Taqsimlanish xromatografiyada eritilgan aralashma tarkibidagi moddalar 2ta yoki ko‘proq suyuq fazalar orasida yoki xarakatsiz suyuq va xarakatli gaz fazalari orasida taqsimlanadi. Suyuqlik xromatografiyada xarakatsiz faza yupqa plyonka yoki qatlamni xosil qiladi (qog‘oz xromatografiyasi).
Ion almashinuv xromatografiyada erimaydigan xarakatsiz faza vazifasini polimer tabiatidagi ion almashinuv smola bajaradi. U kislota yoki asos xossasiga ega bo‘ladi. Xarakatli faza sifatida ionli eritmadan foydalaniladi (kislota, asos va tuzlarning suvdagi eritmalari).
Elektroforez xromatografiyasida qattiq tashuvchiga o‘rnatilgan ionlar aralashmasi elektr maydon tasirida xar xil tezlikda xarakatlanadi. Ushbu usulda oqsillarni ajratish uchun kichik kuchlanishli (2-20 v/sm), aminokislotalar va peptidlarni ajratish uchun yuqori kuchlanishli (50-200 v/sm) tok ishlatiladi.
Gel-filtirlash xromatografiya modda molekulalarining kattaligiga ko‘ra bo‘linishga asoslanadi. Buni amalga oshirish uchun malum o‘lchovli g‘ovakli gel dayorlanishi lozim bo‘ladi. Dunyoda bir necha xil bunday gellar ishlab chiqiladi: sefadeks (tikilgan polidekstran) biogel (poliakrilamid), sefaroza.
Yupqa qatlamli xromatografiyada maxsus qog‘oz, ishlatishga tayyor bo‘lgan silufol xamda oddiy shishadan yasalgan plastinkalar ko‘llaniladi. Oxirgi xolatda shisha plastinkasiga maxkamlangan yoki maxkamlanmagan adsorbent qatlami o‘rnatiladi. Maxkamlanmagan qatlamni tayyorlash uchun oddiy qalam ikki chekkasiga rezina xalqachalari joylanadi, so‘ng shisha ustiga joylangan adsorbent ustidan rezinali qalam yuritilib yupqa qatlam xosil qilinadi. Maxkamlangan qatlam xosil qilish uchun ishlatiladigan adsorbent xloroform – metanol aralashmasida yoki xloroformni o‘zida suspenziyalanadi, so‘ng 2ta shisha plastinkasi bir-biriga yopishtirilib, suspenziyaga botiriladi. Erituvchini okib ketishigacha ushlab turiladi, so‘ng shishalar bir-biridan ajratilib quritishga qo‘yiladi. Ular quruq atmosferada saqlanishi lozim. Adsorbentni faollashtirish zarur bo‘lganda plastinka biroz isitiladi.
Adsorbent a
|
Miqdori , g
|
SNSl3, ml
|
SN3ON, ml
|
Alyuminiy oksid
Silikagelv
Sellyulozag
Magniy silikati
|
60
35
50
55
|
70
67
50
70
|
30
33
50
30
|
YUKXda xosil bo‘lgan dog‘larni ko‘rinadigan xolatga keltirish uchun turli yoritgichlar ishlatiladi. Ulardan eng qulayi iod xisoblanadi. Ayrim xolatlarda ultirabinafsha nurlanish lampasi yaxshi natija beradi. Ko‘proq yoritgich sifatida suyuqliklar ishlatiladi. Ular qurugan xromatogramma ustiga purkaladi.
Ishlatiladigan erituvchilar barcha adsorbentlar uchun xar xil bo‘ladi. Erituvchilar sistemalari tanlanishida ularning dielektrik o‘tkazuvchanlik, dipol momenti kabi xususiyatlari xisobga olinadi, ammo asosiy omil tajriba orqali olinadi. Masalan, alyuminiy oksidi uchun quyidagi 3 komponentli elyuotrop sistemalar tavsiya etiladi: geksan-metilenxlorid-atsetonitril, izooktan-dietil efiri-anilin. Silikagil uchun:siklogeksan-benzol-etanol, etilbenzol – 2-butanol yoki toza toluol.
Do'stlaringiz bilan baham: |