Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


VI guruh asosiy guruhcha elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati



Download 62,92 Kb.
bet10/11
Sana10.06.2022
Hajmi62,92 Kb.
#652167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nosirov Abbos Nurali o\'g\'lining Anorganik kimyo fanidan kurs iushi1

1.8 VI guruh asosiy guruhcha elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati
Kislorodning biologik ahamiyati nihoyatda kattadir. Kislorod tirik organizmlardagi biokimyoviy jihatdan muhim bo‘lgan moddalar tarkibiga kiradi (oqsillar,yog‘lar, uglevodlar, suv, nuklein kislotalar va boshqalar).
Barcha o‘simlik va hayvonlar kislorod bilan nafas oladi. Tirik organizmdan kislorod uglevodlar, yo‘g‘lar va boshqa organik moddalarni oksidlaydi. Bunda ajralib chiqqan energiya barcha hayotiy jarayonlarni ta‘minlaydi (biokimyoviy sintez, muskullarning ishi, harakat va boshqalar). Kislorod organizm tarkibiy qismining 64,4 % ini tashkil etadi. Tinch holatda odam organizmi har daqiqada 0,264 1 kislorod iste‘mol qiladi. Organizmda kislorod еtishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha kasalliklarda davolovchi vosita sifatida ishlatiladi. Nafas olish yo‘llari, yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida hamda is gazi, sianidlar bilan zaharlanganda kislorod ishlatiladi. Odatda, 95% kislorod va 5% uglerod (IV) oksidi bo‘lgan aralashma- karbogen qo‘llaniladi. Tibbiyot amaliyotida kislorodning yuqori bosimda qo‘llanishi keng ko‘lamda tavsiya etiladi. Yuqori bosimda kislorod to‘qimalarni kislorod bilan ta‘minlanishida, gemodinamika, bosh miyani gipoksiyadan himoyalashda ishlatiladi.
Kislorodning allotropik shakl o‘zgarishi bo‘lgan ozon kuchli oksidlovchi bo‘lganligi sababli suvni, havoni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi va bunda u suvdagi mikroblarni o‘ldiradi.
Oltingugurtning kishi tanasidagi umumiy miqdori 140 g atrofida bo'lib, unda organizmning kundalik ehtiyoji 1 g ni tashkil etadi. Oltingugurt ko‘pgina organik moddalaming, jumladan oqsil, aminokislotalar (sistein, sistin, metionin) gormonlar (insulin), vitamin (B) tarkibiga kiradi.
Tarkibida oltingugurt tutgan ba‘zi aminokislotalar tirik organizmda vodorodni tashish vazifasini bajaradi. Sistein, sistin va tarkibida — SH, —S—S— guruhini tutgan boshqa moddalar organizmni radiatsion nurlanishdan himoya qiladi. Shuning uchun ular nur kasalligini davolashda tavsiya etiladi.
Oltingugurt qadimdan dori moddasi sifatida ishlatilib kelingan. Oltingugurtning teriga ta‘siri natijasida sulfidlar va pentation kislota (H2S5O6) hosil qiladi. Ular mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Oltingugurt ichilganda 10—40% atrofida vodorod sulfidga va sulfidlarga aylanadi. Ular ichni yumshatadi. Bu maqsadlarda tozalangan va cho‘ktirilgan oltingugurt ishlatiladi. Tarkibida oltingugurt bo‘lgan ko‘pgina tuzlar dori moddasi sifatida qo‘llaniladi.
As, Pb, Hg zaharsiz silfidlar hosil qilib organizmdan chiqib ketadi. Bundan tashqari, Na2S2O3 allergiya, asab kasalliklarida ham qo‘llaniladi. Na2SO4* 10H2O natriy sulfati kristallogidrati surgi sifatida hamda qo‘rg‘oshin va bariy birikmalari bilan zaharlanganda ishlatiladi.
Tarkibida oltingugurt tutgan organik birikmalardan sulfanilamidlar (etazol, norsulfazol va boshqalar) tibbiyotda keng qo‘llaniladi.
Selen ham katta biologik ahamiyatga ega. Selenning organizmni himoyalanish qobiliyatiga hamda fermentativ reaksiyalarga ta‘sir qilishi aniqlangan. Odam, hayvon va qushlarning ko‘z pardasida oz miqdorda selen bo'ladi.Ko‘rish qobiliyatining o'tkirligi bilan ajralib turuvchi burgutlarning ko‘z pardasida selenning miqdori odamnikidan yuz marta ko‘p. Shuning uchun selen “ko‘rish elementi”deb ataladi. Hozirgi paytda tibbiyotda tarkibida selen tutgan organik moddalar dori modda sifatida keng qo'llanilmoqda.


Xulosa
Ushbu kurs ishi mavzusi VI guruh asosiy guruhcha elementlari umumiy tavsifi, xossalari bo‘lib, bu elementlarning tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari va xususiy reaksiyalari haqida ko‘rsatildi.
Kurs ishini yozish davomida men D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasining VI asosiy guruhcha elementlari mavzusiga oid ma’lumotlar to‘plash maqsadida bir qancha adabiyotlar bilan tanishib, kurs ishimning mazmunini kirish asosiy qism va xulosada bayon etdim.VIA guruh elementlari-kislorod, oltingugurt, selen, tellur, poloniylarning fizik-kimyoviy xossalarini,ishlatilish sohalarini o‘rgandim.Mavzuda doir yangi-yangi ma’lumotlar to’pb tanishib chqdim.
Yuqoridagi elementlarga xos kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzish va tenglashtirish bo‘yicha bilimlarimni yanada oshirdim.Bu elementlarning tabiatda tarqalishi va olinish usullarini o‘qib o‘rgandim.
Kirish qismida davlatimizda amalga oshirilayotgan ilm –fan taraqqiyoti va rivojiga doir ishlar, Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan qaror va farmoyishlar bayoni keltirilgan. Asosiy qismda mavzu to‘liq yoritib berilgan. Mavzu doirasidagi tegishli qo‘llanmalarni o‘rganib chiqdim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lmog`i kerak.-Toshkent: “O`zbekiston”, 2017
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 12-avgustda qabul qilingan PQ-4805 sonli qaroriKarimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, Oʻzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoʻllari va choralari. -T.: Oʻzbekiston, 2009.
3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. - Toshkent: «Oʻzbekiston», 2010.
4. I.R.Asqarov, N.X.Toʻхtaboyev, K.Gʻ.Gʻopirov. “Kimyo 7”.
Toshkent. “Sharq” nashriyoti – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh
tahririyati. 2009.
5. I.R.Asqarov, N.X.Toʻхtaboyev, K.Gʻ.Gʻopirov. “Kimyo 8”.
Toshkent. “Yangi yoʻl poligraf servis”. 2006.
6. I.R.Asqarov, N.X.Toʻхtaboyev, K.Gʻ.Gʻopirov. “Kimyo 9”.
Toshkent. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2006.
7 . Anorganik kimyo: Oliy oʻquv yurtlarining kimyo ixtissosligi boʻyicha
ta’lim oluvchi talabalari uchun darslik N. A. Parpiev, A. G. Muftaxov, H. R. Rahimov, — T.: “Oʻzbekiston”, 2003.
8. P.A.Orjekovskiy, M.M.Mesheryakova, L.S.Poptak. “Ximiya 9”.
Moskva. “AST Astrel”. 2007.
9. I.R.Asqarov, M.M.Mamasoliyev, A.X.Majidov. “Maktabda kimyodan amaliy mashgʻulotlar”. Toshkent. “Oʻqituvchi”. 1992.
10. I.R.Asqarov, K.Gʻ.Gʻopirov, A.Rustamov, M.Rahimov. “Kimyodan
test”. Toshkent. “Oʻqituvchi”. 1994.
ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI:
1. www.tdpu.uz 2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz 4. www.edu.uz
5. www.chemistry.uz 6. www.library.uz

TI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning olimlar, yosh tadqiqotchilar , ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan qilgan nutqidan.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuni – T.: «Sharq», 1997
3.O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – T.: «Sharq», 1997
4. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” G‘ Toshkent. - O‘zbekiston. - 1998.
5. Raximov X.P Parpiyev N.A, Muftaxov A.G. Anorganik kimyo nazariy
asoslari. Toshkent.2000 yil.
6. H. R.To‘xtayev R. Aristanbekov, K.A.Cho‘lponov S.N.Aminov “Anorganik kimyo” Toshkent ”Noshir” 2011yil.
7. G.P. Xomchenko I.G. Xomchenko ” Kimyo ” ” O‘qituvchi” nashri 2009 yil.
8. Abdulxayeva M.M, Mardonov U.M. Kimyo. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun qo‘llanma Toshkent «O‘zbekiston» nashriyoti 2002 yil
9.H.R. Rahimov “Anorganik kimyo” Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik Toshkent “O‘qituvchi” 1974.
10 www.xs.uz
11.org. uz.mwikipedia.uz
12.www.genderi.org
13.www.arxiv.uz.
14. www.library.uz
Nizomiy nomidagi TDPU “Kimyo va uni o‘qitish metodikasi” mutaxassisligi talabasi Mahmudova Muborak Murodbekovnaning “VI guruh asosiy guruhcha elementlarining umumiy tavsifi va xossalari” mavzusida yozilgan kurs ishiga ilmiy rahbar

Download 62,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish