Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
 


38.MAVZU.Psixik zo‘riqish va o‘ta zo‘riqishning sport faoliyatiga ta’siri. 
Reja: 
1.Mashg’ulot jarayonidagi psixik o‘ta zo‘riqishlarning belgilari.
2. Psixik zo‘riqish va o‘ta zo‘riqishning sportchi faoliyatiga ta’siri va oqibatlari. 
Bo’lib o’tgan musobaqalardan so’ng sportchi o’ta murakkab psixologik 
holatlarni boshdan kechiradi. Mazkur hissiyotlarning kelib chiqishiga ko’plab 
omillar 
ta’sir etib, quyida ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz: a) erishilgan natija, g’alaba 
yoki mag’lubiyatdan, uning ijtimoiy ahamiyatidan ta’sirlanish; b) kutilmagan 
natijadan yoki ayni maqsad qilib qo’yilgan natijaga erishilganidan hayajonlanish; 
natijaning mazkur sportchining intilish darajalariga mos kelishidan ta’sirlanish; c) 
o’tkazilgan musobaqaning keskinligidan, g’alabani ta’minlagan yoki mag’lubiyat 
keltirgan o’sha jangning qiyin kechganligidan ta’sirlanish; d) shuningdek, bu 
jarayonga – sportchining shaxs sifatidagi fazilatlari, undagi istiqbol rejalari, mazkur 
rejalarning erishilgan natijalarga muvofiqligi, uning irodaviy sifatlari, ma’naviy va 
emotsional barqarorligi va hokazolar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Sport musobaqalari, odatda, sportchining g’alabasi yoki mag’lub bo’lishi bilan 
tugaydi. Psixologik nuqtayi nazardan g’alaba – bu muvaffaqiyat, mag’lubiyat esa – 
muvaffaqiyatsizlikdir. 
Sportda erishilgan g’alaba, odatda, sportchida ijobiy emotsional holatlarni hosil 
qiladi, ya’ni: 
• sport kurashida o’zining chindan ham ustunligini his etish, erishilgan 
natijadan qoniqish; 
• hayotsevarlik, quvnoqlik kayfiyati, tetiklik; 
• o’z kuchiga ishonch hissi; 
• mashqlarni davom ettirish va yana musobaqalarda ishtirok etish istagi. 
G’alabaga erishilganda paydo bo’ladigan ijobiy his-tuyg’ular ba’zan o’ta 
yorqin namoyon bo’lib, sportchining tashqi reaksiyalarida ham sezilib turadi: 
bunday 
hollarda sportchi hayajonlanganidan sakrab yuboradi, do’stlarini quchoqlaydi, zero 

juda katta quvonch va shodlikni, baxtiyorlikni boshdan kechiradi. Odatda, bunday 
kuchli va yorqin his-tuyg’ular, g’alaba chindan ham juda og’ir jangda qo’lga 
kiritilsa, buning uchun sportchi juda kuchli va o’ziga munosib raqib bilan bellashsa 
namoyon 
bo’ladi. Biroq, jangning shiddati haddan tashqari og’ir kechgan bo’lsa, sportchi o’z 
tuyg’ularini birdan namoyish etmasligi ham mumkin. Buning uchun unga ma’lum 
muddat kerak bo’ladi. Bu vaqt ichida u biroz dam oladi, bo’lib o’tgan voqealarni 
idrok etadi, shundan so’nggina u g’alaba natijasini chindan his eta oladigan psixik 
holatga kirishi mumkin. 
G’alaba ba’zan sportchida salbiy his tuyg’ularni ham paydo qilishi mumkin, 


masalan: 
• manmanlik, o’z sport imkoniyatlarini yuqori baholash; 
• o’z-o’ziga ortiqcha ishonish; 
• bundan keyingi mashg’ulotlarga loqaydlik, e’tiborsizlik bilan 
munosabatda bo’lish. Shuning uchun ham musobaqada g’alaba qo’lga kiritilgandan 
so’ng sportchi o’z murabbiysi bilan birga, fursatni boy bermay, o’z vaqtida kelgusi 
ishlarni amalga oshirish rejalarini tuzib olishi lozim. 
Musobaqada mag’lub bo’lish ham sportchiga ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy 
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunda aksariyat hollarda quyidagi emotsional holatlar 
kuzatiladi: 
ruhiy siqilish holati, o’z kuchiga ishonmaslik, omadi kelgan do’stlaridan 
xafa bo’lish va ularga hasad bilan qarash; 
apatiya hissi, hamma narsadan ko’ngil sovushi, befarqlik, sportga 
bo’lgan qiziqishning so’nishi, hatto mashg’ulotlarga ham qatnashmay qo’yish; 
Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, raqibga bir marta hisobni boy berish, bu 
hali tamoman mag’lub degani emas, agar raqib chindan ham kuchli bo’lsa, o’zining 
tayyorgarligi, mahorati bilan sizdan ancha ustun bo’lsa, u bilan imkon qadar olishib, 
unga “sharaf bilan” yutqazish ham mumkin. Bunday hollarda mag’lubiyat ham 
o’ziga 
xos sport g’alabasi sifatida talqin etilib, shunga muvofiq qoniqarli hissiyotlar bilan 
kechadi. 
Shu boisdan, ba’zan mag’lubiyat ham sportchida faol his-tuyg’ularni keltirib 
chiqarishi, unda o’z xatolarini bartaraf etish, sport mahoratini oshirish va shunday 
qilib, kelgusi musobaqalarda g’alabani qo’lga kiritish istagini paydo qilishi mumkin. 
Mag’lubiyatga uchraganda sportchiga taskin berishning eng yaxshi yo’li u yo’l 
qo’ygan xato va kamchiliklarni ongli ravishda tahlil etish (albatta, buni sportchi 
biror 
fursat dam olgandan keyin amalga oshirish lozim), kelgusi musobaqalar uchun faol 
mashg’ulotlarni boshlab yuborish hisoblanadi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish