Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 0,72 Mb.
bet5/8
Sana25.04.2022
Hajmi0,72 Mb.
#581595
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pardalilar yoki lichinkaxoralilar kenja tipining asosiy belgilari. Assidiyalar sinfi. Salplar va appendikulyariyalar sinfi . Pardalilarning kelib chiqish evalutsiyasi.

1-rasm. Assidiyaning ichki tuzilishi.

Olovtanlilar turkumining vakillarida zigotadan assidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Kurtaklanish yo`li bilan undan to`rtta olovtanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo`ladi va bu umumiy tunika bilan o`ralgan bo`ladi. Bu hayvonlarning koloniyadagi har bir a'zosi halqumining oldingi qismida yorituvchi hujayralar guruhi bo`ladi. Bu hujayralarda yorug`lik yaratuvchi simbiotik baeteriyalar yashaydi. Koloniyaning uzunligi, odatda 20-40 sm bo`lib, undagi har bir olovtanning o`lchami 3-5 mm ni tashkil qiladi. Ba'zi turlari koloniyasining uzunligi 3-4 m ga yetadi.


Astsidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Odatda, ular 50 m chuqurlikda, ba'zilari 2000-7000 m chuqurlikda ham tarqalgan. Ba'zi joylarda 1 m2 da 8-10 ming donagacha yashaydi. 1 gektar joyda astsidiyalardan 300 kg gacha kletchatka olish mumkin.


2.3. Salplar va appendikulyariyalar sinfi
Salplar erkin suzib yuruvchi, pelagik hayot kechiruvchi dengiz hayvonlaridir. Ularning gavda shakli bodringga yoki bochkaga o`xshaydi. Gavdasining oldingi uchiga og`iz, orqa uchiga esa kloaka sifonlari o`rnashgan. Butun gavdasi yupqa tiniq parda bilan o`ralgan, hayvonni halqa singari o`rab olgan muskul lentalari shu tunikadan ko`rinib turadi. Salplarning halqumi va jabraoldi bo`shlig`i gavdasini deyarli to`ldirib turadi. Bu bo`shliqning o`rtasini orqa o`simta degan parda ajratib turadi. Bu pardada jabra teshiklari -stigmalar joylashadi. Hayvon muskul lentalarini oldindan orqaga qarab qisqartiradi va suvni kloaka sifonidan kuch bilan otib chiqaradi. O`zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi.
Salplarning yakka holda va koloniya bo`lib hayot kechiradigan turlari mavjud. Bularda ko`payish navbatlashib turadi. Jinssiz ko`payishda yakka salp gavdasining orqa uchida maxsus o`simta - stolon hosil bo`ladi, bu stolondan jinsli qiz individlar ketma-ket kurtaklanib chiqib, zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular o`z gavda-sining` tuzilishi jihatidan ona individga o`xshaydi, lekin undan maydaligi bilan farq qiladi. Ularning har birida ham tuxumdon, ham urug`don bor. Lekin tuxum va urug` hujayralari bir vaqtda pishib yetilmaydi. Ona individdagi urug`langan tuxumdan yosh iidivid paydo bo`ladi, u o`sib, stolon hosil qiladi va bu sikl yana takrorlanadi.
Salplar sinfi 25 to`rni o`z ichiga olib, ikkita turkumga bo`linadi. Haqiqiy salplar turkumining ba'zi turlarining bo`yi 5-15 sm gacha yetadi.
Bochkalilar (bochenochnik) turkumi uchun polimorf koloniya hosil qilish juda xarakterli bo`lib, koloniyasining uzunligi 30-40 sm gacha yetadi.
Salplar issiq dengiz suvlarida pelagak hayot kechiradi va 200-300 m chuqurlikda yashaydi.
Bu sinf o`z ichiga 60 ga yaqin hayvon turlarini oladi. Appendikulyariyalar suvda erkin suzib yuruvchi mayda hayvonlar bo`lib, gavdasining uzunligi 0,5-3 mm, ba'zi turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Tashqi ko`rinishiga ko`ra appendikulyariyalar astsidiyalarning lichinkasiga o`xshab ketadi. Ularning xordasi umrbod saqlanib qoladi va atrial bo`shlig`i bo`lmaydi. Halqumining ustida ipsimon nerv tortmasi bor. Nerv tortmasidan dumining oxirigacha boradigan nerv tolasi chi-qadi. Butun dumi bo`ylab naysimon xorda joylashadi. Appendikulyariyalarning haqiqiy pardasi bo`lmaydi. Mantiyaning ektodyermal hujayralari ayirgan moddadan maxsus “uycha” hosil bo`ladi. Bu boshqa pardalilarning tunikasiga mos keladi. Appendikulyariya “uycha”ning ichida dumini tebratib, suvni “uycha”ning oldingi teshigiga qarab haydaydi, suv appendikulyariyaning orqa teshigidan chiqib ketar ekan, hayvonni oldinga qarab itaradi. 4-20 soat ichida “uycha” ifloslanadi. Bu yerda hayvon dumi bilan urib, “uycha” devorini teshadi va “uycha”dan chiqadi. Mantiyaning ektodyermal hujayralari yana shilimshiq parda ishlab chiqa boshlaydi. Natijada, 1-1,5 soat ichida hayvon yangi “uycha” yasaydi.
Appendikulyariyalar neotenik guruh hayvonlar bo`lib, lichinkalik davrida ko`payish qobiliyatiga ega, evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo`qotgan bo`lishi mumkin.
Appendikulyariyalar deyarli barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish