Mundarija: 6 – sinf tarix


-§. Miloddan avvalgi I mingyillikda Hindiston



Download 0,83 Mb.
bet19/55
Sana22.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#893809
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
6-tarix.doc

18-§. Miloddan avvalgi I mingyillikda Hindiston
Hindiston davlati. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchayadi. Qullar va boshqa mehnat qilayotgan kishilarni itoatda saqlab turish uchun armiyasi, amaldorlari, sudyalari, posbonlari va soliq yig`uvchilari bo`lgan kuchli davlat zarur edi. Harbiy sardorlar va oqsoqollar orasida qoldiruvchi podsholarga aylandilar. Shu taxlit miloddan avvalgi I mingyillikda Hindistonda bir necha davlatlar vujudga keladi, jumladan: Magadha, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O`rta Osiyoni zabt etganidan so`ngra miloddan avvalgi 327-yilda Panjob o`lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o`lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko`rsatadilar. Makedoniyalik Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib boradi, miloddan avvalgi 325-yilda Bobilga qaytib ketadi. Mil. avv. 318-yilda yunon-makedon qo`shinlari Hindistondan butunlay quvib yuboriladi. Yunon va makedon qo`shinlariga qarshi kurashga mashhur hind Chandragupta sardorlik qiladi. Yunon va makedonlar qo`shinlari quvib yuborilgandan keyin Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarini o`z tarkibiga olgan Maurya davlati asoschisi bo`ldi. Pataliputra shahri esa Maurya davlati poytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak pog`onalarga erishdi. Ammo podsho Ashoka vafot etganidan so`ngra o`zaro urushlar avj oldi, Hindiston tag`in maydamayda davlatlarga parchalanib ketdi. Sal o`tmasdan ularning ko`pchiligini Kushon podsholigi, keyin esa Eftaliylar podsholigi bosib oldi. Fan va madaniyat ravnaqi. Miloddan avvalgi I mingyillikda Hindiston ilm-fan, xususan, astronomiya va matematika sohasida yuksak darajaga erishadi. Hindlar 360 kundan tarkib topgan Quyosh kalendari tuzadilar. Bu davrda sanash va hisoblashning o`nlik sistemasi keng tarqaladi: hindlar "nol"ni ifodalovchi maxsus belgini o`ylab topishadi, raqamlarni esa bugungi kunda butun dunyo qo`llaydigan bir tartibda yozadigan bo`ladilar. Biz bu raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, negaki bu raqamlarni hindlardan qabul qilgan arablar orasida ular keng tarqalgan edi. Ushbu mamlakatda ixtiro qilingan, hindlarning o`zi "qo`shinlarning to`rt turi" deb ataydigan o`yin bugungi kunda butun jahonda "shaxmat" nomi bilan ma'lum va mashhurdir. Hindlar birinchi bo`lib shakarqamishdan shakar olgan edi. Metallarga ishlov berish sohasida ham hindlar kishini lol qoldirgulik natijalarga erishdilar. Hozirgi kunga qadar Dehli shahrida saqlangan toza temirdan quyilgan minora ustuni hali ham zanglamagan, korroziya hodisasi unga asrlar davomida ta'sir o`tkaza olmagan. Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo`lmish sanskrit ishlab chiqildi. "Mahobhorat", "Ramayana"', "Panchatantra" eposlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan, bizga qadar yetib kelgan. "Xudolarsiz din". Jamiyatdagi o`zgarishlar ta'sirida hindlarning diniy e'tiqodlari ham islohotga yuz burdi. Yangi Budda taxallusini olgan shahzoda buddaviylik dini yaratilishi Siddhartha Gautama nomi bilan bog`liqdir. Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshga to`lguniga qadar hukmdor otasi saroyida betashvish farog`atli kun kechirgan. Kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan chog`ida munkillagan cholga o`xshab qolgan, bedavo dardga yo`liqqan navqiron bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko`zi tushadi. Bu to`qnashuvlar shahzoda Siddhartha Gautama hayotini tamomila o`zgartirib yubordi. U saroydagi farog`atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo`yiab sayohatga otlandi. Bir kuni ma'rifatga erishgan orif Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug`ilishi va vafot etishini tushunib yetadi. Keyingi hayotda odamning kim bo`lib tug`ilishi ham uning sa'yharakatlari va amallariga bog`liqdir. Budda va uning izdoshlari bo`lgan buddaviylar inson yolg`on so`zlamasligi, mol-davlat to`plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to`kmasligi lozim deb hisoblaydilar. Inson har qanday mayilardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi. Buddaviylar Yer yuzida o`rmalab borayotgan qurt-qumursqalarni tasodifan bosib olib, ozor yetkazmaslik uchun hatto qishda ham oyoqyalang yurishgan. Avvaliga buddaviylarda xudo bo`lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan. Ammo ko`p o`tmay Buddaning o`zi xudoga aylandi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida uning haykallarini ko`rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o`ylarga cho`mgancha qilt etmas yuz ifodasi bilan qovoqlarini tushirgancha chordona qurib o`tirgan holatda tasvirlanadi. Yangi din oldingilaridan inson mavqeyi tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog`liq bo`lmasligi bilan farqlanadi. Buddaviylar fikricha, hamma narsa insonning o`ziga bog`liq: uning mukammallikka intilishi, ortiqcha narsalardan voz kechishi ma'naviy yuksalish zaminidir. Mil. avv. III asrda buddaviylik jahon dinlaridan biriga aylandi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish