1-Metodika.
Ch.D.Spilbergerning reaktiv vahimalilik shkalasi. Ushbu usul u yoki bu stress
vaziyatida anglangan vahimalilik darajasini o‘zini o‘zi tezkorlik bilan baholash
uchun qo‘llaniladi.
Vahimani o‘zi baholash shkalasi
(Ch.D.Spilberger, 1976 y.)
Yo‘riqnoma: Jadvalning chap tarafidagi gaplarni diqqat bilan o‘qing va
o‘zingizni ayni paytda qanday his etayotganligingizdan kelib chiqib, unga muvofiq
keluvchi raqamlarni belgilang. Savollar ustida unchalik bosh qotirib o‘tirmang,
chunki, bu yerda juda to‘g‘ri javoblar ham, mutlaqo hato javoblar ham yo‘q.
Umumiy yakuniy ko‘rsatkich bo‘lib, bunda to‘rt o‘lchamli shkalada
ifodalangan har bir fikrning bahosiga teng ballar yig‘indisi hisoblanadi.
Shuningdek bunda 1, 3, 4 savollar quyidagicha baholanadi: 1 raqami - 4 ballga, 2
raqami - 3 ballga, 3 raqami - 2 ballga, 4 raqami esa 1 ballga tengdir.
2 chi va 5 chi savollar to‘g‘ridan—to‘g‘ri baholanadi: ya’ni 1 - 1 ball, 2 - 2
ball, 3 - 3 ball, 4 - 4 ball. Umumiy ko‘rsatkichlar 5 (kam vahimalilik) dan to 20
(yuqori darajadagi vahimalilik, stress) ballgacha bo‘lishi mumkin, bunda eng
optimal ko‘rsatkich 8-10 ball hisoblanadi. Vahimalilik, holati emotsional stress-
reaksiya sifatida biror bir faoliyat sharoitida sinovga jalb etilgan shaxsni qurshab
turgan mikromuhit (sheriklar, jamoadosh do‘stlar, sport trener, hizmatchi hodim,
tanishlar, raqiblar, oila a’zolari va hokazolar) tomonidan real yoki kutilayotgan
ta’sir ostida yuzaga kelishi mumkin. Bunda sinovga jalb etilgan shaxsning
harakatlari, hulqi, munosabatlari uning o‘zi tomonidan bilvosita yoki bevosita
baholanishi namoyon bo‘ladi.
2-Metodika
V. F. Sopovning motivatsion holat shkalasi.
Ushbu holatni o‘lchash uchun “1- chi motivatsion holat shkalasi” qo‘llaniladi
(V.F. Sopov, 1985 yil). Ushbu shkala sporchining sport mashg‘uloti omillariga
nisbatan bildiradigan 7 ta mulohazadan iborat bo‘lib, ularni baholashda sportchi
to‘rt o‘lchamli shkaladagi o‘ziga ma’qul o‘ng tomondagi raqamlarni belgilashi
kerak.
Bunda natijalarni umumlashtirish va talqin etish quyidagi tarzda amalga
oshiriladi: umumiy yakuniy xulosa bo‘lib to‘rt o‘lchamli shkalada ifodalangan
mulohazalarning ro‘parasidagi belgilangan raqamlarning umumiy yig‘indisi
hisoblanadi.
Bunda 1, 3, 4, 6, savollar belgilangan javob raqamiga qarab baholanadi (ya’ni,
agar bir raqami belgilangan bo‘lsa, bu 1 ballga teng, agar 2 raqami belgilangan
bo‘lsa, bu 2 ballga teng va hokazo.) 2, 5, 7, savollar esa aksincha baholanadi: ya’ni
1-raqami belgilansa 4 ball, 2, 3, 4 raqamlari ham huddi shunday 3, 2, 1, ball
hisoblanadi. Shkaladagi umumiy ko‘rsatkich 7 (sport mashg‘ulotlari faoliyatiga
hech qanday his—tuyg‘uning yo‘qligi) dan to 28 (nihoyatda kuchli motivatsiya
darajasi) gacha bo‘lishi mumkin. Bunda eng yaxshi ko‘rsatkich darajasi 20 - 22
ball bo‘ladi. 18 - 15 ballar kam ballar hisoblanib, ular sport trener bilan chuqur
nizo holatidagi, o‘z mashg‘ulotlarining usuli samardorligiga shubha qiladigan,
jamoaga kirish, yoki o‘z maqsadlariga yetish imkoniyatlarini yo‘qotgan
sportchilarda kuzatiladi. 9 - 11 ballar esa hali malakasi yetarlicha oshmagan
sportchilarga hosdir.
Maksimal ballar yuqori darajada hayajonlangan, o‘zlarini o‘zlari nazorat qilish
qobiliyati pasaygan, “Oxirgi imkoniyat” vaziyatiga tushgan sportchilarda,
shuningdek juda yosh va tajribasiz, yuzaga kelgan holatni ham, undagi o‘z ahvolini
ham yaxshi baholay olmaydigan sportchilarda kuzatiladi.
Ushbu shkala sport tayyorgarligini turli bosqichlarida sportchining motivatsion
holati dinamikasini, ya’ni o‘zgarishini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Shkalaning
alohida mulohazalarini butun jamoa bo‘yicha yoki guruh bo‘yicha miqdoriy
jihatdan tahlil qilish (foizlarda-%) alohida sportchilarning (yoki jamoaning)
o‘quv—mashq jarayonlarini tashkil etilishiga nisbatan munosabatlari tizimi, uning
alohida mezonlari, shuningdek eng ojiz bo‘g‘inlari to‘g‘risidagi muhim axborotlar
manbai bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |