Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


Selen, teller, poloniy elementlari



Download 62,92 Kb.
bet9/11
Sana10.06.2022
Hajmi62,92 Kb.
#652167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nosirov Abbos Nurali o\'g\'lining Anorganik kimyo fanidan kurs iushi1

1.7 Selen, teller, poloniy elementlari
Se, Te va Po ning elektron tuzilishi bir-biriga o'xshaydi. Bu guruhni selen guruhchasi deb yuritiladi. Bu guruhcha elementlarining atom tuzilishi oltingugurtga o‘xshab -2, +2, +4 va + 6 oksidlanish darajalarini namoyon etadi. Bu guruhdagi Po metall xossalariga ega va metall kristall panjara hosil qiladi.
Selen minerallarining yolg‘iz o‘zi nihoyatda siyrak uchraydi.Selenni dastlab 1817-yilda “qo‘rg‘oshin kamera balchig‘idan” Bersellius topgan.Selen sulfat kislota ishlab chiqarish zavodining chang kamerasida tutilib qolgan moddalardan va qo‘rg‘oshin kameralarining balchiqlaridan ajratib olinadi.Buning uchun bu moddalarga konsentrlangan qaynoq sulfat kislota va natriy nitrat aralashmasidan qo‘shiladi,natijada o‘sha moddalar tarkibidagi selen oksidlanib selenit kislota H2SeO3 ga aylanadi va eritmaga ovtadi.So‘ngra bu eritma orqali sulfit angidridi o‘tkazilib H2SeO3 ni erkin Selenga qadar qadar qaytariladi.Hosil bo‘lgan selen qizil rangli chovkma holida idish tubida yig‘iladi.
Xossalari. Selen ham xuddi oltingugurt kabi bir necha allotropik shakl ko‘rinishga ega: uning ikkita qizil rangli metallmas modifikatsiyasi va bitta kulrang metallsimon modifikatsiyasi bor.Metallmas modifikatsiyasi metastabil bo‘lgan holda metallsimon variant barqarordir.
Suyuqlantirilgan selenni tez sovitish natijasida qizg‘ish-jigarrang yaltiroq selen olinadi;buning xovonchada yanchish orqali qizil rangli selen kukuni hosil qilinadi.Selenning suvda eriydigan birikmalarini qaytarish yoki selen bug‘larini tez sovitish natijasida g‘ovak holdagi qizil kukun(amorf,metallmas) selen olinadi.Amorf selen suvda erimaydi,uglerod(IV)- sulfidda ozroq eriydi,elektr tokini o‘tkazmaydi.Agar qizil selen 150℃ da uzoq vaqt qizdirilsa,bu selen o‘zidan ko‘p issiqlik chiqarib,kulrang tusli kristall holatdagi metallsimon Selenga aylanadi.
Selen bo'lsa kul rang selen hosil qiladi va uning kristallari polimer tuzilishga ega. Qizil selen bo'lsa Se8 siklik tuzilish mosdir. Selenning polimer modifikatsiyasida selen atomlari o‘zaro zigzagsimón bog‘langan. Geksagonal holatda oq, kumushsimon metallga o'xshash kristall tuzilishga ega. Selen va tellur yarim o‘tkazgichlar bo‘lib, yorug‘lik tushganida selenning elektr o‘tkazuvchanligi minglab marta ortadi. Poloniy tashqi ko'rinishiga ko‘ra qo‘rg‘oshinga o‘xshab ketadi.
Selenning oltita izotopi ma‘lum. Ulardan eng kovp tarqalgani 8034Se (79,9%).
Tellurning tabiatda sakkizta izotopi uchraydi. Ulardan 13052Te (34,5%) ahamiyatga ega. Kisloroddan poloniyga qarab oksidlovchilik xossasi kamayib, qaytaruvchanlik xossasi ortib boradi.
Selen suv bilan ta ‘sirlashmaydi, lekin tellur 160°C larda TeO2 ga aylanadi:
Te + 2H2O = TeO2 + 2H2
Selen va tellur kislotalar ta‘sirida H2EO4 formulali kislotalar hosil qilsa, poloniy tuzlarni hosil qiladi: Po + 8HNO3 = Po (NO3)4 + 4NO2 + 4 H2O
H2S, H2Se, H2Te, H2Po qatorida molekula barqarorligi kamayib, kislotalarning kuchi ortib boradi. Shu qatorda qaytaruvchilik xossalar ortadi. H2Po olingan zahoti o‘z-o‘zidan parchalanadi.
Selen guruhchasi elementlari vodorodli birikmalarining xossalari

Birikmalar

H2O

H2S

H2Se

H2Te

Qaynash temperaturasi, °C

100

-60,4

-41,4

-2

E-H bog‘ining uzunligi, nm

0,096

0,133

0,146

0,169

K1 suvdagi eritmada

1,8*10-16

1*10-7

1,7*10-4

1,0*10-3

Selen (Sélénium). Oltingugurt birikmalari bilan birga uchraydi. Havoda yonganida SeO2 hosil bo‘ladi. SeO2 (bug‘lanish harorati 315°C).


Selen xlorid va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi. Konsentrlangan sulfat kislota ta‘sirida yashil rangli SeSO4 hosil bo'ladi. Vodorod bilan selenning ta‘sirlashuvida H2Se hosil bo‘ladi: H2 + Se = H2Se
Uning kislotalik xossalari TeO2 va PoO2 dan kuchliroq. Suvda yaxshi eriydi. Bunda selenit kislotasi hosil bo‘ladi: SeO2 + H2O = H2SeO3
H2SeO3 erkin holda ajratib olingan. H2SeO3 qattiq modda, lekin oson suvini yo'qotadi. SeCl4 qattiq moddalardir (suyuqlanish harorati 100—350°C). Suv ta‘sirida oson gidrolizlanadi va selenit kislotasini hosil qiladi:
SeCl4 + 3 H2O = H2SeO3 + 4HC1
SeF6 (gaz modda bug‘lanish harorati -46,6°C). Selen oltingugurtga o‘xshash disproportsialanish reaksiyasiga kirishadi:3Se + 6KOH = K2SeO3 + 2K2Se + 3 H2O
SeO3 oq rangli shishasimon qattiq modda (suyuqlanish harorati 118,5°C). Suv bilan oson ta‘sirlashadi va selenat kislotani hosil qiladi: SeO3 + H2O = H2SeO4
Selenat kislotaning tuzlari selenidlarga kuchli oksidlovchilar ta‘sir ettirib olinadi:
K2Se + 4NaNO3 = K2SeO4 + 4NaNO2
Selenat kislota oq rangli kristall modda (suyuqlanish harorati 62,4°C). Uning suvli eritmasi kuchli kislota (K1= l,2*103, K2=l,2*10-2). Selenat kislotaning bariyli va qo‘rg‘oshinli tuzlari erimaydi.
Selen uchun quyidagi anion komplekslar o‘rinli: K[SeF5], K2 [SeF6].
Tellur (Tellurium). Tellur, ko‘pincha, oltingugurt va selen birikmalariga aralashgan holda uchraydi. Kumush tellurid (gessit) — Ag2Te, oltin tellurid (klaverit)- Au2Te, silvanit — AgAuTe4 tellurning tabiiy birikmalari hisoblanadi.
Tabiatda turg‘un radioaktiv izotoplari atom massasi 210— 218 oralig‘ida bo‘ladi. Ularning ichida eng turg‘uni Po (yarim еmirilish davri 138,8 sutka). Oddiy holatda to‘q kulrang kukun holatda va kumushsimon oq kristallar hosil qiladi. Tellur juda mo‘rt moddadir. Avvalo rudalardan TeO2 ga o‘tkazilib, unga ishqorlar so‘ngra SO2 ta‘sir ettiriladi: TeO2 + 2NaOH = Na2TeO3 + H2O
2Na2TeO3+ SO2= 2Te + 2Na2SO4
Tellur yonganda TeO2 ga aylanadi. Tellur ishqorlarda oson eriydi va telluritlar va telluridlar hosil qiladi: 3Te + 6KOH = K2TeO3 + 2KTe + 3H2O
H2Te rux telluridiga kuchli kislotalar, masalan, HCl ta‘sir ettirish orqali olinadi:
ZnTe + 2HC1 = ZnCl2 + H2Te
H2Te qo‘llansa hidli gaz modda (qaynash harorati -1,8°C). Telluridlar yarim o‘tkazgichlar hisoblanadi Bi2Te3 termobatareyalar tayyorlashda ishlatiladi.
T eO2 rangsiz kristall modda, suvda oz eriydi. H2TeO3 beqaror va kuchsiz kislota. H2TeO3 tarkibida 2 H2O tutgan holda ortotellurat kislota H6TeO6 ni hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari Ag6TeO6 tarkibga ega. TeCl2va TeI2 ancha barqaror. TeI4 anionli komplekslar hosil qiladi:TeI4 + 2KI = K2 [TeI]
H6TeO6 kislotadan suv ajralganida tellurat kislota hosil bo'ladi
H2TeO4. TeO3 suvda erimaydi, lekin ishqorlarda eriydi. Tellurat kislota kuchsiz kislota (K1= 2*10-8, K2= 5*10-11)
Tellur qotishmalarga qo‘shiladi. Undan yarim o‘tkazgichlar tayyorlanadi.
Har yili ishlab chiqariladigan tellurning miqdori 100 tonnaga yaqin bo‘lib selen miqdoridan o‘n marta kam. Agar qo‘rg‘oshinga 0,05-0,1 % tellur qo‘shilsa qo‘rg‘oshinning mexanik va korroziyaga chidamlilik xossasi ancha yaxshilanadi. Qalayli babbitlarga ozgina tellur qo‘shilsa qotishmaning qattiqligi va chidamliligi ortadi.
Polloniy (Pollonium). Oq kumush rang metall (suyuqlanish harorati 254°C).1898-yilda P. Kyuri va M.Sklodovskaya-Kyuri tomonidan topilgan.Yer sharida taxminan 2*10-14%(massa bovyicha) mavjud.Yumshoq kumushsimon metal,ikkita :kub va romboedrik kristall panjaralar shaklida bovladi(bir fazadan ikkinchisiga o‘tish temperaturasi 54°C ).Havoda oksidlanadi,birikmalari suvli eritmada kuchli gidroliz reaksiyasida qatnashadi.Metallar bilan pollonidlar hosil bo‘lib:
Na2Po, PbPo, HgPo birikmalari mavlum. PoCl2 xossalari bo‘yicha tuzlarga o‘xshaydi. Po (IV) birikmalari ham tuzlarga o‘xshaydi:
Po (SO4)2, Po (NO3)4. PoO2 da kislotalik xossalar kuchsiz. PoO2 kislotalar bilan asosli oksidga o'xshab ta‘sirlashadi:PoO2 + 2H2SO4 = Po (SO4)2 + 2H2O
PoC14 juda oson anión komplekslar hosil qiladi: 2KC1 + PoCl4 = K2 [PoCl6]
Selen o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi asboblarda ishlatiladi. U shisha ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Poloniy o‘z guruhining oxirgi elemenyi sifatida bosh gruppacha elementlariga o‘xshash bolib, uning metallic xususiyati kuchayishi unda +3 oksidlanish oksidlanish darajasining paydo bovlishi va lantanoidlarga ham qo‘shni gruppadagi vismutga o‘xshashligi bilan ajralib turadi.Po α- zarrachalar olishning arzón manbayi hisoblanadi.

Download 62,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish