Mundarija I. Bob. Kirish


O’zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimi



Download 79,56 Kb.
bet4/7
Sana08.07.2022
Hajmi79,56 Kb.
#756569
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Javohir aka 1 Kurs ishi

2.1.O’zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati masalasiga ham alohida to`xtalib o`tdilar,- “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o`tkazmaylik agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli bo`lmasa kutilgan natijalarga erishish mushkul bo’ladi. Huquqshunos olimlarning bundan bir necha asr avval “Huquqni anglash mas’uliyat hissini rivojlantiradi”, deb aytgan hikmatli so`zlari hech qachon o`z dolzarbligini yo`qotmaydi. Boshqacha aytganda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog’`i kerak. Biz huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzliksiz davom ettirishimiz zarur. Huquqiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko`nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor. Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to`liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog`i lozim. Har bir soha va yo`nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, avvalambor, Konstitutsiyani o`rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumta’lim maktablari uchun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “ Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratish zarur deb hisoblayman. Ushbu fanlardan dars beradigan o`qituvchilarni tayyorlashda ularning siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasiga alohida ahamiyat berish lozim. Shuningdek, hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haqhuquqlar tiklangani haqida qiziqarli ko`rsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega”, deya ta’kidlab o`tganlar[14]. Va yana “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari To`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida ham yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr – oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag`rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma – bosqich shakllantirish zarurligi aytib o`tilgan.[15] O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tish uchun keng ko`lamli demokratik islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori huquqiy madaniyatli bo’lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni, yurdik adabiyotlarni o`qib ularga amal qilsa huquq buzulishi ham shunchalik kam bo`ladi. Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o`z huquqini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo`llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan va "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 410 http://oac.dsmi-qf.uz huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo`ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimi yaratilmoqda. Tarbiya avvalo, oila ostonasidan boshlanadi, shunday ekan har-bir ota-onaga katta mas’uliayat yuklatilgan. “Qush uyasida ko`rganini qiladi “,- degan naql bekorga aytilmagan. Oila a’zolari kundalik hayotida qonunlarga, belgilangan normalarga qanday amal qilsa, yosh avlod shunday holatni ko`rib va unga moslashib boradi. Kundalik siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy hayotda bo`ladigan yangiliklarni ko`rib borish, saylovlarga to`liq tarzda qatnashish, mahalla yig’inlarida doimiy ishtirok etish shular jumlasidandir. Davlat va jamiyatning huquqiy rivojlanganligini belgilaydigan bir qator muhim omillar bor, biz buning bir necha jihatlarini sanab o`tamiz: Birinchidan, rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiysiyosiy faolligi yuksak bo`lishi kerak; Ikkinchidan, huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi baland bo`lishi lozim; Uchinchidan, ularning o`sha jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg`usi bor bo`lishligi talab etiladi[16] To`g`risini aytganda, huquqiy ong, huquqiy madaniyat haqida gap ketganda ko`pchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan boxabarlik darajasi tushuniladi. Aslida bu juda keng tushuncha bo`lib, yuqorida sanab o`tganimiz davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchta muhim omilni ham o`z ichiga oladi. Huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor bo`ladi, hamisha unga bo`ysunadi va qonunlarga hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan qoidalarga zid xatti-harakat qilmaydi, aksincha boshqalarni ham shunga da’vat etadi. Ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro jamiyatda ro`y berayotgan voqea - hodisalarga ongli munosabatda bo`lib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilib yashaydi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qo`shishga harakat qiladi. Jamiyatda huquqiy madaniyatning shakllanganligi yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o`rni, maqsadlarni boshqarishdagi ishtiroki va mas’uliyati, yangiliklarga daxldorlik tuyg`usining o`zgarishi jamiyat, huquqiy davlat ravnaqi uchun qarorlar qabul qilish jarayonida ularning faollik darajasini belgilaydi. Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o`ynaydi, chunki huquqiy mafkura jamiyatdagi huquqiy ustqartmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.[17]Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko`rsatuvchi, "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 411 http://oac.dsmi-qf.uz fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko`maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko`rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokshilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.Huquqiy savodxonlikning belgilaridan biri bu - huquqiy targ`ibotdir. Huquqiy targ`ibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning zamonaviy va ta’sirchan uslublarini joriy qilish, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ - huquqiy hujjatlar mazmun - mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodxonligini yaxshilash bo`yicha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy targ`ibot-tashviqot ishlarida: - Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlaridagi yuridik adabiyotlarni huquqshunoslar tomonidan puxta o`rganilib har xil shaklda xalqqa yetkazish va tushuntirish; - Buyuk fiqhshunos alloma Marg`inoniy nomidagi maxsus huquqiy targ`ibottashviqot markazini tashkil etish. Xalqni huquq sohasida madaniyatli qilishning yana bir tomoni Oliy Yuridik ma’lumotli kadrlarni sonini ko`paytirish va sifatini oshirish. Buning uchun Oliy Yuridik ta’lim beruvchi ta’lim muassasalarini sonini ko`paytirish, yetuk malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlash. Shu o`rinda Abu Nasr Farobiyning fikrlarini esga olaylik. Mashhur faylasuf har bir mansabdor shaxs qonunlarni chuqur o`rganishi, ularga rioya qilishda shaxsan namuna bo`lishi, aholi o`rtasida qonunlarni keng targ`ib qilish , uni takomillashtirish bo`yicha takliflar kirita bilishi, joiz bo`lsa, qonun yoza olishi shartligini ilgari surgan Ayni shu mezonlardan kelib chiqib Prezidentimiz 2019- yildagi farmonlarida fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish- demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!”,- degan hayotiy g`oyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish birlamchi vazifalardan etib belgilandi.[18] Shunday ekan, bugun biz ana shu qoidalarga hammamiz va hamma vaqt ham rioya etyapmizmi, degan haqli savol tug’iladi. Zero, qonun normalari odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro`yobga chiqadi. Qonun esa xalqning xohish irodasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni berib o`tmoqchimiz: "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 412 http://oac.dsmi-qf.uz Birinchidan, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish uchun mazkur yo`’nalishdagi davra suhbati hamda o`quv seminarlari yoki ilmiy-amaliy konferensiyalarni muntazam ravishda o`tkazib borishni yo`lga qo`yish; Ikkinchidan, umumiy o`rta ta’lim, o`rta-maxsus kasb-hunar ta’limida oily ta’limda huquq sohasida ko`plab ko`rik tanlovlar yo`lga qo`yilgan. Endilikda shunday ko`rik tanlovlarni nafaqat ta’lim muassasalarida balki, mahallalar o`rtasida “Huquqiy madaniyat yetakchisi” nomi ostida tashkil qilish. Mahallalar orasidan saralanganlarini viloyatlar o`rtasida musobaqa va ko`rik tanlovlarni amalga oshirish; Uchinchidan, jamoat joylarida Konstitutsiya maydonlarini yaratish va uni Konstitutsiya va qonunlar aks ettirilgan zamonaviy targ`ibot vositalari bilan ta’minlash, unda aholining huquqiy ongini yaxshilaydigan, huquqiy madaniyatini oshiradigan lavhalarni keltirish zarur deb hisoblayman To`rtinchidan, ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish eng dolzarb masala hisoblanadi, shu sababli umumta’lim maktablarida boshlang`ich ta’lim tizimidan boshlab bolalar va o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, huquqiy ong qonunva huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiya va inson huquqlarini o`rganish bo`yicha darslar va darsliklar tashkil qilish, yoshlarning huquqiy bilim va savodxonlik darajasini yuksaltirib borish; Beshinchidan, qonunchilikga, huquq normalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritib boriladi. Bular eski yilgi huquq darsliklarida mavjud bo`lmaydi, shuning uchun barcha huquq sohalaridagi darsliklarni to`liq, uzluksiz, o’zgarishlar kiritilgan holda, ko`p sonli adadda har yil qayta nashr qilish. Xulosa qilib aytganda, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma- bosqich shakllanib boradigan jarayon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa qonunga itoat tuyg’usini rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko`tarilmoqda, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri hisoblanadi. Jamiyatda o`zhaq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga og`ishmay amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir.
Hindu huquqining asosiy xususiyati- din bilan chambarchas bog'liqlik. Bu hinduizmning ajralmas qismi bo'lib, u qonun bilan bir qatorda turli xil diniy e'tiqodlar va marosimlarni, ma'lum bir turmush tarzini anglatuvchi axloqiy va falsafiy qadriyatlarni ham o'z ichiga oladi. jamoat tartibi, ijtimoiy tashkilot.
Hinduizmning asosiy e'tiqodlaridan biri shundaki, odamlar tug'ilgan paytdan boshlab ijtimoiy ierarxik toifalarga bo'linadi, ularning har biri o'z huquq va burchlari tizimiga va axloqiy dogmalarga ega. Shu bilan birga, har bir inson o'zini o'zi mansub bo'lgan ijtimoiy tabaqa belgilaganidek tutishi kerak. Odatga xulq-atvorni tartibga soluvchi sifatida ruxsat beriladi. Ijobiy hind huquqi o'zining klassik versiyasida oddiy qonun bo'lib, unda u yoki bu darajada diniy ta'limot hukmronlik qiladi. U xulq-atvor normalarini belgilaydi, unga muvofiq urf-odatlar o'zgartiriladi yoki talqin qilinadi. Udumlar juda xilma-xil. Har bir kasta yoki podkast o'z odatlariga amal qiladi. Kasta yig'ilishi barcha nizolarni jamoatchilik fikriga tayangan holda ovoz berish yo'li bilan hal qiladi. Bundan tashqari, samarali majburlash vositalari mavjud. Eng og'ir jazo - ma'lum bir guruhdan chiqarib yuborish. Muayyan masala bo'yicha o'ziga xos huquqiy norma bo'lmasa, sudyalar buni vijdonan, insof bilan hal qiladilar.
Hukumatga qonun chiqarishga ruxsat berilgan.Sud pretsedentlari va qonun hujjatlari huquq manbai hisoblanmaydi. Qonun mavjud bo‘lganda ham sudya uni to‘laqonli bajarishi shart emas. 8 Unga adolat va hokimiyatni har tomonlama yarashtirish uchun keng ixtiyoriylik berilgan. Qonunchilikdan kamroq bo'lsa ham, sud amaliyoti huquq manbai rolini talab qilishi mumkin.
Hindu huquqining rivojlanishiga ingliz mustamlakachilik jarayoni va rivojlangan iqtisodiy munosabatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, shuningdek, huquq va sud pretsedenti kabi huquq manbalari sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Hindu huquqining tabaqalarni kamsitish bilan bog'liq qoidalari, ayollarning mehnatga layoqatsizligi, bevalarning o'zini o'zi yoqib yuborishi va boshqalar to'g'risidagi normalar bekor qilindi.
Hindu huquqini qo'llagan ingliz sudyalari undagi bo'shliqlarni ingliz umumiy huquqi qoidalari bilan to'ldirdi yoki uning asosida yangi pretsedentlarni yaratdi. Yurisprudensiya natijasida asta-sekin klassik hind huquqi o'rnini egalladi"Ingliz-Hindu qonuni" 9 . Biroq, hind huquqining butunlay siljishi sodir bo'lmadi va uning bir qator an'anaviy normalari va institutlari o'z faoliyatini davom ettirdi.
Zamonaviy hind qonuni.Zamonaviy Hindistonda amalda bo'lgan modernizatsiya qilingan hind qonunining ko'pgina qoidalari Hindistondan tashqaridagi hindu jamoalariga taalluqli emas, bu erda an'anaviy hind qonunlari amal qilishda davom etmoqda.Umuman olganda, hozirgi kunga qadar hind huquqini kodifikatsiya qilish bo'yicha juda ko'p ishlar qilindi. 10 . Endi eski huquqiy odatlar doirasi keskin qisqartirildi. Biroq, hozir ham hind qonuni kabi masalalarni tartibga solish uchun ishlatiladi huquqiy maqomi bolalar, vasiylik, farzandlikka olish, nikoh, mulkni bo'lish va meros.
Kanonik huquq tizimi.
umumiykabi mamlakatlarda Vatikan, Andorra, Ispaniya, Sudan, Argentina, Armaniston, Bosniya va Gertsegovina, Iroq, Braziliya, Pokiston, Vengriya, Gruziya, Chili va boshq.
Tarixiy jihatdan kanon huquqi asosan Rim huquqi asosida rivojlanib, xristian cherkovlari faoliyat yuritgan dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida uning “yo‘lboshchisi” bo‘lib xizmat qilgan. Shunday qilib, u ko'plab huquq tizimlarining rivojlanishida muhim rol o'ynadi. Rim papalarining dunyoviy hokimiyatining zaiflashishi bilan cherkov yurisdiktsiyasi cheklandi va kanon huquqi to'g'ri cherkov huquqiga tobora yaqinlashib bordi.
Zamonaviy kanon huquqiBu diniy va huquqiy ko'rsatmalar sifatida qonunlar to'plami bo'lib, ular asosan cherkov tashkiloti ichidagi munosabatlarni va nikoh masalalarini tartibga soladi. U ijtimoiy munosabatlarning yig'indisini qamrab olmaydi, balki faqat xristian axloqiga rioya qilish uchun dunyoviy qonun kuch berishi kerak bo'lgan va imonlilar rahbarlik qilishi kerak bo'lgan ba'zi tamoyillarni shakllantiradi. Har qanday konfessiyaviy qonun singari, katolik cherkovining kanon qonuni hududiy emas, balki shaxsiydir. Hozirda u dunyoning huquqiy tizimlaridan biri bo'lib ishlamoqda, uning ta'siri o'nlab mamlakatlarni qamrab oladi.
Eng sof shaklda kanonik huquq tizimi Vatikanda ifodalangan. Vatikanning huquqiy tizimi kanon huquqiga, shuningdek, Vatikanning o'zi va Italiya qonunlariga asoslanadi. Vatikan davlatida amaldagi huquqning asosiy manbalari quyidagilardir: a) Kanon qonunlari kodeksi (Codex Iuris Canonici) va Apostol farmonlari; b) Vatikan shahri uchun cherkovning oliy rahbari yoki u tomonidan topshirilgan hokimiyat tomonidan e'lon qilingan qonunlar, shuningdek vakolatli organlar tomonidan chiqarilgan farmonlar.
1929 yildagi qonunchilik manbalari to'g'risidagi Vatikan qonuni Vatikanning bir qator izohlar bilan jinoiy, fuqarolik va tegishli qonunlarni qo'llashini belgiladi. protsessual kodlar Italiya, shuningdek, Italiyaning bir qator boshqa qonunlari.
Katolik cherkovining kanon huquqi cherkov kengashlarining qarorlari va papalarning farmonlaridan iborat. Vatikan ta'limotiga ko'ra, kanon huquqining yakuniy moddiy manbai "ilohiy qonun" dir.
Hozirgi vaqtda Vatikanning nikoh qonuni katolik jamoalari mavjud bo'lgan va cherkov nikohi (u yoki bu darajada) tan olingan barcha mamlakatlarda juda keng qo'llaniladi. 11 . Ushbu kanonik me'yorlar, xususan, nikohga to'sqinlik qiluvchi omillarni, uni tuzish shaklini, aralash nikoh shartlarini, turmush o'rtoqlarning huquq va majburiyatlarini, nikohning mutlaq ajralmasligi tamoyilini belgilaydi. Katolik kanon qonuni abort va tug'ilishni rejalashtirishni qat'iyan man qiladi.
Yahudiy (yahudiy) diniy qonuni.
umumiy Isroilda , alohida jamoalarPokiston, Marokash va boshq.
Yahudiy diniy huquqining asosiy manbai Talmud - eramizdan avvalgi 3-asrda tuzilgan iudaizmning diniy, maishiy va huquqiy (“halaxa”) retseptlari kodeksi. Miloddan avvalgi. - V c. AD va o'z navbatida Tavrotga (Musoning Pentatu) asoslangan.
Hozirgi vaqtda Isroil huquqining manbalari qonunlar , har xil turdagi qonun osti hujjatlari, sud pretsedentlari, huquqiy odatlar, huquqiy (jumladan, diniy va huquqiy) ta'limot, yahudiy va musulmonlarning muqaddas kitoblari.
Oila huquqi shunga asosandiniy normalar. Mamlakatda fuqarolik nikohi instituti mavjud emas. Nikohlar, ajralishlar, tug‘ilish va o‘lim holatlari nikoh tuzayotgan, ajrashayotgan, tug‘ilgan yoki vafot etgan shaxslar mansub bo‘lgan diniy jamoalarning tegishli muassasalari tomonidan qayd etiladi. Yahudiylarga kelsak, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatga olish ravvinlar sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Nikohga kirishda diniy xarakterdagi ko'plab cheklovlar mavjud. Shunday qilib, ayolning bir erkak bilan bir necha marta turmush qurishi taqiqlanadi (masalan, agar ikkinchi nikoh muvaffaqiyatsiz bo'lsa va ayol birinchi eriga qaytishga qaror qilgan bo'lsa). Ajralish faqat tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan amalga oshirilishi mumkin; bunday roziliksiz nikoh hatto sud qarori bilan ham bekor qilinishi mumkin emas. Agar xotin ajrashishni istamasa, sud shunchaki eriga boshqa turmush qurishga ruxsat berishi mumkin, chunki Tavrot ko'pxotinlikka ruxsat beradi.
Iroqda musulmon bo'lmagan aholi vakillari (xristianlar, yahudiylar) barcha hollarda o'zlarining shaxsiy qonunlari (kanonik yoki yahudiy) normalariga bo'ysunadilar, irsiy munosabatlar bundan mustasno.
Diniy jamoalar Suriya shaxsiy maqom masalalari bo'yicha o'zlarining huquqiy normalarini qo'llaydilar (kanonik, yahudiy huquqi va boshqalar). Mamlakatda shaxsiy maqom qonunchiligidagi ziddiyatlarni hal qilish uchun maxsus qoidalar mavjud. Shunday qilib, musulmon va nasroniy ayol o'rtasidagi nikohda faqat shaxsiy maqomning musulmon qonuni qo'llaniladi. Aksincha, hech qanday qoidalar yo'q, chunki musulmon ayollarning nasroniylar bilan nikohi qonun tomonidan tan olinmaydi. Turli nasroniy jamoalari vakillari o'rtasida nikohlar bo'lsa, nikoh marosimi o'tkazilgan cherkov qonuni qo'llaniladi. 12 .



Download 79,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish