalangan. Bular haqida ham shunday beboho o‘git va yo‘l-yo‘riqlar, umuminsoniy ahamiyatga molik fikrlar bayon etilganki, ular hozirga qadar ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Katta guruh tarbiyalanuvchilari ongida yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishda oila va tarbiyachi hamkorligi alohida o‘rin tutadi.
Ta’lim jarayonida maktabgacha ta’lim muassasasi bilan uy, pedagogik jamoa bilan ota-ona hamjihatligi yaxshi samara berishi amalda isbotlangan.
Prezidentimiz «Turkiston» gazetasi muxbirlarining savollariga javoblarida: «Erkin fuqaro-ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur.
Shu bois endi oldimizda nihoyatda muhim, kelajagimizni hal qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish, boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq - huquqini yaxshi taniydigan, boqimandalikni har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir» - deb ta’kidlangan edi.
Darhaqiqat, inson ma’naviyatining asosini bilim tashkil qiladi. Oila tarbiyasi o‘z xususiyatiga ko‘ra boshqa har qanday tarbiyadan afzaldir. Uning asosiy omili ota-onaning farzandlariga muhabbati va bunga javoban bolalarning o‘z ota-onalariga mehru-oqibatidir.
Bola, ayniqsa, ilk yoshlarida ko‘proq oilaning ta’sirida bo‘ladi. Oila kichkintoyni asta-sekin kichik ijtimoiy guruhdan katta ijtimoiy hayotga olib chiqish, unga ko‘nikma hosil qilishi hamda uning fikr doirasini kengaytira borishga qodir dargohdir.
Bu borada ota-ona va tarbiyachi hamkorligi yaxshi natija beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasigacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari va ota-ona maslakdosh sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Shu o‘rinda tarbiyachi ham o‘z ish faoliyatining jamiyat talablariga javob berishni tekshirib turish va yanada takomillashtirishi lozim.
Bugungi kun tarbiyachilari yangi avlod ota-onalari bilan ishlashlari lozim bo‘lgani bois ular oldida:
jamiyat rivojlanishi bilan ham fikr bo‘lishi;
oilaviy ildizning mustahkam bo‘lishi va tarbiyachining oilaga ta’siri;
maqsadga erishish yo‘lida ota-ona hamda tarbiyachi hamkorligi;
tarbiyalanuvchi tafakkurida milliy ongni shakllantirishda ma’naviy meroslardan unumli foydalanish;
jamiyat qonunlariga asoslangan holda har tomonlama yetuk shaxsni kamol toptirish kabi vazifalar turibdi.
Tarbiyachi ish jarayonida oilaning bugungi kundalik ahvoli va bolaning o‘sha muhitda olayotgan tarbiyasi muhim o‘rin tutilishini nazarga oladi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish keraki, oiladagi turmush tarzi doimo bir xilda bo‘lmaydi, u o‘zgarib turishi mumkin. Bu hol bola xulq - atvori va ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Bunda maktabgacha ta’lim muassasasigacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi oilaga yordam berish maqsadida bola holatiga o‘zini moslashtirib borishi lozim. Shunday oilalar borki, maktabgacha ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilishga e’tiborsizlik bilan qarashadi, guyoki tarbiyalanuvchiga ta’lim-tarbiya berish faqat maktabgacha ta’lim muassasasining burchiga kiradi.
Bunday ota-onalar bilan ishlash tarbiyachilardan juda ko‘p mehnat talab qiladi. Tarbiyachi bor imkoniyatdan foydalangan holda ularni faol hamkorlikka jalb qila bilishi va bu yo‘lda o‘z maqsadiga erisha olishi lozim.
Ota-onalarning ko‘pchilik qismi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda tarbiyachilar bilan uzviy aloqada bo‘lishi, maktabgacha ta’lim muassasasi jamoalarini qo‘llab-quvvatlash o‘z farzandlarining to‘g‘ri rivojlanishining muhim shartlaridan biri deb bilishadi, binobarin, bunday hamkorlikning muhim jihatlari ham ishlab chiqilgan, lekin bu maqsadga to‘liq erishildi, degan emas.
Shunday ekan, oilada maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘naltirilgan hamkorlikni yanada kengroq rivojlantirish zarur.
Buning uchun:
tarbiyachilar ko‘p qirrali tajribalarga ega bo‘lishi va yanada tushunarli, jalb etuvchi usullarni ishlab chiqishi;
an’anaviy tajriba-almashinuv usulini to‘la-to‘kis taqdim etishi;
«Hamkorlik faolligi» mavzusida o‘ziga xos dastur ishlab chiqish;
ota-onalar faolligi borasida alohida izlanish olib borilmog‘i, yig‘ilishlarda oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligining natijalarini muhokama qilish va tarbiyachilarni bu borada qayta ko‘rib chiqilgan datsurlar bilan tanishtirish lozim.
Bunda ota-onalar yig‘inining ahamiyati katta. Natijada, yig‘in a’zolari rahbarga faqat o‘z ko‘rsatmalarini berib qolmasdan, ayni paytda, uning ijrosini tarbiyachidan talab qilishlariga imkon bo‘ladi. Shuningdek tarbiyachining faol ota-onalar bilan ishlashi qanchalik katta mas’uliyat ekanini ko‘rsatadi. Quvonarli tomoni shundaki, tarbiya jarayonida ota-onalarning faolligi maktabgacha ta’lim muassasasida va oila quchog‘ida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning sog‘lom, bilimli va ma’naviyatli bo‘lib yetishishlari uchun sharoit yaratadi.
Eng muhimi, bunday hamkorlikni yosh tarbiyachilarga saboq tarzida tavsiya etish mumkin. Shuning bilan birgalikda ular har bir tajribali tarbiyachining bilimidan foydalanib, o‘z Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ota-onalari bilan ishlash tajribalarini boyitib boradilar va shaxsiy izlanishlari bilan pedagogika fani rivojiga hissa qo‘shadilar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, rivojlanayotgan jamiyatimizga sog‘lom fikrli avlodni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish uchun ota-onalar va tarbiyachilar hamkorligi muhim masalalardan hisoblanadi. Bu yo‘lda tarbiyachilar va ota-onalarga qulaylik yaratib berilishi kerak, shundagina ko‘zlangan maqsadga to‘la erisha olish mumkin.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni nihoyatda muhimdir.
Bugungi kunda tarbiyalanuvchi yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi.
Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti I. Karimov «Ommaviy axborot vositalari jamiyatimizning demokratik qadriyatlari va tushunchalarini himoya qilish, odamlarning siyosiy huquqiy va iqtsiodiy ongini shakllantirish bo‘yicha faol ish olib borishi lozim» ligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.[1]
Demak, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari-televideniya, radio, gazeta va jurnallarning o‘rni beqiyosdir. Ommaviy axborot vositalari yoshlarni ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash hamda shaxs ruhiyatiga ta’sir qilishda doimo ma’rifat manbai bo‘lib xizmat qilayotir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ommaviy axborot vositalarining targ‘iboti tufayli avloddan-avlodga o‘tib, kishilarning turmushi, mehnati muloqati va san’atida o‘z ifodasini topmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash har bir davrda ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifasi bo‘lib kelgan.
Hozirgi vaqtda tarbiyalanuvchi yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol inson qilib voyaga yetkazish masalasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston radiosining bolalar uchun tayyorlangan dasturlari tarbiyalanuvchi ma’naviy dunyosining kengayishi uchun va ruhiy olamining boyishiga xizmat qiluvchi vositalardan biridir.
Xulosa qilib shuni aytishmiz mumkinki katta guruhlarni umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida shakllantirishda maktabgacha ta’lim muassasasi, mahalla, oila, ota-ona, tarbiyachi va keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va hamkorlikda ish olib borishlari talab etiladi.



Download 231,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish