Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
 


O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari 
1. Xotira to‘g‘risida umumiy tushuncha bering? 
2. Xotiraning nerv - fiziologik asoslarini izohlang? 
3. Xotiraning turlari aytib bering? 
4. Logik esda qoldirish deganda nimani tushunasiz? 
5. Mehanik esda qoldirish deganda nimani tushunasiz? 
6. Esga tushurish va uning hillari izohlang? 
7. Xotiraning sportdagi ahamiyatini ochib bering? 
8. Xotra jarayonlarini sportdagi ahamiyati? 
 
7-MAVZU. Diqqatning sport faoliyatidagi xususiyatlari barqarorligi, hajmi, 
taqsimianishi, ko‘chishi va ularning ahamiyati. 
Reja: 
1. Diqqat tо‘g‘risida umumiy tushuncha.
2. Diqqatning kо‘chuvchanligi, diqqatning taqsimlanishi, diqqatning hajmi, diqqatning kuchi va 
barqarorligi. 
3. Sport faoliyatida diqqat xususiyatlarining ahamiyati. 
Ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan ob’ektga aktiv qaratilishi diqqat deb
aytiladi. Diqqat shaxsning aktivligini hamda uning ob’ektiv borliqdagi predmet va
hodisalarga tanlovchi munosabatini harakterlaydi. Agar diqqat bo‘lmasa, aniq
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo‘lmaydi. Diqqat boshqa psixik
jarayonlar kabi mustaqil ong sohasini tashkil qilmaydi. U har bir psixik jarayon
bilan birgalikda namoyon bo‘ladi va uni sifat jihatidan ta’minlab beradi. Shaxs
diqqat bilan idrok, tasavvur va tafakkur qiladi, diqqat bilan esda qoldiradi va esga
tushiradi. Diqqat har qanday faoliyatimizni doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun
diqqatning inson hayoti va faoliyatidagi ahamiyati ham benihoyat katta. Chunki
eng sodda ish harakatlaridan tortib to eng murakkab ishlarini ham diqqatning
doimiy ishtirokisiz mutlaqo bajarib bo‘lmaydi. 
Ishning vazifasi. Diqqatning asosiy hususiyatlarini tekshirish: ko‘lami,
taqsimlanishi, kuchi. 
Tajriba 1. Diqqatning ko‘lamini o‘lchash. 
Diqqatning ko‘lami lampochkali taxistaskop yordamida o‘lchanadi.
Taxistaskopni ekrani 25 ta katakchadan iborat bo‘lib ularni ichida geometrik
shakllar joylashgan. Taxistaskopda 5 ta elektr kaliti bo‘lib har biri 5ta katakcha
ularga ulangan. Har bir elektr kalitini yoqganda ekranda 5 tadan geometrik shakl
ko‘rinadi. 


Talabalarga daftarda 5ta kvadrat chizib ularni har birini 25 katakchaga bo‘lib
chiqish tavsiya etiladi. So‘ng tekshiruvchi bir zumga (0,07 sek) elm kalitini yoqadi.
Tekshiriluvchilarni vazifasi ekranda chiqqan shakillarni va ular qaerda
joylashganligini diqqatga sig‘dirib chizilgan kvadratga joylashtirish. Ketma-ket 5 
ta
kalit yoqiladi va 5 ta chizilgan kvadratlarga geometrik shakillar belgilanadi. 
Tajriba
tugagach taxistaskop kalitlari uzoqroq muddatga yoqilib hamma kvadratlarda
tekshiriluvchi to‘g‘ri joylashtirgan geometrik shakillar soni hisoblab chiqiladi
(masalan 15 ta) va quyidagi formula orqali diqqatning ko‘lami aniqlanadi. 
Agar olingan natija 25% dan kam bo‘lsa, bunda diqqatning ko‘lami tor deb
hisoblanadi. Natija qanchalik yuqori bo‘lsa bu diqqatning ko‘lami kengligi haqida
dalolat beradi. 
Tajriba 2. Diqqatning kuchini o‘lchash. 
Tajriba yakkama-yakka olib boriladi. Talabalar 2 tadan kichik guruhlarga
bo‘linadi va ikki kishiga bitta rangli doiralar jadvali beriladi. Tekshiriluvchini
vazifasi har hil rangli doirachalarni alohida ko‘z bilan hisoblab chiqish. 


Tekshiruvchi uning sanash natijalarini va qancha vaqt mobaynida sanab
bo‘lganini bayonnomaga yozib boradi. So‘ng ularning ro’llari almashib endi
tekshiruvchi talaba tajribani bajaradi. Natijalar uning daftaridagi bayonnomaga
yozib bo‘lgach tekshiriluvchi endi barmog‘i bilan doiralarni sanab chiqadi. Bu
natijalar ham ikkala bayonnomaga yoziladi. 


Tekshiriluvchini vazifasi bir vaqt ichida aralashtirilgan (+) va (–)
kartochkalarini alohida hisoblab chiqish. Bunda sinaluvchi baland ovoz bilan
kartochkalarning har birini belgisini aytib sanaydi. Masalan +1, +2, -1, -2, -3, +3,
+4 va h.k. Doskadagi protokolga tekshiriluvchini sonlarni hisoblash raqamlari
yozilib boriladi. 
Yo‘l qo‘yilgan hatolar hisoblanadi va ularning soni aniqlanadi. Hatolar
soniga qarab diqqatning taqsimlanishi haqida xulosalar chiqariladi. 
Mashg‘ulotning yakunida tekshiriluvchiga diqqatining hususiyatlari haqidagi
xulosa va tavsiyalar beriladi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish