Morfema va qo‘shimcha. Morfema leksemadan ajralgan holda o‘z mohiyatini namoyon qila olmaydigan, shakl va denotativ bo‘lmagan mazmunning birligidan iborat bo‘lgan kichik lisoniy birlik. Qo‘shimcha ana shu psixofizik mohiyatning nutqda namoyon bo‘lishi. Morfema ham tashqi (moddiy) va ichki (ma’no, vazifa) jihat yaxlitligidan iborat. Atov mustaqilligiga, mustaqil sintaktik mavqega ega bo‘lmagan bu birliklar o‘zida leksik va grammatik mohiyatni uyg‘unlashtirgan:
a) yangi so‘zlar hosil qiladi;
b) so‘zlarga qo‘shimcha leksik-semantik qiymat beradi.
Bir tilga xos birlik boshqa tillarnikidan farqlanadi. Masalan, amorf, agglyutinativ va flektiv tillardagi leksema mohiyatan o‘ziga xos.
Qolip va hosila. Lisoniy birlikning navbatdagi turi – qurilma – qolip. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilish sxemalari tushuniladi. Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
a) so‘z yasash qolipi;
b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap) qolip.
Qolip ham boshqa lisoniy birlik kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, nisholdachi kabi bitta bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, narsa/buyum oti + chi = shu narsa/buyum bilan shug‘ullanuvchi kishi, ya’ni so‘z yasash qolipining nutqiy hosilasi. Kitobni o‘qimoq nutqiy hosilasi boshqa o‘ziga o‘xshash cheksiz so‘z birikmalari (qog‘ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda Ottushum kelishigi + Fe’l = vositasiz to‘ldiruvchili fe’lli birikma lisoniy sintaktik qolipidan chiqqan nutqiy birlik.
Qolip miqdoran cheklangan. Masalan, o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so‘z birikmasi hosil qilinadi.
Qolip ham boshqa lisoniy birlik kabi shakl va mazmun yaxlitligidan iborat. Yuqorida keltirilgan qoliplarning tenglikdan chap qismi shakliy, o‘ng qismi esa mazmun tomoni deb yuritiladi. Qolipning sifat + ot tarzida mazmuniy tomonsiz berilishi ham xato emas. Chunki, masalan, -mi morfemasi misol sifatida olinganda, uning grammatik ma’nosi, kitob leksemasi haqida fikr yuritilganda, har doim uning sememasi ham berilishi (masalan, -chi = so‘roq, taajjub bildiruvchi morfema, kitob = varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi o‘qish quroli) shart emas. Shu boisdan qolip haqida gap ketganda, uning shakl tomonini qayd etish yetarli.
Shunday qilib, fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birlik bo‘lsa, tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap esa nutqiy birlik. Ularning o‘zaro munosabati va o‘ziga xos belgilariga doir fikrni jadvalda quyidagicha xulosalash mumkin (6-jadval):
6-jadval
BORLIQ
|
TIL
|
LISON
|
ME’YOR
|
NUTQ
|
fonema
|
tovush
|
morfema
|
qo‘shimcha
|
leksema
|
so‘z
|
qolip
|
yasama so‘z, so‘z birikmasi, gap
|
Demak, lisoniy va nutqiy birlik o‘zaro quyidagi dialektik munosabatda bo‘lsa (7-jadval):
7-jadval
LISONIY BIRLIК
|
NUTQIY BIRLIК
|
umumiylik
|
alohidalik
|
mohiyat
|
hodisa
|
imkoniyat
|
voqelik
|
sabab
|
oqibat
|
bir vaqtning o‘zida quyidagi qarama-qarshi belgilarga ega bo‘ladi (8-jadval):
8-jadval
LISONIY BIRLIК
|
NUTQIY BIRLIК
|
moddiylikdan xoli
|
moddiylikka ega
|
cheklangan
|
cheksiz
|
ijtimoiy
|
individual
|
barqaror
|
o‘tkinchi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |