Korxonaning pul mablag'lari byudjeti ko'rsatkichlari, ming so'mda
Taxminiy buxgalteriya balansi korxona aktivlari va passivlarining hisobot davrigacha bo'lgan holatini aks ettiradi. Mazkur balans shaklini tuzish bilan bosh byudjetni tayyorlash jarayoni yakunlanadi.
"Toshkentsut" aksionerlik jamiyatining2004-yil uchun byudjetlashtirilgan taxminiy balansi 9-ilovada keltirilgan. Korxonalarda byudjetlami tuzish o'tgan yillaming haqiqiy xarajatlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda rejaviy va haqiqiy ko'rsatkichlami taqqoslashda aniqlangan chetlanishlar kelgusi davr uchun tuziladigan byudjetdainobatga olinadiByudjetlami tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
— ehtiyotkorlik va aniqlik tamoyil I ariga asoslanish;
— muvozanatlangan holda tuzish qoidasiga rioya qilish;
— moddiy, mehnat va pul birliklarida baholanish;
— byudjetni tuzishda javobgar qilib tayinlangan xodimning mas’uliyat bilan yondashishi talab qilinadi. Shuningdek, byudjetlarni tuzish ularni tayyorlashda qatnashuvchi barcha bo'linmalar kelishuvi asosida amalga oshirilishi, keyin esa tasdiqlash uchun korxona rahbariyatiga taqdim etilishi lozim. Korxona rahbariyati ma’qullagach byudjet haqiqiy hisoblanadi. Tasdiqlangan byudjetga asoslanib xarajat va daromadlaming oylik rejalari tuziladi.
Mazkur rejalar korxonada xarajatlami boshqarish va iqtisodiy ko'rsatkich (sotishlar hajmi, sof foyda, aktivlar rentabelligi, foyda me’yori va h.k.)laming zaruriy darajasiga erishishga xizmat qiladi.
1.3. Korxonalarda statik byudjet va ularni tuzish asoslari, Xarajatlarni rejalashtirish Byudjet oldiga qo'yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi. Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi. Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko'rsatkichlaming mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
Statik byudjet ko'rsatkichlarini moslashuvchan byudjet ko'rsatkichlari bilan taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi, ya’ni, natijalaming qiyosiy tahlili keltiriladi (5.2-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko'rinib turibdiki, ishlab chiqarish korxonasi statik byudjetda nazarda tutilgan ko'pgina ko’rsatkichlarga erishmagan.
Statik byudjetda ko'rsatkichlami rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan byudjetni tuzishda natijalam ing omilli tahlil usulidan foydalaniladi. 5.2-jadva